O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI


Download 249.29 Kb.
bet3/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI 

Mavzuning dolzarbligi.. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi
turli-tuman assortimentdagi gazlama va materiallarini soni ko’payib ketdi. 
Paxta va nitron, paxta va ipak, tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiya
qilingan nitron asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish jarayonida 
mahalliy xom ashyolardan olingan quyultiruvchilarni ishlatish, bo’yovchi
moddani (BM) to’g’ri tanlash yakunlovchi pardozlashda matolarning 
iste’mol sifatini yaxshilaydi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Aralash tolalar va ular asosidagi
matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini
o’rganish. Pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi 
moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq
etish. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi: 
- tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron matolarni
bo’yash va gul boshishga tayyorlash; 
- paxta va nitron aralash matolarni gul boshishga tayyorlashning fizik-
kimyoviy jarayonlarini o’rganish;
- ishlab chiqarishda mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, sifatini
yaxshilash, tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga aralashtirish orqali, 
tansiq tolalar o’rniga arzon kimyoviy tolalarni ishlatish imkonini
yaratish; 
- aralash matolardagi tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy
tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini yaxshilash. 


5

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyekti tabiiy va
sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar, 
sirt faol moddalar hisoblanadi.

Tadqiqot uslubiyoti va uslublari. Reologiya, kolorimetriya,
spektrofotometriya, tegishli Davlat standartlari bo’yicha matolarning 
intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash kabi
zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari qo’llanilgan. 

Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling