Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti
Download 1.43 Mb.
|
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Tayanch-harakat apparati nuqsonlari
- VII. Ikki va undan ortiq buzilishi bor bolalar
- 3- MAVZU INKLYUZIV TA`LIM Reja
Ixtisoslashtirilgan maktabda aqlan zaif bolalarga 10 yil ichida maxsus dastur va darsliklar asosida umumta’lim beriladi hamda kasb-hunarlar o‘rgatilib, ularni mustaqil hayotga hamda mehnatga tayyorlash ishlari olib boriladi. Maktablarda barcha ishlar korreksion yo‘nalishda amalga oshiriladi. Ushbu turdagi maktabning o‘quv rejasida mehnat darslariga eng ko‘p vaqt ajratilgan bo‘lib, mehnatning sodda turlari bo‘yicha o‘quvchilarga malaka beriladi (duradgorlik, slesarlik, tikuvchilik, chorvadorchilik, kartonaj ishlari bo‘yicha mutaxassis va h.k.). Mehnat darslarida 8–10 bola, boshqa darslarda esa bir sinfda 12–16 boladan oshmasligi kerak. Maktabda barcha ishlar maxsus aqli zaif o‘quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda tuzilgan dastur va darsliklar asosida olib boriladi. Aqliy nuqsonli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabda murakkab fanlar (fizika, kimyo, geometriya, trigonometriya, algebra va h.k.) o‘quv rejaga kiritilmagan. Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun ham maxsus maktab-internatlar tashkil etilgan. Bu turdagi maktablarda o‘quvchilar 11 yil ichida o‘rta maktab dasturini o‘zlashtirib, ma’lum kasb egasi bo‘lib chiqadilar. Ushbu maktablarda kompleks ta’sir etish prinsiplariga amal qilgan holda o‘qituvchi, shifokor, davolovchi fizkultura metodisti, logoped, uqalovchilar va boshqalar hamkorlikda ishlaydilar. Individual yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan qo‘shimcha yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mehnat darslariga 7–8, sinflarda 16 o‘quvchi ta’lim oladi. Harakat-tayanch organlari jarohatlangan bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarni, tez charchab qolishini inobatga olib, ushbu maktablarda 40 daqiqalik darslar 20 daqiqaga bo‘linib, orasida 5 daqiqa fizdaqiqalarga vaqt ajratiladi. Aqlan zaif, harakattayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun maktab qoshida yordamchi sinflar tashkil etilgan. Kar-ko‘r-soqov bolalar uchun O‘zbekistonda maxsus muassasa tashkil etilmagan. Moskva viloyati Zagorsk shaharchasida joylashgan maxsus maktab-internatda bu toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ta’lim tashkil etilgan. Ta’limtarbiya ishlari ushbu turdagi maktab-internatda defektologlardan I.A.Sokolyanskiy va A.I.Mesheryakovlar tomonidan yaratilgan metodika bo‘yicha olib borilmoqda. Zaruriyat bo‘lsa, O‘zbekistonda ushbu sinalgan usullar tizimi asosida maxsus sinflarda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish mumkin. Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari o‘qishni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ular uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kollejlarda davom ettirishlari mumkin. Oliy o‘quv yurtida o‘qishni uddalay oladigan ba’zi alohida yordamga muhtoj bitiruvchilar respublikamizning oliy o‘quv yurtida ta’lim olmoqdalar. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Maxsus pedagogikaning maqsadi va vazifalari nimadan iborat? 2. Maxsus pedagogika faninig rivojlanishi tarixini asoslang. 3. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 3- MAVZU INKLYUZIV TA`LIM Reja: 1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati 2. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari va mazmuni 3. O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari Bola huquqlari haqidagi Konvensiya, inklyuziv ta’lim, korreksiya, anomal bola, . Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling