O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universtiteti
Download 50.11 Kb.
|
9-1 AXJS-22 GURUH Sitserining notiqlik sanati oid asarlarning tahlili
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSTITETI R E F E R A T I Mavzu: Sitserining notiqlik sanati oid asarlarning tahlili
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir. Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. 15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar.
Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan yig’inlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini tekshirish jarayoni ham notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi. Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan nuqson va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyangan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi. Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi. Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi. Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik notiqlar yetishib chiqdi. Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi. Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat". Buning uchun esa, zarur bo‘lgan notiqlik uslublarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Sitseron sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan. U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga – konsullikka saylanadi. Bu lavozimda turib u aristokratlarni himoya qiladi va demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi asarlar qolgan: 1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan. 2. Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar. Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola. Jami 800 ga yaqin maktub. Sitseronning notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari orasida uch risola – "Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda katta tarixiy, nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan. Sitseron notiqlik mahorati o‘ziga xos xislatlarga ega. Masalan, u biror fikrni bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab qo‘ymagan. Aksincha, uning nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e’tibor qilgan. Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasidir.Sitseronning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy ahamiyatga molikdir. Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro bog‘liqligi. Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro farqli jihatlari. Sharq va G‘arb falsafiy ta’limotlarining tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati. Qadimgi davr "Falsafa", aniqrogʻi "filosofiya" soʻzi G’arbda paydo boʻlgan bo’lsada-da, falsafiy muammolar boshqa madaniyatlarda ham koʻrilgan. Uzoq Sharq faylasuflari Sharq falsafasiga oid boʻlishsa, Shimoliy Afrika hamda Yaqin Sharq falsafasi, Yevropa bilan uzviy aloqada boʻlishgani tufayli, Gʻarb falsafasiga doir, deb bilinadi. Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi. Qadimgi tarixdan beri siyosiy hukumat oʻrnatish ildizlari doimo odam tabiatiga bogʻliq boʻlib kelgan. Aflotun oʻzining Respublika (The Republic) sida ideal jamiyat faylasuf-qirol tomonidan boshqarilishi mumkinligini yozadi, chunki u falsafani yaxshi tushungan odam ezgulik tushunchasini ham yaxshi anglashini taʼkidlaydi. O‘rta asr Oʻrta Asrlar falsafasi Gʻarbiy Yevropa va Yaqin Sharqdagi hozir Oʻrta Asrlar, deb ataluvchi va Rim imperiyasi tugatilishidan to Renessansgachaboʻlgan davrga oid falsafadir. Oʻrta Asrlar falsafasi qisman antik Yunon-Rim madaniyatini qayta kashf qilish va teologik muammolar bilan shugʻullangan.Ushbu davrga oid baʼzi muammolar eʼtiqod va ong munosabatlari, xudoning mavjudligiva birligi kabi masalalardan iboratdir. Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor. Muhim faylasuflardan biri - ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Uyg‘onish davri Zamonaviy falsafa skeptitsizm paydo boʻlishi va zamonaviy fizika tugʻilishi bilan boshlangan, deb hisoblanadi. Ushbu davrga oid muhim kishilar Montaigne, Descartes, Locke, Spinoza, Leibniz, Berkeley, Hume va Kant'dir. Bu davr 17-18-asrlarga toʻgʻri kelib, Kant'ning metafizik mavzularni Newton mexanikasi bilan bogʻlashga davomli urinishlari bilan yakun topgan, deb hisoblanadi. Sharq falsafasi atamasi bilan Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya, Yaponiya falsafiy anʼanalari nomlanadi. Gohida bu roʻyxatga Yaqin Sharq ham qoʻshiladi, biroq Yaqin Sharq falsafasi Ibrohimiy dinlar yoyilishi va Yevropa bilan savdo-sotiq faolligi tufayli Gʻarb falsafasining koʻpgina alomatlariga ega. Jamiyatdagi fikrlar uning amallariga chuqur taʼsir koʻrsatadi. Falsafani amaliy oʻrganish yangi sohalar, masalan, amaliy etika va siyosiy falsafa kabilarning paydo boʻlishiga olib keldi. Konfutsiy, Sun Tzi, Ibn Xoldun, Ibn Rushd, Ibn Taimiyyah, Niccolò Machiavelli, Gottfried Leibniz, John Locke, Jean-Jacques Rousseau, Karl Marx, John Stuart Mill, Mahatma Gandhi va boshqalarning siyosiy va iqtisodiy qarashlari maʼlum hukumatlar tuzilishiga va amaliyotiga sezilarli taʼsir qildi Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari. Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.. Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar. Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati. Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Nutq sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi. Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Og‘zaki nutq xususiyatlari. To‘g‘ri talaffuz me’yorlari. O‘zbek tilida urg‘u. Olinma so‘zlar talaffuzi. Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan to‘g‘ri va aniqligi. Imlo me’yorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. O‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli so‘zlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Ko‘chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ironiya, ironiyaning nutq emotsiyasini tashkil etishdagi o‘rni. Ekspressiv-emotsional leksika. Sintaktik figuralar: inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq, takrorlarning nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi ahamiyati. Badiiy nutqda adabiy til me’yorlaridan ma’lum maqsadda chekinishga yo‘l qo‘yilishi. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat. Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa SHarq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi. Download 50.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling