O`zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti buxgalteriya va audit


Tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida fuqarolar


Download 51.07 Kb.
bet2/5
Sana19.10.2023
Hajmi51.07 Kb.
#1710354
1   2   3   4   5
Bog'liq
biznes huquqi mustaqil ish 2

2. Tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida fuqarolar
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi qonuni va boshqa qonunlarda belgilanganidek, tadbirkorlik faoliyatining subyektlaridan biri fuqarolardir. Fuqarolar tadbirkorlik faoliyatining subyekti xisoblanishi O`zbekiston Respubli-kasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi qonunida belgilab berilgan. Ushbu qonunning 5-moddasida ko`rsatib o`tilganidek, yuridik shaxs tashkil etmay ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan jismoniy shaxslar kichik va o`rta tadbirkorlik subyekti bo`lib hisoblanadilar.

Fuqarolar, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilak shug`ullanishlari uchun huquqqa va muomala layoqatiga ega bo`lishlari shart.


Fuqarolarning, ya`ni jismoniy shaxslarning huquq layoqati u tug`ilgan paytdan e`tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Huquq layokatining mazmuniga ko`ra, «fuqarolar, mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo`lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg`armalarga ega bo`lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo`jaligi bilan hamda qonunda ta`qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shurullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to`lanishini talab qilishlari; mashg`ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san`at asarlarining, ixtironing, qonun bilan muhofazalanadigan boshqa intellektual faliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo`lishlari mumkin» (O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 18-modda). Ana shu huquq layoqatiningdeyarli barchasi tadbirkor fuqarolarga ham taallukli.
Tadbirkor fuqarolar huquq layoqatidan to`liq foydalana olishlari uchun, albatga muomala layoqatiga ega bo`lishlari shart. Hech bir kishi muomala layoqatiga ega bo`lmay turib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullana olmaydi.
Fuqarolarning muomala layoqati deganda, ularning ongli harakatlari bilan o`zlariga huquq va burch keltirib chiqara olish layoqati tushuniladi.
Muomala layoqati huquq layoqatidan farqlanadi. «Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shundaki, barcha fuqarolar ham muomala layoqatiga ega bo`lavermaydi. Muomala layoqatiga ega bo`lish sharti shundan iboratki, muomala layokatiga ega bo`lgan fuqarolar aqli rasolik bilan o`z harakatlarining oqibatlarini tushunib, harakat qiladilar»[4].
Fuqarolarning to`la muomala layoqati 18 yoshga to`lishlari bilan boshlanadi.
Qonunda belgilangan asoslar mavjud bo`lganda fuqarolar 18 yoshga yetmasdan avval ham to`la muomala layoqaTiga yetgan deb hisoblanishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida belgilangan qoidalar bunga misol bo`la oladi. Mamlakatimizda nikohyoshi - o`gal bolalar uchun 18, qiz bolalar uchun 17 yosh belgilangan. Ammo uzrli sabablar mavjud bo`lganda nikoh yoshini hokimiyat bir yoshga qisqartirib nikoh tuzishga ruxsat etishi mumkin. Bunday holda nikohlanayotganlar qonunda belgilanganidek nikoh yoshiga yetmay ham nikoh tuzadilar, Shu bilan ular to`la muomala layoqatiga ega hisoblanadilar.
Bundan tashqari fuqarolik qonunchiligi bo`yicha fuqarolar 18 yoshga yetmasdan avval ham to`la muomala layoqatiga ega deb hisoblanishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksyning 28-modsasida belgilanganidek, o`n olti yoshga to`lgan voyaga yetmagan shaxs mexnat shartnomasi, shu jumladan kontrakt bo`yicha ishlayotgan bo`lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan bo`lsa, u to`la muomalaga layoqatli deb e`lon qilinishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni to`la muomalaga layoqatli deb e`lon qilish ota-onaning, farzandlikka oluvchining yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud bunday rozilik bo`lmagan taqsirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona farzandlikka oluvchilar va homiy emakskpatsiya qshshngan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo`yicha, xususan u yetkachgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo`yicha javobgar bo`lmaydilar.
Ьa`zan tadbirkorlik munosabatida ishtirok etishi lozim b)`lgan ayrim fuqarolar, garchi to`la muomala layoqati yoshiga yepan bo`lsalar ham, aqliy yoki ruhiy kasalligi sababli sud yumoiidan muomalaga layoqatsiz deb topiladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar xususiy tadbirkor bo`lib shurullana olmaydilar. Bordi-yu, ular bilan bitim tuzilgan bo`lsa, muglaqo haqiqiy emas deb topiladi. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo`lgan fuqaro — yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. Yakka tartibdagi tadbirkorga davlat ro`yxatidan o`tkazilganidan va bu haqda guvohnoma berilganidan boshlab o`z faoliyatini amalga oshirishga hakli.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan biri shaxslar guruhining tadbirkorligi (birgaliqsagi tadbirkorlik)dir. Birgalikdagi tadbirkorlik esa yuridik shaxs tuzmasday tadbirkorlik bilan shurullanadigan fuqarolarning uyushmasidir. Bunday tadbirkorlik: er-xotinning oilaviy tadbirkorligi, yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo`jaligy, oddiy shirkat shaklida olib boriladigan faoliyatdir. Bu xildagi tadbirkorlik shakllarini amalga oshirish faqat fuqarolarning mulki asosida iqtisodiy faoliyat yurgizishga asoslayadi. Birgalikdagi tadbirkorlikning afzalliktomoni shundaki, unga birlashgan fuqarolar faoliyati fakat bir maqsadga, xususan foyda olishni jamoa asosida tashkil etishga qaratilgan bo`ladi.


Download 51.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling