O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi


Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 18-жилд


Download 30.76 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1250243
1   2   3   4
Bog'liq
Hakimova Sayyora Dar tavri maxdumi mustaqil ish

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 18-жилд
Дар таври Хоҷа

Манаму майкaдаву муғбачаи маст имшаб,


Ҳар дам аз мастии ӯ дода аз даст имшаб.
Чун парӣ ҳар нафас аз ҷилваи мастонаи ӯ,
Карда чун аҳли ҷунун наъраи пайваст имшаб.
Даст чун турра гаҳе бар зақанаш карда дароз,
Гаҳ чу гесӯ шуда зери қадамаш паст имшаб.
Мумкинам нест халосӣ зи ду зулфаш, ки шудаст,
Дил ба ҳар ҳалқа аз он силсила побаст имшаб.
Шамъи он чеҳра чу парвона вуҷудамро сӯхт,
То нагӯӣ асар аз ҳастии ман ҳаст имшаб.
Бути тарсо маям аз майкада чандон паймуд,
Ки дили шефта аз нанги худӣ раст имшаб.
Ҳуш то рӯзи ҷазо рӯ надиҳад Фониро,
Инчунин к-аз кафи он муғбача шуд маст имшаб.
G’azalning o’zbek tilidagi tarjimasi
Бу кеча мен-у майхона ва маст муғбачадир, унинг мастлигидан ҳар дам юракни қўлдан берганман.
Унинг пари каби ҳар нафас мастона жилва қилишидан телба одамлардек бу кеча пайваст наъралар тортаман.
Бу кеча қўлимни гоҳида туррадек бағбақасига узатаман, Гоҳида сочдек қадами остида паст бўламан.
Икки зулфидан қутилишим мумкин эмас, чунки бу кеча юрагим ул занжирнинг ҳар бир ҳалқасига боғланиб қолган.
Ул чеҳранинг шамъи бу кеча вужудимни парвонадек куйдирди, менинг борлиғимдан асар қолди деб бўлмайди.
Тарсо бу майхонадан шунча май ичирдики, шайдо юрак бу кеча ўзлик номусидан озод бўлди.
Фонийга жазо (қиёмат) кунигача ҳуш юзланмайди, чунки у бу кеча ул муғбача қўлидан май ичиб маст бўлди.

LUG’AT
Муғбачаи- mug’bacha zardo`shtiy otashparastlar idodatxonasi (dayr)ning xizmatkori
Гесӯ-soch
Тарсо-[ f.- qo`rqan,qo`rquvchi;xristian,nasroniy]din.
G’ayridin, kofir.
май – ichimlik.Orifona ma’noda ilohiy tajalliydan sarhushlik,muhabbat zavqining to`lib -toshishi
Alisher Navoiyning bu Forsiy g’azali an’anaviy 7 baytdan iborat bo`lib,sarlavhasidan ma’lumki Xoja g’azaliga tavr usulida yozilgan.Radif imshab,qofiyaga olingan forscha so`zlar-mast,dast,payvast,past,pobast,hast,rast,mast kabilar hisoblanadi.G’azal a-a,b-a,d-a tarzida qofiyalangan.
G’azal mug’bacha,mayxona,mast kabi badiiy san’atning tanosub turini hosil qilish bilan boshlanib, mug’bachaning mastligidan har dam yurakni qo`ldan berganman.Chunki uning parilardek har nafas mastona jilva qilishidan telba odamlardek bu kecha payvast naralar tortaman.Baytlarda mast bo`lgan oshiqning xuddiki yori ko`yida har qanday holga tushushidek holati bilan qiyoslangan.Va bu holat yanada zo`raygandek bo`ladi.Bu kecha qo`limni gohida turradek baqbaqasiga uzataman,gohida sochdek qadami ostida past bo`laman.Shoir shu misralarda badiiy san’
atning turidan mahorat bilan foydalanadi.Keyingi misralarda oshiqning yorga qarata murojaati shaklida berilgandek ikki zulfidan qutulishim mumkin emas,chunki yuragim o`sha soch halqalarining har bir zanjiriga bog’lanib qolgan deydi.Shu holatda yorning chehrasi shami yuzumni parvonadek kuydurdi,shu holatimda meni borligimdan asar qoldi deb bo`lmaydi deydi.G’azalda kelgan Tarso bu mayxonadan shuncha may ichirdiki,shaydo oshiq yurak bu kecha o`zlik nomusidan ozod bo`ldi.Foniyga jazo (qiyomat kunigacha) xush yuzlanmaydi sababi esa u mug’bacha qo`lidan may ichib mast bo`ldi.
Bu g’azal ko`proq tasavvufiy ma’no kasb etgandik bo`ladi.
Chunki g’azaldagi mug’bacha zardo`shtiy otashparastlar idodatxonasi (dayr)ning xizmatkori.Tasavvufda orif insonlar majlisi,piri komil huzuri,dayr piri shu ma’nodadir.Tasavvufiy ma’noda mug’bacha esa pirning so`zi va nasihatlari,fayzu-tarovatini muridlarga yetkazadigan kishi.
“Dar tavri Maxdumi ” g’azali Alisher Navoiyning 1965 yil H.Sulaymonov tomonidan nashrga tayyorlangan 15 tomli “Asarlar” to’plamining 5-tom 1-kitobida, Toshkent ,2002 yil nashrdan chiqqan 20 tomli Mukammal asarlar to’plami 18-tomida hamda 2013 yil nashrdan chiqqan 10 tomli To’la asarlar to’plamining 5-tomida keltirilgan. G’azal matni 3 ta nashr asosida qiyoslandi va farqlar quyidagi jadvalda keltirildi.




Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling