O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti talabasi norbo’tayev sirojiddinning kurs ishi mavzu: O’lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi


Dastlabki etnografik ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar


Download 124 Kb.
bet4/5
Sana30.01.2023
Hajmi124 Kb.
#1141031
1   2   3   4   5
Bog'liq
sirojiddin kurs ishi to\'liq

4.Dastlabki etnografik ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar
Etnografiya xalqlar haqidagi fan bo`lib, u xalqni o`rganuvchi, ta`riflovchi fan yoki xalqshunoslik fani deb ham yuritiladi. etnografiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, “Etnos” – xalq, “Grafos”- ta`rif degan ma`noni anglatadi.Etnografiya – dunyo xalqlarining madaniyatini, maishiy hayotini, kelib chiqishi va madaniyat tarixini, o`zaro aloqa va munosabatlarini o`rganuvchi tarixiy fandir.Etnografiya tarixiy fanlar, ayniqsa,arxeologiya, antropologiya,geografiya va tilshunoslik bilan bevosita bog’liqdir.Bundan tashqari,u yozma manbalar,geografik hujjatlar,moddiy va maishiy materiallardan ham foydalanadi.Mana shu hususiyatlari bilan etnografiya boshqa fanlardan farq qiladi.Inson aql - zakovati va qo`li bilan yaratilgan hamma narsa madaniyat etnografiyasidir.Madaniyat ham o`z navbatida ikkiga bo`linadi:

  1. Moddiy madaniyat

  2. Ma`naviy madaniyat.

Etnografiya faqat moddiy madaniyat bilan ma`naviy madaniyat o`rtasidagi asosiy farqlarnigina o`rganib qolmay,balki ular o`rtasidagi o`xshashlik,umumiy qonuniyatlarni ham o`rganadi3.Bu qonuniyatlarni tadqiq qilish esa, insoniyatning umumiy tarixiy taraqqiyoti qonunlarini bilish imkoniyatini beradi. etnograflar oldida turgan keng va xilma-xil masalalar etnografiya fanini boshqa yaqin fan sohalari bilan uzviy bog’labgina qolmay,uning o`zini ham,bir qator ixtisoslarga bo`lib yubordi.Odatda etnografiya ayrim qit`alar, mamlakatlar yoki xalqlarga qarab, urf-odatlari haqida ma`lumot beradi.O`zbek xalqining kelib chiqishi haqida har xil chalkash fikrlar ilgari surib kelinayotgan edi. qachonki, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, bu murakkab, chalkash masalani echimiga keng va haqiqiy baho berish imkoniyati paydo bo`ldi. Sobiq sovet davrida ayrim tadqiqotchilar o`zbek xalqining kelib chiqish tarixini Shayboniylar davri bilan bog’laydilar. Ma`lumki, Dashti Qipchoqda tashkil topgan Oq o`rda va Shaybon ulusida, ya`ni Sirdaryo, Orol dengizi va Volga bo’ylari oralig’idagi keng xududda ko`chib yurgan, XIV asrning o`rtalaridan boshlab o`zbeklar deb yuritilayotgan turk-mug’ul qabilalari bilan bog’lab noto`g’ri xulosaga kelindi.
Masalan, S.A. Tokarevaning «Osnova etnografii» (M.1968) va I. Jabborovning «O`zbek xalq etnografiyasi» («Fan» nashriyoti), asarlarida shu fikr ilgari suriladi.S.L. Tolstov, A.YU. Yakubovskiy, YA.Gulomov, M.G. Vaxobov va boshqalar o`zbek xalqining boshlang’ich yadrosi O`rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi sug’diylar, xorazmiylar, sak qabilalari va urug’-aymog’larini unutgan, keyinroq ko`chmanchilikdan dehqonchilikka o`tib turkiy tilda so`zlashuvchi chigil, qarluq, yag’mo, arg’un kabi guruhlardan iborat ekanligini, o`zbek elatining shakllanishi asosan XI-XII asrlarda tugaganligini va XVI asr boshlarida paydo bo`lgan ko`chmanchi shayboniy o`zbeklarning o`zbek xalqi qadimgi yadrosiga aralashib ketib, faqat o`z nominigina berganligini kuchli dalillar, raqam va materiallar bilan isbotlab berganlar. qadimgi Turon erlarida yashagan o`troq dehqon va ko`chmanchi chorvador aholining asrlar davomida yaqindan olib borgan iqtisodiy va etnik aloqalari natijasida bu hududda dastavval qadimiy yozma manbalarda Sug’d, Xorazm, Parkana, Shak va Toxar nomlari ostida tilga olingan qator voha xalqlari tashkil topadi.Miloddan avvalgi 1-ming -yillik o`rtalarida turkiy qabilalarning janub tomon boshlagan siljishlari milod bo`sag’asida yuechji va xunnlarning kirib kelishi bilan yanada kuchaydi.
O`ZFAning Tarix va Arxeologiya institutlari tomonidan olib borilgan ko`p -yillik samarali tadqiqotlar natijasida o`zbeklarning ajdodlari qadimdan o`troq, yirik sug’orish ishlariga asoslangan dehqonchilikka, mustaqil, o`ziga xos yuksak madaniyatga ega bo`lganligi isbotlandi. Bu holat O`rta Osiyo xalqlari go’yo tarixiy xalq emas, ularning madaniyati Eron va boshqa mamlakatlarni madaniyatiga tobe degan har xil da`volarni fosh qildi va puchga chiqardi. Chirchiqrabod, Botishmulla, Qo’yqirilganqal`a, Tuproqqal`a kabi yodgorliklardan qazib topilgan ajoyib arxitektura, san`at va yozuv durdonalari, Bolaliktepa va Panjikentdan kashf etilgan har xil marosimlarni tasvirlovchi rang-barang rasmlar va Varaxshaning go`zal bezaklari, antik davrda qurilgan hashamatli shahar va qal`alar, dabdabali sug’orish inshootlari, bepoyon ekinzorlar o`zbek va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining uzoq o`tmishda nihoyatda zo`r iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ega ekanligini yaqqol ko`rsatib turibdi. VII – VIII asrlarda turkiy aholining katta qismi Ettisuv, Shosh hamda Farg’ona vodiylarida, kamroq qismi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida yashar edi. Ular turkiylar tilini qabul qilgan tub joy aholidan hamda bu yerga kelib o`rnashgan ko`pgina turli qabila va urug’lardan iborat edi. Ayrim sug’diy hujjatlarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, turkiy aholi o`rnashgan bu o`lka VII asrdan boshlab Turkiston nomi bilan atala boshlangan. Ayni zamonda Ettisuvda o`rnashib qolgan sug’diylarning soni ham anchagina edi. Ular bu yerga asosan xalqaro savdoning kengayishi va bu savdodan manfaatdor So`g’dning V-VII asrlarda olib borgan harbiy yurishlari oqibatida kelib qolgan edilar. So`g’diylarning savdo va hunarmandchilik manzillari (qasabalari) Talos va Chu vodiylarida, Chimkentdan to Buyuk Xitoy devorigacha bo`lgan yerlarda joylashgan edi.Uzoq asrlar davomida shakllanib kelgan yuqori darajadagi madaniy zamin bo`lmaganida, ilk feodalizm davrida va IX-XII asrlarda vatanimiz zamini jahonga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy kabi fanning ko`p sohalarini mukammal egallagan ulug’vor siymolarni etkazib berishi mumkin emas edi. Mahmud qoshg’ariyning «Devoni lug’otit-turk» nomli noyob asarida o`zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gapiruvchi ajdodlaridan biri bo`lgan chigil qabilalari Iskandar Zulqarnayn yurish qilgan davrdayoq ko`p nufuzli etnografik guruhlardan hisoblangani haqida ma`lumot beradi.XI asrning yetuk shoiri va olimi Yusuf Xos Xojib tomonidan yaratilgan o`z davrining zo`r badiiy asari hisoblangan «Qutadg’u bilik»ning ana shu chigil qabilalari tili asosida yozilganini va bunday ajoyib asar agar uzoq asrlar davomida iqtisodiy, madaniy birlik negizida dunyoga kelgan umumiy bir til bo`lmagan holda, paydo bo`la olmasligini ham e`tiborga olsak, u vaqtda o`zbek xalqining tili nihoyatda uzoq tarixga ega ekanligiga ishonchimiz komil bo`ladi. Mahmud Qoshg’ariyning aytishicha, ilk o`rta asrlarda ham turkcha ham sug’diycha so`zlaydigan, ya`ni ikki tili bo`lgan va faqat turkcha gapiradigan kishilarning juda ko`pligini, lekin faqat sug’dcha so`zlaydigan kishilarning mutlaqo yo`qligini hamda turkiy tillar eski tillarni siqib chiqarganligini aytadi. Demak, o`zbek xalqi eramizdan avvalroq, muayyan bir hududda o`ziga xos moddiy va ma`naviy birlik yaratib, asta-sekin til jihatidan ham umumiylikka erisha boshlagan. Natijada XI-XII asrlarga kelib, o`zbek xalqi asosan shakllanadi. O`zbek xalqining ajdodlari to`g’risidagi ma`lumotlar jada ko`p manbalarda uchraydi. qadimgi xorazmiylar, so`g’diylar, sak va massagetlar haqidagi ma`lumotlar antik davr mualliflari-miletlik Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian va Ptolomey asarlarida, qadimgi forsiy yozuvlar va muqaddas kitob-«Avesto»da mavjud. Eramizdan oldingi II asrlarda yashagan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyanning Dovon va qang’ davlatlari haqida qoldirgan ba`zi ma`lumotlari ham etnografik jihatdan diqqatga sazovor. Arab istilosidan keyingi asrlarga oid etnografik ma`lumotlar mahalliy va arab sayyohlarining asarlarida mavjud. IX-XII asr mualliflaridan Ibn Xurdadbeh al-Balxiy, al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas`udiy Yoqut singari yirik geograf va sayohatchilar, mahalliy mualliflardan faylasuf, musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, etnograf, geograf, tarixchi olim Abu Sa`d Abdulkarim ibn Muhammad Sam`oniy hamda noma`lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli asarlarda O`zbekiston hududida o`sha davrda yashagan aholi to`g’risida ba`zi etnografik lavhalar keltirilgan.
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda o`lkamiz yirik madaniyat markaziga aylandi va uning boshqa mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalari kuchaydi. Bu davrga oid qiziqarli ba`zi etnografik ma`lumotlarni ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning asarlarida, Nizomiddin Shomiy,. Abdurazzoq Samarqandiy kitoblarida uchratish mumkin. Yirik davlat arbobi, shoir Z.M.Boburning «Boburnoma» asarida ham muhim etnografik ma`lumotlar ko`plab keltiriladi. XVI asr boshlaridagi ko`chmanchi o`zbeklarning etnik tarkibi, joylashgan hududi,turmushi va urf-odatlari haqida Ma`sud ibn Ko`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy»,Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» va Fazlulloh Ro`zbexonning «Mehmonnomai Buxoro» nomli asarlarida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.Binoiyning «Shayboniynoma» asari 1450-1505 -yillar ichida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni qisqa va aniq bayon etgan.U muhim geografik ma`lumotlar, ya`ni Sirdaryoning o`rta oqimida joylashgan Sayram, Sig’noq, Arquq, O`tror, Turkiston, O`zgan, Oqqo`rg’on va Xorazmga tobe shaharlardan Urganch, Buldumsoz, Adoq va boshqalar haqida ham ma`lumotlar beradi. Markaziy Osiyoning XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlaridagi tarixini o`rganishda Ro`zbexonning «Mehmonnomai Buxoro» asari zo`r qimmatga ega. Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Dashti qipchoq, Turkiston va qozoq ulusining geografik holati, o`zbek va qozoqlarning kelib chiqishi, etnik tarkibi, turish-turmushi, urf-odati, shuningdek, zodagonlarning xo`jalikda qul mehnatidan foydalanish usullari haqida benihoya qimmatli ma`lumotlar uchraydi.
O`rta Osiyo hududida o`zbek xonliklari paydo bo`lganidan keyin, markazlashgan Rus davlati bilan muntazam ravishda savdo-sotiq, diplomatik munosabatlar o`rnatila boshlanadi. Bu an`anani Angliya savdo kompaniyasining vakili Antoni Jenkinson boshlab berdi. U o`z maqsadiga erisha olmagan bo`lsada, bu o`lkalar haqida anchagina ma`lumotlar to`plab bordi. Buxoroga rus elchisi bo`lib kelgan Florio Beneveni Xivaga borib, bu mamlakat to`g’risida qimmatli goegrafik ma`lumotlar qo`lga kiritgan. Ko`hna Xorazm aholisining XVIII asr o`rtalaridagi turmushi to`g’risidagi muhim etnografik ma`lumotlarni 1740-1743 -yillarda tashkillashtirilgan Dmitriy Gladishev va Ivan Muravin boshchiligidagi Orol dengizi va Xiva ekspeditsiyasi hamda 1753 -yilda Samara savdogari Danil Rukavkinning Xivaga qilgan sayohati davrida to`plangan materiallardan olish mumkin. 1774 -yilda Orenburg cho`llarida qozoqlar tomonidan asirga olingan rus unter-ofitseri Filipp Efremov asirlikdan qochib, qo`qon, Marg’ilon, Qoshg’ar, Yorkent, Tibet, Hindiston va Angliya orqali 1782-yilda Rossiyaga qaytib boradi va ko`rgan bilganlarini yozib qoldiradi.1781 -yilda Buxoroga elchi bo`lib kelgan Bekchurin va 1794-1798-yillarda Buxoroga sayohat qilgan T. Burnashevning hikoyalarida ham ma`lumotlar keltirilgan. Shu davrdagi Xiva xonligiga oid tarixiy va etnografik ma`lumotlar xonning taklifi bilan Xorazmga kelgan mashhur ko`z doktori, mayor Blankelagelning yozib qoldirgan xotiralarida ham mavjud. O`zbek xalq etnografiyasiga oid materiallar to`plash davri XIX asrda boshlanadi. XIX asrning birinchi yarmidan N.N.Muravyov, A.F.Negri, N.V.Xanikov, P.I.Danilevskiylar xotiralari o`lkamiz xalqlari etnografiyasini o`rganishdagi dastlabki ilmiy qadamlar bo`ldi. N.N. Muravyov o`z taassurotlarini asar qilib chiqaradi.N.N. Muravyov asarining ba`zi boblarida bevosita o`zbeklarning tabiati, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari, ma`rifati, kiyim-kechagi, uy-ro`zg’orlari, urug’-aymoqchiligi kabi sof etnografik ma`lumotlar keltirilgan.Uning aytishicha,Buxoro tomondan kelgan o`zbeklar asosan 4 toifadan: qiyot–qo`ng’irot,uyg’ur-nayman, qang’li-qipchoq, nukus-mang’itlardan iborat. Har bir toifa mustaqil hokim-inoqga ega, ularning eng kattasi qiyot-qo`ng’irot inoqidir. 1820 -yilda Buxoroga jo`natilgan A.F. Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan E.A.Eversman, X.Pander, P.Yakovlev, Budrin va polkovnik Meyendorflarning kitob va xotiralari boy tarixiy etnografik ma`lumotlarga ega. G. Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligining geografik o`rni, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat tuzilishi va aholisi, mashg’ulotlari, qishloq xo`jaligi, sug’orish sistemasi, hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Bu sohada, ayniqsa, 1833-1841 -yillarda Orenburg gubernatorining maxsus topshirig’iga binoan ishlagan V.M.Dollning bergan ma`lumotlari diqqatga sazovordir. 1840-1850 -yillar ichida Markaziy Osiyo etnografiyasini ilmiy jihatdan o`rganishda aka-uka Nikolay va Yakov Xanikovlarning xizmati katta bo`lgan. Yakov Xanikovning 1851 -yilda nashr qilingan «Orol dengizi va Xiva xonligi xaritasiga muhokama» asarida etnografiyaga alohida e`tibor berilgan. N.Xanikov 1843 -yilda Buxoro xonligi haqida ilmiy asarni nashr qildirishga muyassar bo`ladi. Etnografiyaga oid muhim ma`lumotlar 1843 -yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya tarkibida kelgan polkovnik G.N. Danilevskiy asarlarida ham uchraydi. 1858 -yilda N.L. Ignatev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatik missiya ham ancha samarali ish olib borgan. Turk tillarini yaxshi bilgan, mashhur mojar sharqshunos olimi Xerman Vamberi 1863 -yili darvesh libosini kiyib, savdo karvoni bilan Xiva. Buxoro, Samarqand va boshqa O`rta Sharq mamlakatlariga sayohat qildi. Sayyohning bu o`lkalar haqida yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan, o`zbek xalqi etnografiyasiga oid qiziqarli ma`lumotlar bor. U o`zbek urug’lari haqida gapirib, birinchi bo`lib o`zbek so`zining kelib chiqishi haqida mulohaza yuritadi. Volga bilan Orol dengizi orasida yashovchi turk-mug’ul qabilalarida Jo`ji sulolasining to`qqizinchi hukmdori bo`lgan O`zbekxon ismiga nisbat berib, o`zlariga bir siyosiy qo`shma nom, o`zbek nomi bilan qabul qilganlar, deb yozadi. U 32 o`zbek qabilalarining ro`yxatini beradi. Ularning kiyim-kechaklari, taomlari, o`yin va musiqa asboblari, urf-odatlari va diniy marosimlari to`g’risida hikoya qiladi. XVI-XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan davr ichida mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarda ham ba`zi bir muhim etnografik lavhalar bor. Iste`dodli shoir va musiqashunos Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asari Markaziy Osiyo, shuningdek, qisman Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Asar etnografik ma`lumotlarga ham boydir. O`zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’ va qabilalar to`g’risida ma`lumot beriladi. Abulg’ozining chet tillarga tarjima qilingan «Shajarai Turk» va «Shajarai Tarokima» kabi asarlari ham qimmatli manbadir. Mashhur o`zbek tarixchilari Shermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylarning «Firdavs-ul-iqbol»; Riyoz-ut–davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davla», «Shamsul-iqbol», «Shajarai Xorazmshohiy» kabi asarlarida XVII asrning II yarmidan to XX asr boshlarigacha Xorazm va qo`shni hududlarida ro’y bergan tarixiy voqealar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. O`zining boy mazmuni, iqtisodiy, ijtimoiy ma`lumotlarining ko`pligi va rang-barangligi bilan ajralib turgan bu tarixiy asarlar o`sha davrdagi o`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish uchun muhim manba bo`la oladi. O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish bilan shug’ullangan M.P. Ostroumov, M.S.Likoshin singari tadqiqotchilar mustamlakachilik ma`murlarning xizmatchilari bo`lib, o`z asarlarida chorizmning mustamlakachilik siyosatini targ’ib qildilar. Ularning asarlarida o`zbek jamoalarining turmushi, madaniy hayotiga doir faktlarga asoslangan bir qancha diqqatga sazovor materiallar uchraydi.
A.P. Fedchenko ham o`z rafiqasi bilan birga, o`zbek xalq etnografiyasiga oid juda ko`p ma`lumotlar to`plagan va «qo`qon xonlari» asarini yozgan. etnografiya materiallarini keng ommaga etkazish va ularni saqlab qolishda ilmiy jurnallar, statistik boshqarmalarning to`plamlari hamda «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining xizmatlari katta bo`ldi. Shunday qilib, XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida o`zbek etnografiyasini o`rganishda ilmiy jihatdan diqqatga sazovor bir qancha ishlar yaratilib, tadqiqotchi olim va o`lkashunoslar safi kengaydi. Ular o`z asarlarida o`zbek va boshqa Osiyo xalqlari ma`naviy-ma`rifiy turmushining xususiyatlari, urf-odatlari, urug’-aymog’lari va qabilachilik tuzumi, diniy e`tiqodlari va boshqa etnografik xususiyatlarini ta`riflash bilan birga, ularning ma`nosini ilmiy jihatdan sharxlashga intilganlar, lekin o`z davrining hukmron ideallari ta`sirida bo`lgan bu tadqiqotlar bir muncha nuqsonlardan xoli emas, albatta. Ijtimoiy masalalarni sharhlashda tadqiqotchilarning ojizligi, sub`ektida irqiy konsessiyalarning hukm surganligi, ularning ko`p asarlarida ham o`z asosini topgan. 1918 -yilda tashkil qilingan Turkiston xalq universitetida o`zbek etnografiyasidan maxsus kursning o`qitila boshlanishi Turkiston hududida etnografik tadqiqotlar o`tkazishga katta e`tibor berilganligidan dalolat beradi.XX asr 30--yillariga kelib atoqli olimlardan S.P.Tolstov va L.P.Potopovlar o`zbek xalqlarining etnografiyasini o`rganish ishlarini jonlantirib yubordilar.
Xorazmda chorak asrdan ham ko`p vaqt ish olib borgan S.P. Tolstov rahbarligidagi arxeolog-etnograflarning kompleks ekspeditsiyasi O`zbekiston xalqlarining turmush va madaniyatini o`rganishda yangi saxifa ochdi. Bu ekspeditsiya, asosan qadimgi Xorazm madaniyati yodgorliklarini o`rganish bilan birga Xorazm voxasidagi o`zbeklarning etnografiyasini ham tekshirdi. II jahon urushidan keyingi davrda ekspeditsiya tarkibida ikki o`zbek etnografiya otryadi tuzildi. Ular shimoliy o`zbeklar etnografiyasi va janubiy o`zbeklar etnografiyasi otryadi edi. Xorazm ekspeditsiyasi O`zbekiston hududida yashovchi, lekin inqilobdan ilgari butunlay unutilib ketgan qoraqalpoq xalqlarini o`rganish sohasida ham katta ishlar kildi. ekspeditsiyaning Qoraqalpog’iston otryadiga atoqli etnograf T.A.Jdanko rahbarlik qildi. Bu olim qoraqalpoqlarning tarixiy etnografiyasiga bag’ishlangan ajoyib asar yozdi.Otryadda mahalliy etnograflardan S.Kamolov,Pusbergenov va Shelikenovlar ishtirok etdilar. Atoqli tarixchi-etnograflar A.Yu.Yakubovskiy, A.A..Semyonov va P.P. Ivanovlar o`zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarkibi masalalariga o`zlarining chuqur mazmunli asarlarida keng o`rin berganlar. Bu muhim masalalarni yoritishda R.G. Muqminova va B.A. Axmedovlar ham ma`lum hissa qo`shganlar. Tarix va arxeologiya sohasida qilingan ilmiy ishlardan keng foydalangan M. Vahobov o`zbek xalqi etnografiyasiga oid asarni yaratdi. Milliy masala har doim dolzarb bo`lib kelgan. Har bir xalqning milliy shakllanishi, etnik umumiyligi va xususiyatlari, o`zaro yaqinlashuvi kabi masalalarni chuqur tushunish uchun ayrim etnografik guruhlarni har tomonlama o`rganish zarur.
O`zbeklarning ayrim qabila va urug’larini tadqiq qilishda etnograflardan V.G.Mashkova, K.L.Zadixina, K. Shoniyozov, T, Fayzievlarning ilmiy ishlari diqqatga sazovor.O`zbekiston tarixiga oid ko`p tomli yirik ilmiy asarni etnografiyaga bag’ishlangan bo`limlari fanning so`nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqotchilar tomonidan yozilgan «Jahon xalqlari» seriyasida bosilib chiqqan ikki tomli «O`rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari» nomli monumental ilmiy asar deyarli butun etnografik tadqiqotlarining yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan. Asarning «O`zbeklar» nomli bobini yozish va tahrir qilishda mahalliy etnograflardan O.A. Suxareva, M.A. Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar qatnashgan. O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng yangi bosqichga ko`tarildi. Endilikda o`zbek etnograflari oldida insoniyatning porloq kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`lka tarixiga e`tiborli va muhabbatli bo`lish kabi his-tuyg’ularni singdirish mas`uliyat turibdi.
Har bir xalqning moddiy madaniyati uning turar joyi, uyi va y jihozlari, kiyim – kechaklari va bezaklari, taomlari va uy- ro’zg’or buyumlari bilan blgilanadi. Asosan tabiiy geografik sharoiti va iqlim ta’sirida milliy ruhiyat va xarakterni ifodalovchi moddiy madaniyat na’munalari uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Masalan, uy ro’zg’or tipologiyasi, qurulish materiallari va konstruksiyasi, ichki planirovkasi, o’chog’i va uni o’rnatish qonun- qoidasi , uydagi buyumlarning xillari va jihozlanish kabilar nafaqat ayrim xalqlarda , balki bir xalqning oz’ ichidagi ayrim etnografik guruhlarda ham farqlangan.
O’zbekistonda shahar va qishloqlar eramizdan avvalgi I mingyillik boshlarida paydo bo’la boshlagan. Zarushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da, qadimgi sug’d yozuvi va fors manbalarida, makedoniyalik Iskandar davriga oid ma’lumotlarda bu yerda juda ko’p shahar va qishloqlar, qasr va qal’alar mavjudligi to’g’risida xabar qlinadi. Arxeologik kashfiyotlar tufayli aniqlangan o’zbek elidagi shahar va qishloqlar bilan birga ayrim katta- kichik hovlilar, ulardagi boy dekarativ bezaklar va bo’yoqli rasmlar ham diqqatga sazavordir. Salavkiylar va baqtriyaliklar zamonasidagi So’g’diyona, Marg’iyona, Farg’ona va Choch eramizdan avvalgi I ming -yillik oxirida O’zbekiston hududida shaharlar bilan bir qatorda tevarak- atrofi mustahkamlangan qishloq qo’rg’onlari va ayrim dehqonlarning hovlilari borligi aniqlangan. Bunday qo’rg’onlar Qarshi vohasida, Samarqand atrofida, Xorazmda ko’plab uchraydi. Kushon davlati vaqtida shahar madaniyati ancha rivojlangan bo’lib, unda hunarmandchilik va savdo-sotiq katta o’rin tutgan. Bu davrga oid Afrosiyobda, qadimgi Termizda va ayniqsa Ayritom va Xolchayon , Qarshi va Xorazmda (Tuproqqal’a va Bozorqal’a) qazib olingan ko’shk va saroylar me’morchilik va san’at jihatidan g’oyat muhim obidalardan . Masalan, yonda zalning uch tomonidagi 3 metr balandlikda oq ganch bilan suvalgan, devorlarning yuqori qismi esa mahobatli haykaltaroshlik rasmlari bilan to’lgan. To’q qizil rangga bo’yalgan devorlarga oq ganchlar, bargla, so’lqim uzumlar, bir necha erkaklar surati zo’r mahorat bilan solingan. Uch metrli qo panel tepasidagi haykallarning usti mineral bo’yoqlar (qizil, qora rang) bilan bo’yalgan. Ayvonning janub tomonidagi devordan qazib olingan ayol haykalining chehrasi ochiq va keng, oq dubulg’a tagidan uning qalin tutam sochlari ko’rinib turibdi. Eski Termizdagi Qoratepada o’tkazilgan qazishmalar Budda ibodatxonasi me’morchiligini va uning planlashtirilishini aniqlashga imkon beribgina qolmay, balki unda topilgan muhim san’at na’munalari, binoni bezash uchun ishlatilgan buyumlar, oq marmarga o’xshash mergel ohaktoshdan yasalgan me’morchilik ziynatlari ganchdan yasalgan haykal parchalari toshdan ishlangan soyabonlar , tosh qopqoqlar, nilufar va barg tasvirlari, devorlardagi va spool idishdagi yozuvlar qadimiy ajdolarimiz yaratgan moddiy madaniyat yodgorligidan guvohlik beradi. Xorazmda qazib tekshirilgan Tuproqqal’a, Jonbosqal’a, Ayozqal’a kabi shahar xarobalari ilan birga etvarak atrofi qat ko’tarilgan qasrlar, qishloq va qo’rg’onlar, Zarafshon vodiysidagi Kofirqal’a, Qashqadaryo vodiysidagi Avultepa kabi obidalar o’zbek xalqi qadimiy ajdodlari yuksak shahar madaniyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi.

XULOSA
Oʻlkaning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻlka juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻlkaning oʻrni juda katta.
Oʻzbekistonda oʻlka tashkiliy shakliga koʻra 3 turga boʻlinadi: ilmiy (davlat), jamoat va maktab. Ilmiy (davlat) o’lka bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, tabiiy, tarixiy va arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitalari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, maxsus muzeylar xodimlari tomonidan olib boriladi, tadqiqot maʼlumotlari toʻplanadi, topilmalar maxsus muzeylarda koʻrgazmalarga qoʻ-yiladi. Jamoat o’lkasi mahalliy hokimiyatlarning bevosita rahbarligida tegishli joylardagi tabiiy, tarixiy va arxeologik, etn., toponimik va boshqalar tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Maktab o’lkasi umumiy taʼlim maktablarida, geografiya, tarix, botanika, zoologiya, til va adabiyot oʻqituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. Oʻlka tabiati, tarixi, aholisi, xoʻjaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab o’lkasi muzeylarida namoyish etiladi.
Oʻzbekiston hududida o’lka tarixi oʻrta asrlarga borib taqaladi.Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", "AtTafhim", "Mineralogiya", "Saydana" asarlarida oʻlka,jumladan, toponomik o’lkaga oid,Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida geografik, toponimik o’lkaga oid maʼlumotlar juda koʻp.Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari esa o’lkaning mumtoz asari hisoblanadi.Mamlakatimizda oʻlkani har tomonlama oʻrganish 20-asr oʻrtalarida ayniqsa rivojlandi.Bunda oʻlkaning tabiati va tabiiy boyliklarini oʻrganish kengaydi.Chunki bu vaqtda mahalliy tabiiy boyliklar va ulardan xalq xoʻjaligida koʻproq foydalanish vazifasi qoʻ-yilgan edi.



Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling