O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi
Download 113.01 Kb.
|
NORBOYEV SHAXOBIDDIN
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI 1-KURS 2-GURUH TALABASI NORBOYEV SHAXOBIDDINNING BIZNEZ HUQUQI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Mavzu: Biznes faoliyatida yuridik hizmat ko’rsatish turlari Reja
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqiy himoya tizimini yana bir boʻgʻini – bu xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmat boʻlinmalari hisoblanadi. Ayniqsa xoʻjalik shartnomalari tuzishda yuridik xizmat boʻlinmalari faol ishtirok etadi. Agar biznes subyekti oʻz yuridik xizmatiga ega boʻlmasa (masalan, yakka tadbirkor, fermer xoʻjaligi va h.k.), u holda ular haq evaziga yuridik xizmat koʻrsatish shartnomalari orqali advokatlar xizmatidan foydalanishlari shart (“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi).
Har bir xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz yuridik xizmati boʻlishi uning huquqiy himoyasini tashkiliy taʼminlovchi kafolat hisoblanadi. Yuridik xizmat boʻlinmalari xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining barcha yoʻnalishlarida va sanalarida, barcha bosqichlar uzluksiz va doimiy ravishda, birinchidan, xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini qonuniyligini, oʻz manfaatlariga mosligini taʼminlasa, ikkinchidan, boshqa har qanday subyektlarni xatti-harakatlari uning qonuniy huquq va manfaatlariga xilof boʻlmasligini kuzatib boradi va zarur hollarda tegishli huquqiy himoyani tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi “Xoʻjalik bosh- qaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida”gi 182-son qaroriga 2-ilova qabul qilingan nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda davlat korxo- nalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmati faoliyatiga qoʻyila- digan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. Hozirgi kunda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimiga majburiy tartibda Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi va ozod qilinadi. Bundan tashqari, adliya organlariga yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablarini buzgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish tashabbusi bilan chiqish huquqi berildi. Huquqshunoslar yordamiga boʻlgan talabning ortib borayotgani mazkur sohani yanada takomillashtirishga zarurat yaratdi. Prezidentimizning 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida davlat organlarida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish vazifasi qoʻyildi. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror bu borada muhim qadam boʻldi. Jamiyatda adolat barqarorligi hamda qonun ustuvorligini taʼminlash bosh tamoyil hisoblanadi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda esa yuridik xizmatning oʻrni beqiyos, albatta. Yuridik xizmat xodimlarining qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrish uchun yetarli va taʼsirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani bermadi. Qaror bilan endilikda shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, ularning hududiy tuzilmalarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan minimal meʼyor va mezonlarga asosan majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi. Mazkur xizmatning shtat birliklari qisqartirilishiga esa aslo yoʻl qoʻyilmaydi. Qarorda yuridik xizmatlarning vazifalar doirasi kengaytirildi. Yaʼni, yuridik xizmatlarga mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralar koʻrish vazifasi yuklatildi. Yuridik xizmatga qoʻyilayotgan bunday masʼuliyatli vazifalarning toʻlaqonli bajarilishi qonun ustuvorligi taʼminlanishiga xizmat qiladi. Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash, xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va malakasini oshirish boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga metodik yordam koʻrsatish boʻyicha alohida mustaqil boʻlinma mavjud emas edi. Ushbu vazifa vazirlik markaziy apparati boshqarmalaridan biriga qoʻshimcha vazifa sifatida belgilangan edi. Qarorga asosan Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi va uning joylardagi shoʻbalari tashkil etildi. Xulosa qilib aytganda, qarorda belgilangan barcha tadbirlarning yagona maqsadi — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini kuchaytirish orqali biznes subyektlari va fuqarolarning qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iboratdir. Yuriskonsult lavozimida faoliyat yuritayotgan shaxs bilimli, dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas, qonun ustuvorligini taʼminlaydigan mutaxassis boʻlishi kerak. Mazkur qarorning muhim jihatlaridan biri ham shundaki, unda bir tomondan yuridik xizmatning mavqei va manfaatdorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish belgilansa, ikkinchi tomondan ularning qonuniylikni taʼminlash boʻyicha vazifalar doirasi kengaytirildi, masʼuliyat va javobgarligi ham kuchaytirildi. Shu bois ham mazkur qaror yuridik sohani, yuristlarga boʻlgan ishonch va eʼtiborni, qolaversa, yuridik xizmatni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim hujjat. Endilikda yuridik xizmat xodimlariga ham adliya organlari xodimlariga belgilan- gan martaba darajalari beriladigan hamda koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalarni toʻlash tartibi tatbiq etiladigan boʻldi. Qaror ijrosi doirasida 2017-yil 28-fevralda adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadansohani, yuristlarga boʻlgan ishonch va eʼtiborni, qolaversa, yuridik xizmatni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim hujjat. Endilikda yuridik xizmat xodimlariga ham adliya organlari xodimlariga belgilan- gan martaba darajalari beriladigan hamda koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalarni toʻlash tartibi tatbiq etiladigan boʻldi. Qaror ijrosi doirasida 2017-yil 28-fevralda adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadanoʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida buyrugʻi qabul qilindi. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga 1- darajali adliya maslahatchisi, 2-darajali adliya maslahatchisi, 3-darajali adliya maslahatchisi, 1-darajali yurist, 2-darajali yurist, 3-darajali yurist kabi maxsus unvon-martaba darajalari beriladi. Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish ijobiy attestatsiya, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek, qonunchilikni mustah- kamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
Download 113.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling