Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” — ma’nolar majmui) - mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta ’sir o ‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui.
Ma’rifat — shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy axloqiy sifat majmuyi.
Odob - har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.
Madaniyat - jamiyat va unda yashovchi fuqarolaming faoliyati jarayonida to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
Anglash - biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Tafakkur - inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo'llash.
Amaliyotda (praktikada) qo'llash - hayotda bir necha bor qo'llangan o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonchli muammolar yechimi bilan solishtirib, xulosa qilish so'ng tafakkur saviyasiga tayanib yagona echimini tanlash va undan amaliyotda foydala- nishdir.
Fikr - inson faoliyati uning o'zligini kuch - qudratini o'zagini tashkil qiluvchi ma’naviy-insoniy sifatdir.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to ‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Iqtisodiy tarbiya — o ‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash , ko‘paytirish , savdo – sotiq munosabatlarini to ‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
«Ekologiya (yunoncha ekos - uy, turar joy va logos - ta’limot) - organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar: populyatsiyalar; biosenozlar; biogeosenozlar (ekotizimlar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o’rganadigan biologik fanlar majmuui. Ekologiyani organizmlar va ular atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |