Mustaqil ishlash metodi. Mustakil ishlar ta’limning turli zvenolari, tsikllarida, darsning barcha etaplarida o’tkaziladigan, o’qituchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriklardir.
Interaktiv -so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib «Inter» - o’zaro, «act» - harakat, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi(talaba)ning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati.
Talim vositasi – U yoki bu o’quv faoliyatini amalga ashirish uchun zurur bo’lgan barcha narsalar.
Ta’lim vositalari - O’quv ko’rgazmali vositalar, o’quv texnika vositalari, o’quv axborot texnorlogiyalariga bo’linadi.
O’qitishning asosiy vositalari – bu asosiy o’quv mazmuniga ega bo’lgan rejalar, o’quv dasturlari, darslik va o’quv qo’llanmalaridir.
O’qitishning qo’shimcha vositalari – bu ta’lim oluvchilardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to’plami, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, ko’rsatmali va ko’rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalardir.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari – bu mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy – texnik vositalardir.
Metod- so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.
Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi.
O’qitish metodlari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta’lim oluvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |