O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 47.78 Kb.
bet9/12
Sana17.10.2023
Hajmi47.78 Kb.
#1706918
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1923 URMONOVA SHAXLOBOSHLANG\'ICH SINF O\'QISH DQRSLARIDA BUYUK ALLOMALARNING

Dehqonlarga nisbatan:
Bularga qatilqil,harilqil o‘zun
Tilin yo‘qshi sozla, achuq tut yuzun.
(O‘zing bular bilan aralashgin,qo‘shilgin,
Tilda yaxshi so‘zla, yuzingni ochiq tut).
Hunarmandlarga nisbatan:
Keraklik kishilar еma bu sena,
Yo‘qo‘n tut bularo‘q tosulqay tona.
(Bular ham senga kerakli kishilardir,
Bularni yaqin tut, foydasi tеgadi (ey) baqodir)10.

2.2 Buyuk allomalarimiz ijodini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘quvchilarga o`rgatish
Yusuf Xos Hojibning mehnat ahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham ularga nisbatan hurmat va ehtiromni anglatadi. Yusuf xos Hojibning mehnat tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir.16-asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug‘lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farxod va Shirin», «Mahbub-ulqulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning xaqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko‘rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z qo‘li bilan hayot kechirish ulug‘roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida kеltiradi.Hotam Toyi bir kuni qo‘y-qo‘zilar so‘ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So‘ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o‘tin ko‘tarib kеlayotgan bir chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu og‘ir yukni, Hotam to‘yiga borib ziyofaida izzat ko‘rgil», - deydi. Shunda chol kulib: «Ey, oyog‘iga xirs band solgan, g‘ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulgin», - deb javob qiladi.Hotam Toyi cholning bu so‘zlariga tan beradi va halol mehnat bilan kun kechirishi uning qimmatidan baland ekanligini anglaydi. Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to‘xtalar ekan,quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o‘z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»11. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz,
saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur»12.
Erkka intilish, ozod yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonga xos bo‘lgan tuyg‘udir. Inson o‘z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g‘oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo‘lib kеlgan. Chunonchi, Hadisi Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi.Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz.Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi.Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Maxmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan. Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir.


Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling