Ta’lim -shaxs rivojlanishining asosiy omili. Ta’lim metodlari va vositalari
Download 54.68 Kb.
|
81.61TA’LIM METODLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILGAN TALABLAR
TA’LIM METODLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILGAN TALABLARReja: Ta’lim metodlarini amalga oshirishga qo’yilgan talablarTa’lim -shaxs rivojlanishining asosiy omili. Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’lim va tarbiyaning uzviyligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ta’lim berish, har bir mavzuning magzini talabalar ongiga yetkazish maxorati o‘kituvchidan ko‘p izlanishni, ko‘p mutola kilishni talab kiladi. Bilim ummoniga boy bo‘lgan ustozgina mavzuni magzini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maksadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi. Ta’lim metodlaridan okilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, o‘kuvchilarni xayotda o‘z o‘rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo‘lib xizmat kiladi.O‘kituvchining ma’lum fan ilmini o‘kuvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o‘kuvchilarni bo‘lgusi xayot yo‘llarini tanlashda muxim ahamiyatga ega. Oldin bayon kilganimizdek, ta’limning moxiyati inson kamolotini shakllantirishga xizmat kiladi. Ta’lim metodi ta’limning maksadi va vazifalariga boglik. Metodlar o‘kuvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga karab tanlanadi. O‘kituvchi o‘zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi, ta’limiy maksad bilan tarbiyaviy maksad mutanosibligi, fan asoslari va goyalarini chukur bilishi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi talab kilinadi. Bunday o‘kituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak ekanligini idrok kilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko‘chirilganda, uni anik his kilib, tasavvur kilib o‘zlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar. (Iktisodiy, matematik, pedogogik. So‘ngra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu bo‘yicha anik ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Shu asnoda boshka fanlardan ham bilim olish va amaliy mashgulotlar evaziga ularda ko‘nikmalari boyib boradi. Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga karab sekin-asta amaliyotga ko‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan mulokotda, ularga bilim berish jarayonida o‘kituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshkarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘kituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon kilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari o‘kuvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘kitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. Metod - yunoncha atama bo‘lib, aynan nimagadir yo‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maksadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar)ni har kanday muammoni (maksadni) uzatish va kabul kilish harakteriga karab kuyidagi turlarga ajratish mumkin: So‘z orkali ifodalanadigan metod; Ko‘rgazmali metod; Amaliy metod. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘kuvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish kobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalarga karab, munosib ravishda kuyidagi metodlar ko‘llaniladi: - o‘kitishning ma’ruza ( suxbat) metodi; - o‘kitishning amaliy ishlar metodi. - Laboratoriya ishlar metodi. - Mustakil ishlar metodi. - Muammoli evristik modellashtirish metodi. - Ilmiy tadkikot metodlari. - O‘kitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi. - O‘kitishning induktiv va diduktiv metodi. - o‘kitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish metodi. Metodlar kuyidagi guruxchalarni o‘z ichiga oladi: Birinchi gurux metodlari: – so‘z orkali uzatish va informatsiyani eshitish orkali kabul kilish metodlari (ogzaki metodlar: xikoya, ma’ruza, suxbat va boshkalar). Ikkinchi gurux metodlari: – o‘kuv informatsiyasini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orkali kabul kilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish kilish va boshkalar). Uchinchi gurux metodlari: o‘kuv informatsiyasini amaliy mexnat harakatlari orkali berish (amaliy metodlar, mashklar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mexnat harakatlari va boshkalar). Ta’limning ragbatlantirish metodlari: 1. Ta’limga kizikishni ragbatlantirish metodi. 2. Ta’limga burch va mas’uliyatini ragbatlantirish metodi. Xuddi shuningdek, ta’limda nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat kilish metodlari kuyidagilar. 1. Ogzaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish. 2. Yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish. 3. Laboratoriya va amaliy nazorat va o‘z -o‘zini nazorat kilish metodi. 4. Test nazorati. Bu metodlardan talabalarda bilish faoliyatini, kabul kilish, anglash va amalda ko‘llash faoliyatini shakllantirishda foydalaniladi. Tushuntirsh va uktirish metodi. Ushbu tarzdagi metodni ko‘llashda o‘kituvchi so‘z vositasida mavzuni bayon kiladi va tushuntiradi. O‘kuvchilar esa tinglashadi, eslab kolish, anglab yetish orkali uni faol kabul kiladi va o‘zlashtiradi Mavzuning asosini tushuntirish va uktirishda xikoya usulidan foydalaniladi. O‘kuv materiallari mazmunini ogzaki bayon kilish, uning asosiy joylarini tushuntirish ko‘zda tutiladi. Bu maksadga erishish uchun, xikoya metodini ko‘llash samarali natija beradi. Bu metod orkali mavzuga xizmat kiladigan ma’lumot va vokealarni bayon kilish dikkatni faollashtiradi, xotirada saklashni jadallashtiradi. Xikoyani bayon kilish, uktirish metodlarini samarali ko‘llash shartlari: rejani kunt bilan o‘ylash, mavzuni yoritishning okilona izchilligini ta’minlash, misollar va xikoyalarni muvaffakiyatli tanlash, tushuntirish va uktirishda zaruriy emotsionallikni tanlash darkor. Xikoya bir necha turga bo‘linib, xikoya mukaddima, xikoya bayon, xikoya xulosalarga bo‘linib, ular mavzuni yoritishga xizmat kiladi. Mavzuni tushuntirishda ogzaki bayon kilish, tushuntirish yoki biror bir lavxani ko‘rsatish, ( illyustratsiya)ni ko‘zda tutib, xikoyadan o‘zining xajmi kattaligi, mantikiy ko‘yilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirish orkali mavzu maksadiga erishiladi, xikoya kilish mavzuning maksadini bir kismiga xizmat kiladi. Ma’ruza matnini tushuntirish va uktirish informatsiyani ogzaki bayon kilish, uzok vakt davomida dikkatni tutib turish, tinglovchilarning fikrlashini faollashtirish usullari, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshka usullaridan foydalaniladi. Tushuntirish va uktirish metodi atroflicha o‘ylangan fikrlar, savollar yordamida bilim berilib, u o‘kuvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar va konuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Ta’limning muammoli-kidiruv metodlari; tizimni so‘z orkali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyot metodlari yordamida foydalaniladi. Ta’limni muammoli o‘kitish jarayonida o‘kituvchi talabalarning bilish faoliyatini ko‘zgatadigan, faollashtiradigan, ongni charxlaydigan vazifalar beradi. Talabalar mustakil xolda yoki o‘kituvchining yordamida uni yechish, xal kilish uchun ijodiy izlanadilar. Muammoli o‘kitish yoki muammoli masalalarning yechilishini talab kilish o‘kuvchilarning egallagan ilmiy bilimlariga hosil kilingan ko‘nikmalariga asoslangan xolda izlansa yoki olingan bilimlarini xotirlasa, bemalol o‘zi yecha oladigan kilib tuzilish kerak. Aks xolda, masala talabaning ulgurmagan bilimlariga ham asoslanib tuzilsa, u xolda talaba o‘ziga ishonmay koladi, o‘zidagi bilimga ishonchi yo‘koladi, har kanday ilmiy ta’lim talaba uchun muammolidir.Chunki talabaga xozirgacha noma’lum bo‘lgan yangilik bilan tanishtiradi. Muammoli o‘kitish talabaning fikrlash faoliyatini o‘stiradi, har narsani bilishga kizikish uygotadi. Faxm-farosatli, mustakil ijod kilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichi kelajakda buyuk davlat egasi bo’ladigan komil inmonni tarbiyalab voyaga yetkazishni ma’naviyatimiz zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol oynaydi. Shuning uchun ha O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov – inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - deb juda to’g’ri aytgan edi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini royobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim – tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yilda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqishning asosiy omillaridan biri, respublikamizning demokratik va huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vataniga iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. Yana shu narsani alohida qayd etish joizki, endilikda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro’ - e’tiborining tobora ortayotganligi ham mazkur islohotlarni tezlikda amalga oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo’lib qoldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlar uch bosqichda amalga oshirilishi ko’rsatib berilgan. Ya’ni: Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) pedagogik va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qoyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish asosida milliy dasturni royobga chiqarish, yo’nalishlariga aniqliklar kiritiladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb -hunar ta’limiga, shuningdek, o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish hamda ta’lim xizmatini ko’rsatish bozorni shakllantirish mexanizmlari to’liq ishga solinishi ko’zda tutiladi. Uchinchi bosqichda (2005 va undan keyingi yillar) – to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinadi. Bizga ma’lumki, kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb boyicha mehnat qilish huquqi royobga oshiriladi. Demak, bu g’oyalar ilmiy - nazariy umumlashmalar, xususan, kadrlar tayyorlashning milliy modeli shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chiqarish uyg’unlashtirilganda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi. Zero, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafolatlari yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash boyicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uzluksiz ta’lim esa kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Chunonchi, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Fan o’z navbatida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarishning kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi bo’lib hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qoyiladigan ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: - maktabgacha ta’lim; - umumiy ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Kadrlar tayyorlashning milliy modelining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini joriy etishdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi dasturlariga izchil intilishni ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim (I-IV-sinflar), umumiy o’rta ta’lim (V-IX-sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o’z ichiga qamrab oladi. Kasb-hunar ta’limi dasturi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistraturA ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni o’z tarkibiga oladi. Ma’lumki, hamma kasblar ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki saboqni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik- muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo’lmog’i kerak? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi qanday malakalar bilan qurollanmog’i darkor? va boshqalar. O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga qoyilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql – idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak» - degan edi. Darhaqiqat o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz - o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohatlarning ijobiy yechimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog’liq. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o’qituvchi oldiga qoyiladigan talablar ham o’zgacha bo’lmoqda. Chunki, bugun O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog - o’qituvchilarning o’z o’rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’tarilgan barcha tadbiru-amallar respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tub jihatdan o’zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi. Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi: Download 54.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling