O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi sport mahoratini oshirish fanidan kurs ishi mavzu
Download 1.36 Mb.
|
Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Himoyaga tavsiya etildi»
- Ibragimov Dinmuhammad
- Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish MUNDARIJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI Sport mahoratini oshirish fanidan KURS ISHI Mavzu: Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish
Chirchiq – 2022 Mavzu: Basketbol o‘yini hujum taktikasiga o’rgatish MUNDARIJA: Kirish…………………………………………………………………………...3 I.BOB.Basketbol o’yini taktikasi tasnifi, hujum taktikasi, yakka (individual) harakatlar va guruhli harakatlar……………………………………………..…..6 1.1.Jamoa harakatlari va shaxsiy pressingga qarshi hujum………………………6 II.BOB Basketbol o‘yinida hujum texnikasini o‘rgatish. ………………………16 2.1.Himoya va hujum taktikasi…………………………………………………16 Xulosa…………………………………………………………………..………28 Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………..……30 Kirish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da Toshkent sh., 2017 yil 3-iyundagi, PQ-3031-son qarori Jamiyatimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya oʼyinlari, jahon chempionatlari, Osiyo oʼyinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda Oʼzbekistonning obroʼ-eʼtibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, oʼquvchi va talaba yoshlar oʼrtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport oʼyinlari ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir Oʼzbekiston Respublikasida “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da 2020 yil 24- yanvardagi PF-5924-son qaroriRespublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sogʼligʼini mustahkamlashga koʼmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʼyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʼlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʼlom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʼnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yoʼnalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shugʼullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;davlat sport taʼlimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy maʼlumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya)ning samarali va shaffof toʼrt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish; Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari oʼquvchi-sportchilari oʼrtasida «Bolalar sport oʼyinlari»ni oʼtkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida «Talabalar sport oʼyinlari»ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish;aholining keng qatlamlari, jumladan umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari, professional va oliy taʼlim muassasalari oʼquvchi va talabalari oʼrtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida «Umumtaʼlim maktab sporti» festivali, «Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa» koʼrik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) oʼtkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumtaʼlim maktabi, professional va oliy taʼlim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;2020 yildan boshlab sport sohasida «Tashkent Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli oʼtkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;aholining barcha qatlamlari oʼrtasida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarini oʼtkazishni joriy etish;sport turlari boʼyicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilgʼor innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik taʼminotni yoʼlga qoʼyish;sport turlari boʼyicha 18 yoshgacha boʼlgan hududiy terma jamoa aʼzolarini hududiy bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazlarining oʼsmirlar boʼlimlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa aʼzolarini tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazib borish mexanizmini joriy etish;taʼlim muassasalari oʼquvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari oʼrtasida sogʼlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʼtkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʼining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni toʼgʼrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish. Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʼrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Respublika komissiyasi (А.N. Аripov) vazifalari etib quyidagilar belgilansin: Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling