O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


-mavzu. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish


Download 60.5 Kb.
bet3/6
Sana23.09.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1685839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Cузиш ва уни ўқитиш методикаси(1)

8-mavzu. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish.
Cho‘kish turlari. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
III. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Suvda nafas olish va nafas chiqarishni o‘rgatish
2. Suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari.
3. Suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari.
4. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari.
5. Ko‘krakda kroll usulida suzish texnikasini o‘rgatish.
6. Brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish.
7 Chalqancha usulida suzish texnikasini o‘rgatish.
8. Batterflyay usulida suzish texnikasini o‘rgatish.
9. Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari.
10. Ko‘krakda krol usulida suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
11. Brass usulida suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
12. Batterflyay usulida suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish
13. Chalqancha usulida suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish
14. Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar suzishni turli usul texnikaslarini o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, suzishni tashkil qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling