O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet
Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari, tanlash, xatari va
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1.4 Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari, tanlash, xatari va
noaniqlik omillari Loyihani me‘zonlar to‗plami yordamida tahlil qilish natijalarini rasmiylashtirish zaruriyati tug‗ilganda (bu ko‗p sonli alternativ loyihalarni tahlil qilishda kerak bo‗ladi) loyihalarni balli baholashdan foydalaniladi. Baholashning balli usuli quyidagicha. Loyiha natijalariga ta‘sir etuvchi eng muhim omillar tanlab olinadi (me‘zonlar ro‗yxati tuziladi). Mezonlar ahamiyatlilik darajasi bo‗yicha terib chiqiladi. Buni boshqaruvchilardan aniqlash mumkin, ya‘ni ularga 100 punktdan iborat ko‗rsatkichlarni me‘zonlar guruhiga ajratish taklif etiladi (umumiy qaror uchun u yoki bu me‘zonlarning ahamiyatlik darajasi bo‗yicha). Har bir aytib o‗tilgan me‘zonlar bo‗yicha sifatli baholar («juda yaxshi», «yaxshi» va h. ) miqdoriy ifodalaniladi. Buni mutaxassislar me‘zonlarini miqdoriy ifodalash yo‗li bilan aniqlay oladilar. Agar balli baholash asosiy sxemasiga tasodifni olib kirilsa, ekspertlar vazifasini osonlashtirish va shu vaqtning o‗zida aniqroq natijalarga erishish mumkin. Loyihani u yoki bu ko‗rsatkichi yaxshi-yomonligini aniq farqiga borish juda ham qiyin, chunki ko‗p me‘zonlar shu balli baholash tizimida tasodifni ishlatishda esda tutiladi: Loyiha ko‗rib chiqish uchun har bir me‘zon bo‗yicha ekspertlar juda yaxshi, yaxshi va h. natijalarga erishish imkonini baholaydilar va bu loyiha bilan bog‗liq bo‗lgan xavfni hisobga olishga yordam beradi. Bu usul bo‗yicha umumiy baho quyidagicha olinadi: ranglar tarozisi bu ranglarga yetish ehtimoliga ko‗paytiriladi va bu yo‗l bilan me‘zonning ehtimolli tarozisi yopiladi, keyin bu me‘zon tarozisiga ko‗paytiriladi, har bir me‘zon bo‗yicha 36
olingan ma‘lumotlar qo‗shiladi. Lekin olingan loyiha baholarini to‗laligicha to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Bu holat har bir omilga tegishli tarozini topishda foydalaniladigan fikrlar hamda har bir rangga sonli miqdor berishdagi subektivlik bilan bog‗liq. Shuning uchun umumiy bahodagi ozgina farq qaror qabul qilish uchun asos bo‗la olmaydi. Balli ko‗rsatkich mohiyatini ehtiyot bo‗lib tushuntirish kerak. Boshqa usullar. Loyihani tanlashda uning samaradorligini baholashda noaniqlik va xatar omillarni hisobga olish kerak. Bu savolni to‗laligicha o‗rganish ushbu o‗quv qo‗llanmasi chegarasidan chiqib ketadi, shuning uchun ularga qisqacha to‗xtab o‗tamiz. Noaniqlik deganda loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi axborot noaniqligi, shu bilan bir qatorda xarajat va natijalar to‗g‗risidagi axborot noaniqligi yoki to‗liqmasligi tushuniladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida ro‗yobga chiqadigan xalal beruvchi holatlar kelib chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan noaniqlik xatarlari. Loyihaga baho berishda quyidagi noaniqlik va investitsion xatarlarga e‘tibor qaratiladi: – iqtisodiy qonunchilik va joriy iqtisodiy holat barqarormasligi, investitsiya qilish va foydani ishlatish shartlari bilan bog‗liq xatar. – tashqi iqtisodiy xatar (savdo va yetkazib berishlariga chegaralar kiritish, chegaralarini berkitish va h.); – siyosiy holat noaniqligi mamlakat yoki regionda ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar xatari; – bozor konyukturasini, valyuta kurslarini tebranishlari; – tabiiy-iqlimiy sharoitlar aniqmasligi, tabiiy ofatlar ro‗y berish ehtimoli; – ishlab chiqarishni texnologik xatari (avariyalar, uskunalar xato ishlashi, ishlab chiqarish braklari); – qatnashchilarning maqsadlari, qiziqishlari va axloqi noaniqligi; – qatnashchi korxonalarning ish holati va moliyaviy ahvoli haqidagi axborot to‗qimasligi yoki noaniqligi.
37
Eng aniq usul bu noaniqlikni rasmiylashtirilgan ravishda ifodalash usulidir. Innovatsion loyihalarni baholashda eng ko‗p uchraydigan noaniqliklar turlariga nisbatan bu usul quyidagi etaplarni o‗z ichiga oladi: – loyihani amalga oshirishni ehtimolli shartlarini va bu shartlarga javob beruvchi xarajatlarning barchasini ifodalash (sug‗urta va ðåçåðâèðîâàíèå bilan bog‗liq sanksiya va xarajatlarni hisobga olgan holda); – noaniqlik omillari haqidagi boshlang‗ich axborotlarni amalga oshirishni alohida ehtimolli shartlari va mos samaradorlik ko‗rsatkichlar hamda ularni o‗zgarish intervallari haqidagi axborotga aylantirish; – amalga oshirish shartlari noaniqligini hisobga olgan holda loyihaning umumiy samaradorligi ko‗rsatkichlarini aniqlash; – innovatsion loyihalarni baholashni solishtirma xarakteristikasi quyidagi 2.1-jadvalda berilgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling