O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)
Protestanstizmning o’ziga xos bo’lgan aqidalari quyidagilardan iborat
Download 58.07 Kb.
|
ХРИСТИАНЛИКДАги ОКИМЛАР РАЖАБОВА МАХЛИЁ
Protestanstizmning o’ziga xos bo’lgan aqidalari quyidagilardan iborat:
1) shaxsiy e’tiqod bilan najot topish; 2) dinga ishonuvchan barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligi; 3) Bibliyaning oliy nufuzini tan olish; 4) dastlabki gunoh fe’l-atvorini buzganligi, uni yaxshilik qilish qobiliyatidan mahrum qilganligi, shuning uchun u xayrli ishlar, sirli marosimlar va asketizm yo’li bilan emas, bandalar gunohini so’rab olish uchun o’zini qurbon qilgan Isoga shaxsan e’tiqod qilish yo’li bilan oxiratda gunohlardan forig` bo’lish mumkinligini; 5) xristianlikni qabul qilgan va cho’qintirilgan har bir kishi o’zini xudo bilan g`ayritabiiy muloqatda bo’lishga bag`ishlaydi, bu ishni cherkov yoki ruhoniylar vositaligisiz amalga oshirishi mumkinligi; 6) ruhoniylar bilan oddiy dindorlar o’rtasidagi aqidaviy farqning yo’qligi; 7) ruhoniylar oddiy dindorlarning tavbasini qabul qilishi va ularni gunohdan forig` qilishi mumkin emasligi va ularning diniy jamoalar oldida hisob berishi to’g`risidagi aqidalarga amal qilishi ishlab chiqilgan. Protestanstizmning o’ziga xos xususiyatlari: ruhoniylarning oila qurishi man’ etilmaydi; samoviy huzur-halovat to’g`risidagi ta’limotni rad qilingan; o’lganlarga bag`ishlab duo o’qish, aziz avliyolarga sig`inish, ular sharafiga bag`ishlab bayramlar o’tkazish, muqaddas murdalarga va ikonalarga (ikona yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tasvir, obraz, g`ayritabiiy mavjudodlarning rasmlari, relefli tasvirlari bo’lib, ular katolistizm va pravoslavieda sig`inish predmetlari hisoblanadi) topinish bekor qilinadi; ibodat uylaridan ortiqcha hashamlar, mehroblar, ikonalar, haykallar, qo’ng`iroqlar olib tashlanib, oddiy holga keltirildi; monastirlar va monaxlar jamoasi ham barham toptirilgan; ibodat nihoyatda soddalashtirildi, va’z aytish, duo o’qish, psalomlarni (yunoncha pasaltir tarkibini tashkil etuvchi diniy qasidalar, ashulalar, xudoga hamdu sanolar o’qish, iltijo, arz-dod (zorlanish), qarg`ash kabilarni ona tilida o’qish va kuylash joriy qilindi; Bibliya birdan-bir manba deb qaralib, muqaddas rivoyatlar rad qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni o’rganish va sharhlash «gunoh» hisoblanmaydi. Bu o’ziga xos xususiyatlar burjuaziya demokratiyasining yangi diniy oqimga nisbatan tadbiq etish asosida paydo bo’lgan. Protestanstizm ichki oqimlarida: Lyuteranlik, stving-lichilik, kalvinizm, anglikanchilik, mennochilik, anabap-tizm, unitarizm kabi mazhablar mavjud. Bu mazhablar XVI-XVIII asrlarda paydo bo’lgan edi. Lekin keyinchalik yana protestanstizmda: optistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegovo shohidlari, Mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», pyatidesyatniklar kabi diniy sektalar ham paydo bo’ldi. Bu oqim va sektalarning ko’pchiligi «diniy uyg`onish», dastlabki xristianlik va Reformastiya g`oyalariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. (Ilova: bu sektalarning ayrimlarini keyinroq aytamiz). Protestanstizm kapitalizm rivojlanishi, sostializmning paydo bo’lishi, marksizm dahriyligi va mafkurasi, ikkinchi jahon urushi va mustamlakachilikning tugashi ta’sirlari oqibatida o’zining evolyustiyasi, yangilanish bosqichlarini boshidan kechirib, yangi protestanstizm yoki liberalizm ilohiyoti, «inqiroz ilohiyoti», «yangi ilohiyot» kabi shakllariga ega bo’ldi. Protestanstizm falsafasida, XVI asrda, dastlabki reformastiya davrida Lyuteran ta’limoti asosida diniy e’tiqodni insonning xudo bilan shaxsiy aloqasidir, deb e’lon qilgan edi. M.Lyuter xudoni sxolastik diniy bilishni insoniy aql-idrokka qarama-qarshi qo’ygan edi. Bu bilan inson aql idroki ham chetga chiqarib tashlandi. F.Melanxton esa neosxolastika ta’limotida diniy e’tiqod talablari muhokamasiz aql-idrokni aralashtirmasdan xudo bilan ruhiy qo’shilishini ishlab chiqadi. XVIII asrda yana Leybnist-Volf ta’limotida dinning o’zini dunyoviy aql-idrok bilan mushohada qilish ob’ektiga aylantirildi. I. Kantning sxolastika va cherkovni tanqid qilishi va xudoni amaliy aql-idrok postulati (haqiqatligi ayon bo’lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan qoida) va ahloqiy garovi sifatida e’tirof etishidan protestant ilohiyotchilari foydalanilmoqchi bo’ldi. XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan «dialektik ilohiyot» (asoschisi K.Bart) liberal protestanstzimni e’tiqodning «o’lishi» sifatida rad qilib, S. Kergerning ekzistenstialistik ta’limotida ishlab chiqilgan metodiga tayanadi: xristian dini apologetikasi (yun.-himoya qilish, ya’ni ilohiyotning tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya qilish) dunyo mantiqqa to’g`ri kelmaydi», be’mani va unga inson «o’z ahvoliga tashlab qo’yilgan», degan g`oya asos qilib olindi. Bart va uning tarafdorlari esa xudo e’tiqod ob’ektiga aylanishi uchun his-tuyg`ular yoki aql idrok xizmatiga muhtoj emas, deb chiqmoqdalar. Protestanstizmda faqat cho’qintirish va non, vino iste’mol qilish marosimlari mavjud, xolos. «Lyuter inson qo’lini echib yubordi, ammo uning qalbini xudoga bog`lab berdi», degan edi, allomalardan biri.
Download 58.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling