Duduqlanish — nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur’at-ohangning buzilishidir.
Dislaliya — tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervatsiyasi paytida buzilishi.
Dizartriya — nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan bog`liq holdagi buzilishidir. Ma’nodoshi: tili chuchuklik (eskirgan).
Mifologik (yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotning eng boshJang‘ich davriga xos bo'lgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda gavda- lantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasawurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi du- nyoqarashdir.
Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlash- tirilgan bilimlar yig‘indisidir.
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o'zaro ta’siri tu- fayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va mada- niy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
Mafkura (arabcha ≪mafkura≫ - nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmuyi) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g'oyalar majmuyi.
Axloq - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulqatvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o ‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |