O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 47.78 Kb.
bet10/12
Sana17.10.2023
Hajmi47.78 Kb.
#1706918
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1923 URMONOVA SHAXLOBOSHLANG\'ICH SINF O\'QISH DQRSLARIDA BUYUK ALLOMALARNING

II BOB BO‘YICHA XULOSA
Alisher Navoiy mehnatning insonni go‘zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farxod va Shirin» dostonining asosiy qahramoni Farxod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. Farxod Armaniston o‘lkasiga qadam qo‘yganda, o‘z yurtida qorandan o‘rgangan tosh yo‘nish hunarini ishlatib, og‘ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O‘z hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og‘ir mehnatini yengillashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi Shirinning hurmatiga sazovor bo‘ladi. Farxodning mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o‘z dostonining ikkinchi nomini «Mehmonnoma» deb ataydi.Mehnatga muhabbat, ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning hayotidagi o‘rnini bеlgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko‘rsatadi. Dehqonlar tog‘risida fikr yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. ... Olam ma'murliqi alardin va olam ahli masrurliqi alardin. harqayonki, qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot»13, - deb dehqonlarni, ya'ni, mehnatkash insonni ulug‘laydi. Shu bilan birga shoir bu asarida tekinxo‘rlarni, nojo‘ya ish tutuvchi kishilarni, ochko‘z va ta'magirlarni, mehnat qilmay hayot kechiruvchi shaxslarni tanqid qiladi.Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o‘zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida fikr yuritar ekan, har bir sog‘lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi, hunarga mehr qo‘ygan, uni o‘rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland bo‘lajagini o‘qtiradi.

XULOSA
Ma’lumki, o‘qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o‘qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. har bir bola o‘z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish nihoyatda murakkab.


Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling