Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilida tog‘lar, tor daralarini oʻrgatishda harakatli oʻyinlar orqali oʻqitishning didaktik asosi va eksperimental tadqiqi


Download 111.39 Kb.
bet9/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilida tog‘lar, tor daralarini oʻrgatishda harakatli oʻyinlar orqali oʻqitishning didaktik asosi va eksperimental tadqiqi
Bugungi kunda xorijiy tillarni oʻrganish muhim ahamiyat kasb etayotganligi sababli, tillarni nafaqat oliy ta’lim muassasalarida, maktablarda, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham oʻrgatilmoqda. Darslarda oʻziga xos usullar, qiziqarli metodlar bilan oʻtilmasa, oʻquvchilarni darsga jalb qilish biroz murakkab vazifaga aylanishi mumkin. Agarda darslarda an’anaviy usullardan kechilsa, qiziqarli qilib olib borilsa bu nafaqat dars sifatini ta’minlaydi, shu bilan birga zerikishni oldini olib, passiv oʻquvchilarni ham darsda ishtirok etishga jalb qiladi.
Hozirgi kunda ingliz tilini maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga oʻyin orqali oʻrgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizda «Til bilgan – el biladi», deb bejiz aytilmagan. Prezidentimizning 2018-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori bu maqsadni roʻyobga chiqarish va shu doirada maktabgacha ta’lim muassasalaridanoq bolalarga xorijiy tillarni oʻrgatish va maktab ta’limiga tayyorlab borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarrida bolalarga ingliz tilini oʻrgatishda dars jarayonini didaktik loyihalashtirish dolzarb masala boʻlib, unda ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurdir.
Didaktika kechiktirmay oʻrganishi zarur boʻlgan muammolardan biri, – deb qayd etgan edi A. A. Chentsov, – ta’limni samarador loyihalash masalasidir. Loyihalash oʻquv materialini oʻrganish va mustahkamlash, takrorlash va amaliyotda tatbiq qilish, umumlashtirish va nazorat qilish jarayonlari bilan qanchalik uzviy bog‘liq boʻlsa, ta’lim jarayonining samaradorligi shuncha oshadi. Shuning uchun ham, ta’lim jarayonining barcha yoʻnalishlarini emas, balki uning ma’lum qirrasini samarador loyihalash yoʻlidan borish kerak. Bunday samarador loyihalashga ehtiyojmand yoʻnalishlardan biri samarali didaktik oʻyinlar toʻplamini tayyorlashdir. Mazkur murakkab vazifani bajarishda, ingliz tili darsini bolalarga didaktik oʻyinlar vositasida tashkillashtirish asosiy omil hisoblanadi.
Ingliz va rus tilini oʻrgatish jarayonida bir qator qiziqrli oʻyinlar mavjud. Shuni aytib oʻtish joizki, bolalarga til oʻrgatishda shunday oʻyinlardan foydalanish kerakki, unda barcha oʻquvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsadan yangilik olishsin. Oʻquvchilarga darsni grammmatik tushunchalar bilan boshlash nooʻrindir, ayniqsa kichik sinf oʻquvchilarini tezda zerikishiga sabab boʻladi. Natijada dasrga boʻlgan qiziqish soʻnishi mumkin. Ular bilan hattoki salomlashish jarayonini ham noan’anaviy tarzda boshlash kerak, masalan, oʻqituvchi kirishi bilan darsni qandaydir salomlashishga oid inglizcha qoʻshiq bilan boshlash (asosan boshlang‘ich sinf oʻquvchilari uchun mativatsion usuldir) usuli samarali usuldir. Shu tariqa dars davom etsa, oʻquvchilar dars davomida ha bir topshiriqqa boʻlgan e’tiborini yoʻqotishmaydi. Xattoki ular ingliz tili darslarini intizorlik bilan kutishadigan boʻlishadi. Albatta, bularning barchasini oʻqituvchi tashkillashtirishi kerak va bu pedagogning zimmasida.
Bolalarda oʻyin orqali diqqat, xotira va idrokni qiyinchiliklarsiz shakllantirish mumkin. Chunki bola oʻyin jarayonida oʻzini erkin his etadi. Oʻyin oʻynalayotgan paytdagi ma’lumotlarni ham bajonidil qabul qiladi. Ya'ni oʻyin faoliyati orqali beriladigan ma’lumotlar bolalar xotirasidan muammolarsiz oʻrin oladi. Bu oʻrinda pedagogik, psixologik va fiziologik omillarga tayangan holda ingliz tilini oʻrgatish samaralar garovidir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻyinlar jarayonida ingliz tilini oʻrganar ekan, albatta, ma’lumotlarning koʻrgazmalilik tamoyillariga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ingliz va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun “Rolli oʻyinlari’’dan foydalnish mumkin. Bu oʻyinlarning afzallik tomonlari shundaki, bu vaziyatdan kelib chiqib oʻynaladi. Bu oʻyinlar nafaqat fan oʻrganilishi uchun foydali, shu bilan birga aqliy qobilyatni shakllantirishga ham yordam beradi. Bu oʻyinlarda mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yoʻlovchining taksini toʻxtatgan jarayonidagi suhbati, yoki kiyim doʻkonlaridagi muloqotlar - bularning barchasini ingliz tilida ham gapirib, ham koʻrsatib berishadi. Aynan shu oʻyinda, guruh bilan ishlash taktikasini qoʻllasak ham boʻladi, ya’ni oʻquvchilarni guruhlarga ajratib turli mavzularni boʻlib berish. Bu holatda raqobatlashuv ham vujudaga keladi. Raqobat-yuksalish mezonidir. Topshiriqni yaxshi bajargan guruh rag‘batlantirilsa, qolgan oʻquvchilarning intilishi ham kuchayadi. Bundan tashqari, ingliz tili darslarini mazmunli oʻtkazish uchun didaktik oʻyinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.
Ingliz tili fanini oʻqitishda turli xil oʻyinlar orqali oʻrgatishning oʻrni beqiyosdir. Dars davomida har xil oʻyinlar oʻynatib turish sinfda fanni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive oʻquvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda oʻquvchilar oʻrtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, oʻquvchilarning ustozlariga boʻlgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida oʻqitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi oʻyinlarni taqdim etib qolamiz.

Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling