Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti


Nazorat (ta’lim jarayonida) ta ’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqiash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Tekshirish -


Download 1.43 Mb.
bet52/84
Sana23.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1287456
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)

Nazorat (ta’lim jarayonida) ta ’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqiash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o ‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
Baholash -ko'nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirish.
Hisobga olish - bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Bashoratlash - bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.
Didaktik tashxis maqsadi – o’quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Joriy nazorat o ‘qituvchi tomonidan o ‘quvchilarning har bir o ‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o ‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Oraliq nazorat - bu o ‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo’limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish.
Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Reyting - (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling