O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi
II-BOB. C# DASTURLASH TILIDA MATN MUHARRIRLARINI YARATISH
Download 149.67 Kb.
|
Fizika-matematika fakulteti
II-BOB. C# DASTURLASH TILIDA MATN MUHARRIRLARINI YARATISH.2.1. C# dasturlash tili matn muharrirlaridan bloknot dasturini yaratish.Biz Visual Studiada yangi oyna ochish uchun Windows Forms Applicationni tanlaymiz va dasturimizni nomlaymiz. 1-rasm. Windows Forms Application So`ngra Enter tugmasini bosganimizda yangi ishchi oyna ochiladi. 2-rasm. Yangi ishchi oyna Ekranda hosil bo`lgan ishchi oynani o`zimizga kerakli hajmga keltirib olamiz va Menudan MenuStrip komponentini topib, shu komponentdan foydalanib oynaga File va Edit buyruqlarini va yana qo`shimcha yordamchi buyruqlarni kiritamiz. 3-rasm. File va Edit buyruqlari So`ngra TabControl komponentidan foydalanib bloknotimin uchun oq listlar ochib, ochilgan tabPage1 oynamizga sichqonchani olib borib o`ng tomonini chertganimizda oynaga bir necha buyruqlar chiqadi. Ular ichidan RemoveTab buyrug`ini tanlab sichqonchani chap tugmasini bosamiz. Shu ishni ikki marta takrorlaymiz. So`ngra ochgan listimizni oyna bo`ylab surib ekranni shu holga keltiramiz. 4-rasm. RemoveTab buyrug`i 5-rasm. New tugmasiga buyruqlarni kiritish Endi esa biz bloknotimizda yangi list ochish uchun New tugmasiga buyruqlarni kiritishni boshlaymiz. Buning uchun eng avvalo biz kursorni ekrandagi New buyrug`i ustiga olib borib sichqonchani chap tomonini bir marta bosamiz va kursorni ekranning o`ng tomonida joylashgan chaqmoqcha belgiga olib borib bir marta chap tomonini chertamiz va pastdagi hosil bo`lgan buyruqlar orasidan Clikc buyrug`ini topib, uning to`g`risidagi katakchaga ham sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosamiz. So`ngra kursorni New buyrug`I ustiga olib borib ikki marta sichqonchani chap tugmasini bosib ochilgan yangi listlarga buyruqlarni kirita boshlaymiz. Dasturning C# dagi kodi: using System; using System.Collections.Generic; using System.ComponentModel; using System.Data; using System.Drawing; using System.Linq; using System.Text; using System.Threading.Tasks; using System.Windows.Forms; namespace WindowsFormsApplication15 { public partial class Form1 : Form { int count = 1; public Form1() { InitializeComponent(); } private void newToolStripMenuItem_Click(object sender, EventArgs e) { //Bu yerda biz Fileda yangi listlar ochib, listlarga axborot kiritish //uchun buyruqlarni kiritdik. TabPage new1 = new TabPage("new" + count); RichTextBox tb = new RichTextBox(); tb.Dock = DockStyle.Fill; tabControl1.TabPages.Add(new1); new1.Controls.Add(tb); Quyida biz kiritgan buyruqlarimiz orqali Fileda yangi listlar ochish va ularga yozish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Lekin biz bitta buyruqni kiritmadik. Ushbu buyruqni kiritganimizda dasturimizdagi ochilgan birinchi listga ma`lumot yozib, so`ngra yangi list ochsak bo`laveradi: tabControl1.SelectedTab = new1; count++; Endi esa biz Click buyrug`i yordamida Edit tugmachamiz ichida joylashgan Cut(qirqib olish), Copy(nusxalash) va nihoyat Paste(nusxalangan xabarni qaytarish) tugmachalariga buyruqlarni birinma ketin kirita boshlaymiz: } private void cutToolStripMenuItem_Click(object sender, EventArgs e) { // biz ushbu buyruqlarni Cut tugmachasi uchun kiritdik. RichTextBox rtb = null; if (tabControl1.TabCount != 0) { rtb = tabControl1.SelectedTab.Controls[0] as RichTextBox; rtb.Cut(); } } private void copyToolStripMenuItem_Click(object sender, EventArgs e) { //Bu buyruqni Copy tugmachasi uchun kiritdik. RichTextBox rtb = null; if (tabControl1.TabCount != 0) { rtb = tabControl1.SelectedTab.Controls[0] as RichTextBox; rtb.Copy(); } } private void pasteToolStripMenuItem_Click(object sender, EventArgs e) { //Buni esa Paste tugmachasi ishlashi uchun kiritdik. RichTextBox rtb = null; if (tabControl1.TabCount != 0) { rtb = tabControl1.SelectedTab.Controls[0] as RichTextBox; rtb.Paste(); } } } } Endi birinchi listga Mehribonim Onajon deb yozdim va ikkinchi listga buni hozir Copy buyrug`i yordamida nusxalab o`tkazamiz. Bizning keying qiladigon ishimiz ikkinchi listga nusxalab olib o`tgan matnimizdagi Onajon so`zini uchunchi listga qirqib olib o`tamiz. Mana biz yaratayotgan Bloknot dasturimiz tayyor bo`ldi. Ushbu dasturga qo`shimcha buyruqlarni joylashtirsa ham bo`ladi. Download 149.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling