O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish


KIRISH  Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 249.29 Kb.
bet6/30
Sana23.04.2023
Hajmi249.29 Kb.
#1392267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org

KIRISH 

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:

Mamlakatimiz 


mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar
o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik 
sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir.Respublikamizda yiliga o’rtacha 3-3,5
mln tonna paxta yetishtirilib,1 -1,2 mln tonna paxta tolasi qayta ishlanadi va 
chetga eksport qilinadi.
Hozirgi kunda yangi tolalar kashf etishdan ko’ra mavjud tolalar asosida yangi 
assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq
iqlim sharoitiga mo’ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak tutgan 
aralash tolali matoni pardozlash texnologiyasini o’rganish borasida ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda. 
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi qimmatbaho turdagi paxta, ipak, va arzon
nitron tolalarini ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda 
jahonda aralash tolali matolarga bo`lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar
o`zida tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos 
fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi.
O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat
hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham
qondirish dolzarb muammodir [1].
Hozirda paxta va tabiiy ipak iplari, paxta va nitron, ipak va nitron
aralashmasidan olinayotgan matolarga katta e`tibor berilmoqda, umuman so`ngi 
yillarda aralashma matolarni ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratilmoqda.
Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan 
ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik
mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin. 
Nitron va tabiiy ipak asosidagi assortimentni kengaytirish, ularning material
sig`imini kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, sintetik tolani 
qo`shish hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirish bilan bir qatorda,
ularni pardozlash jarayonini o’zgartirishiga olib keladi.


9
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan pillaning bir qismi pilla yuvish fabrikalarida 
qayta ishlab, to`qimachilik xom ashyosiga aylantiriladi. Buni O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham o`z asarlarida vatanimizda paxta 
yetishtirish muammolariga alohida e`tibor qaratish bilan bir qatorda ipak
tolasini ishlab chiqarish va uni to`qimachilik sanoatida qayta ishlashni 
kengaytirish muhimligi to`g`risida fikrlar bildirganlar [2].
Bu mahsulotlar o`zlarining uzoq muddat xizmat qilishi va mustahkamligi
yuqori gigiyenik xossalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli xil aralash
tolali matolarning keng ishlatilishi pardozlovchilar oldiga murakkab yechimli 
masalalarni qo`yadi. Aralash tolali matolarni ishlab chiqarishda optimal
texnologik jarayon parametrlarini tanlashda har bir tolaning xususiyatlarini 
hisobga
olish

kerak,
sababi



ushbu
tolalarning 
qaynatish-oqartirish
jarayonlaridagi modda bilan o`zaro bog`lanishi va turli reagentlarga ta`siri bir-
biridan tubdan farq qiladi.
Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan 
ta`minlangan yangi korxonalar kerak bo`ladi. Shu sababdan oxirgi yillarda
paxtani mukammal qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko`paytirish uchun xorijiy
sarmoyalarni yanada ko`proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda.
Shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2005 yil 27 yanvarda imzolangan «Respublika to`qimachilik sanoatiga
sarmoyalar jalb qilish choralari to`g`risidagi» 38-sonli qaror bo`lib, u 
to`qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o`zgartirish
imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb 
qilinishining 2005-2008 yillarga mo`ljallangan dasturi tasdiqlandi [3].
Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi 
gazlama va trikotaj mahsulotlarini soni ko’payib ketdi. Gazlama va polotnilar
tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish, ularning iste’mol sifatini yaxshilaydi, 
ammo ularni bo’yashda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.



10
Bu qiyinchiliklar shundan iboratki, har bir tola turli sinfdagi bo’yovchi modda 
(BM) bilan bo`yaladi. Hatto ikki tola bir sinfdagi BM bilan bir xil sharoitda
bo’yalsada (muhit, harorat va b), bo’yalgan tolalarda bir xil tusdagi va bir xil 
to’yingan ranglar olish juda ham qiyin. Masalan, paxta +viskoza aralashmasini
yoki jun + PA tolalar aralashmasini bir xil BM bilan bo’yash mumkin, ammo 
hosil qilingan ranglar bir xil bo’lmaydi.
BM sinfi va bo’yash usulini tanlash asosan aralashma tarkibidagi 
tolalarning tabiatiga, ularning aralashmadagi nisbatiga, rang mustahkamligiga
bo’lgan talabga, ranglar effektiga va mahsulotni ishlatilish sohasiga bog’liq.
Aralash tolalar uchun pardozlash-bo’yash korxonalarida maxsus tanlangan
BM lar aralashmasidan hamda kimyoviy sanoatda ishlab chiqariladigan ikki xil 
BM aralashmasidan tarkib topgan maxsus BM lar aralashmasidan foydalanish
mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers BM aralashmalari va 
h.k lar.
Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik 
rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat. 
Respublikamizda an`anaviy ishlab chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak
aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment yaratishda mahalliy xom 
ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy pardozlash
texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga 
moslash o`ta dolzarb vazifadir.
Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-mahsulotlarni bo`yash va 
gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom paxta xom
ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va 
oqlik berish talab qilinadi.
Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli aralashma 
mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu
sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash, 
hamda paxta tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi



11
katalizatorlar qo`llash zarur bo`ladi. Paxta-ipakli aralashma matolarni bo`yash 
va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta nozik tomonlarini jiddiy o`rganish
shu kungacha to`liq amalga oshirilmagan.



Download 249.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling