O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni
- Takrorlash uchun savollar
- 3-mavzu. Ma’naviyat falsafasi. Jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti Reja
- Ma’naviyat tushunchasi.
- Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o’zaro ta’siri
Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir» 18 . O’zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: - iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; - davlatning bosh islohotchi ekanligi; - qonun ustuvorligi; - kuchli ijtimoiy himoyalash; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish. O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda. O’zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotining mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir. Oila muammolarini ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos bo’lgan yangi alifboga o’tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Davlatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, ma’naviy etuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday etuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to’g’risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir. Tayanch tushunchalar Jamiyat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy uyushma, davlat, tsivilizatsiya, taraqqiyot, milliy davlatchilik, taraqqiyotning o’zbek modeli, jamiyat tarkibi, fuqarolik jamiyati, oila. Takrorlash uchun savollar 1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? 2. Jamiyatga xos belgilarni sanang. 3. Jamiyatning kelib chiqishi to’g’risidagi qanday nazariyalarni bilasiz? 4. Fuqarolik jamiyati nima? 5. Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyat qanday o’rin tutadi? 7. Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz? ADABIYoTLAR 1. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., «O’zbekiston», 1992. 2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda T., «O’zbekiston», 1999. 3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. – «Fidokor» gazetasi, 2000 yil, 8 iyun. 4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000 5. Falsafa kursining ayrim masalalari (T. Sharipov tahriri ostida). — «Farg’ona», 1994. 6. Falsafa. — T., «Sharq», 1999. 19 Эркаев А. Маънавият – миллат нишони. - Т.: Маънавият, 1999. 12-бет. 20 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. «Ўзбекистон», 1-том, 1996. 80-бет. 3-mavzu. Ma’naviyat falsafasi. Jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti Reja: 1. Ma’naviyat-ijtimoiy hodisa. 2. Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik. 3. Ma’naviyatda axloq va e’tiqod birligi. 4. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. Ma’naviyat tushunchasi. Ma’naviyat o’zbek tilida ko’p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o’rganilgan tushunchalardan biridir. Xuddi shunday fikrni boshqa olimlar ham bayon qiladi: «Ma’naviyat atamasi rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanilishiga qaramasdan, ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil etilmagan va ta’riflanmagan» 19 . Kundalik turmushda ko’p qo’llanadigan bu tushunchaning ilmiy jihatdan deyarli o’rganilmagani g’alati tuyuladi. Lekin bunday holatning ildizlari turli davrlarda unga bo’lgan munosabatda ko’rinadi. Bu munosabat esa, sobiq Ittifoq davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan qarashda edi. Fanda, xususan, falsafada bu tushunchaning kam o’rganilgani, avvalo, shunda namoyon bo’ladiki, juda ko’p falsafiy tizimlarda unga mutlaqo e’tibor berilmagan, ularning asosiy tushunchalari — kategoriyalar silsilasida unga o’rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o’rnini ilg’ay bilmaslik yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rniga e’tibor bermas edi. Shuning uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o’rin ajratilmagan. Sho’rolar davrida falsafa bo’yicha bosilib chiqqan risola va maqolalarda, darslik va o’quv qo’llanmalarida, hattoki falsafiy atamalar lug’atlarida ham bu tushuncha tilga olinmagan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning taraqqiyot rejalari tuzilar ekan, rivojlanishning faqat iqtisodiy jihatlariga emas, ma’naviyat masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu e’tibor faqat nazariya sohasida emas, amaliyotda ham namoyon bo’ldi. «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, — deb yozgan edi Prezident Islom Karimov, — O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir» 20 . Mamlakatimizda ma’naviyat masalalari bo’yicha o’quv rejalari va dasturlar tuzildi, o’rta va oliy o’quv yurtlarida ma’naviyat fani kiritildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilib, barcha viloyat, shahar va tumanlarda uning bo’limlari ochildi. 1999 yilda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuzildi. Bu sohada respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini qayd etish bilan birga, bu tushunchani falsafiy tahlil qilish bo’yicha harakatlar juda sekin amalga oshayotganini ta’kidlash joiz. Mavzu bo’yicha e’lon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to’rtta kitoblar hisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish endi boshlanayapti. Bunday vaziyatning sabablarini esa, bizning nazarimizda, totalitar tuzum qoliplaridan, asoratlaridan hanuzgacha qutula olmayotganimizdan izlash kerak. Biz ham o’zimizda shakllanib qolgan munosabatni keskin o’zgartira olmayapmiz. Boshqa fanlarda bo’lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o’rganish, ko’pincha ularni ifodalaydigan so’zlarning kelib chiqishini aniqlashdan boshlanadi. «Ma’naviyat» so’zining negizida arabcha «ma’ni» so’zi yotadi. «Ma’naviy» so’zi ma’niga aloqadorlikni bildirsa, «ma’naviyat» «ma’naviy» so’zining ko’plikdagi shaklidir. «Ma’naviyat» atamasining negizida ma’no so’zi yotar ekan, uning mazmuni, ko’lami, tarkibini aniqlab olish ma’naviyat atamasini to’laroq anglashga yordam beradi. Ma’no mohiyatning ifodalanish shaklidir. Shu bilan birga, ma’noning ham o’z ifodalanish shakli bor. Bu shakl so’z va ibora, tildir. Ma’no, bir tomondan, mohiyatning shakli bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning o’zi so’z va jumla uchun mazmundir. «Chun g’araz so’zdin erur ma’ni anga», deb yozganida Navoiy xuddi shuni nazarda tutgan edi. Ayni bir mohiyatga turlicha ma’no berilishi faqat fan emas, adabiyot va san’at uchun ham xosdir. Ko’pgina adabiyot va san’at asarlari odamlar, tanqidchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Agar fanda mutaxassislar mohiyatning ko’p ma’noliligidan bir ma’nolilikka qarab harakat qilsalar, san’atda bir shakl yordamida ko’pgina ma’nolarni berish san’atkorning mahoratidan dalolat beradi. «Ma’naviyat» atamasining kelib chiqishiga, uning mohiyati bilan munosabatlariga biroz aniqlik kiritib oldik, deb hisoblasak, navbatdagi vazifa unga yaqin bo’lgan yana bir qator tushuncha va hodisalar bilan umumiy xususiyatlari va tafovutlarini aniqlashdir. 21 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. «Ўзбекистон», 1-том, 1996. 72-бет. «Ma’naviyat» so’zi qanchalik purma’no ekani, uning ko’p qirraliligi to’g’risida Islom Karimov shunday yozadi: «Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng» 21 . Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani «ong» tushunchasidir. Ular o’rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat bo’lishi to’g’risida gap ham yuritib bo’lmaydi. Lekin, bundan «ma’naviyat» va «ong» aynan bir tushuncha, degan xulosa chiqmaydi. Ma’naviyat va ong o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish ong tarkibiga kiruvchi bir qator hodisalar bilan ma’naviyat munosabatini alohida-alohida tahlil qilishga zarurat qoldirmaydi. Shuning uchun ong tushunchasining ko’lamini va mazmunini aniqlab olish zarur. Ijtimoiy ongning turli shakllari, nomidan ham ko’rinib turganidek, shakl vazifasini bajarsa, ularning mazmuni ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va ma’naviyatning mazmuni, deb qabul qilish mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o’z tarkibidagi hodisalarga nisbatan shakl vazifasini bajarishi mumkin. Ong bilan ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni shakl va mazmunga qiyosan aniqlash ma’naviyat mohiyatini o’rganishdagi dastlabki qadam, xolos. Navbatdagi vazifa esa, mazmunga qiyoslanayotgan ma’naviyatning tarkibini aniqlashdir. Bu masalaning muhimligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati ko’p jihatdan uning tarkibiga bog’liq. Shunisi ham borki, ma’naviyat tarkibi, shu tarkibdagi hodisalar salmog’i turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham turli xalq va millatlar o’z milliy ma’naviyatiga ega ekani, aytiladi. Milliy xususiyatlarni o’rganishni milliy ma’naviyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan boshlashning sabablari ham, bizningcha, xuddi shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funktsiyalaridan tashqari uning tarkibiga kiruvchi unsurlardan asosiylari ham sanab o’tilgan. Ular iymon-iroda va vijdon kabilardir. Iymon to’g’risida shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi falsafasiga xos tushuncha bo’lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini topish ancha mushkul. Bu so’z keng ma’noli bo’lib, u o’z ichiga e’tiqod, ishonch, poklik singari axloqiy jihatlardan tashqari, iroda va sadoqat singari ruhiy sifatlarni ham qamrab oladi. Ma’naviyat tarkibi rang-barang va juda boy. Bu tarkibiy qismlarning barchasini tahlil qilish uchun juda ko’p vaqt va kuch talab qilinadi. Bundan tashqari, ma’naviyat tarkibiga kiruvchi ong, tafakkur, san’at, axloq, adabiyot, din, e’tiqod kabi ko’plab tushunchalar falsafa, ruhshunoslik, etika, san’atshunoslik, estetika, adabiyotshunoslik kabi fanlarda tahlil qilingan. Shu bilan birga ma’naviyatning tarkibiy qismlarini alohida-alohida tahlil qilish bu murakkab hodisa to’g’risida to’la tasavvur bera olmaydi. Chunki har qanday butunlik alohida-alohida qismlarning mexanik jamlanmasi emas, balki u ularning o’zaro ta’sirga kirishi natijasida vujudga keladi. Ma’naviyat ham o’z tarkibiga kiruvchi ko’plab unsurlarning o’zaro ta’sirga kirishi oqibatida shakllanadi. Ma’naviyat tarkibidagi muhim bir qatlam bilimlardir. Ma’naviyat bilimlar negizida shakllanadi. Ma’no so’zning mag’zi bo’lgani kabi ilmning mag’zi bilimdir. Insonda yoki jamiyatda bilim qancha ko’p bo’lsa, ma’naviy yuksalish uchun shunchalik mustahkam poydevor yaratilgan bo’ladi. Ammo poydevor o’rnatish uyning bitganini bildirmaganday, bilimlar miqdori ham o’z-o’zidan yuksak ma’naviyatni bildirmaydi. Bilim — ma’naviyatning asosi, xolos. Bilimlarning ma’naviyatga ta’siri shundaki, ular ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, ma’naviyatga qarshi qaratilishi, ma’naviyatga putur etkazishi ham mumkin. Masalan, insoniyatga juda katta ofat keltirgan fashistlar orasida ham juda bilimli, fanlarni yaxshi egallaganlari talaygina edi. Lekin ular o’z bilimlaridan insonlar va ularning ma’naviyatini, hayotini yuksaklikka ko’tarish uchun emas, ularni erga urib chilparchin qilish yo’lida foydalandilar. Ularni bilimdon odam, deyish mumkin, lekin ma’naviyatli insonlar deyish mumkin emas. Aytish mumkinki, ilm va bilim insoniy qadriyatlar va insoniy axloq bilan uyg’unlashgandagina, yuksak ma’naviyatga asos bo’ladi. Yoshlarga bilim berganda, ta’lim jarayonini tarbiya bilan uyg’un olib borish yuksak ma’naviyatni shakllantirishdagi bosh yo’nalishdir. Ma’naviyat tarkibidagi muhim tarkibiy qismlardan biri axloqdir. U tom ma’noda inson bilimlarini, aql-zakovatini, kuch-quvvatini, butun faoliyatini yo’naltiruvchi kuchdir. Aslida axloq faqat xulqni emas, tafakkurni, aqlni va faoliyatni tartibga solibgina qolmay, muayyan tomonga, maqsadga yo’naltirib ham turadi. Kishining xulqi, faoliyati ma’lum axloqiy me’yorlardan chetga chiqsa yoki ulardan quyiroq bo’lsa, bunday shaxs ma’naviyatsiz shaxs hisoblanadi. Kishi xulqini faqat axloq emas, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar kabi hodisalar ham boshqaradi. Ular esa axloq tarkibiga kirmaydilar. Bu hodisalar axloq tarkibiga kirmasa ham, ma’naviyat tarkibida sezilarli o’rin tutadi. Urf-odat, rasm-rusm, an’ana va marosimlarning ma’naviyat bilan o’zaro ta’siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an’ana va marosimlar ma’naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, ilm-fanga, hunar o’rganishga intilish, kattalarga hurmat singari ko’plab an’analar ma’naviyat rivojiga xizmat qiladi. Ayni paytda, ortiqcha isrofgarchiliklar, dabdaba bilan o’tkaziladigan marosimlar millat ma’naviyatiga putur etkazish bilan birga iqtisodga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bir paytlar xalqning iqtisodiy va ma’naviy darajasiga mos bo’lgan marosimlarning ba’zilari vaqt o’tishi, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot tufayli shu xalq rivojiga to’siq bo’lib qolishi mumkin. Ma’naviyat tarkibidagi muhim hodisalardan biri e’tiqoddir. E’tiqod muayyan g’oyaga, ta’limotga bo’lgan qat’iy ishonchni anglatadi. Demak, e’tiqod bo’lishi uchun avvalo, o’sha g’oya, ta’limotning o’zi bo’lishi lozim. G’oya va ta’limotlarda odamlarning, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari aks etadi. Lekin g’oya va ta’limotlarning vujudga kelishi uchun manfaatlarning mavjudligi kifoya emas. Milliy yoki ijtimoiy g’oya vujudga kelishi uchun odamlar o’sha mavjud manfaatlarni anglashlari ham kerak. Manfaatlarni anglash darajasi ham turlicha bo’lishi mumkin. Odamlar va ijtimoiy guruhlar o’z manfaatlarini chuqur anglab etgach, bu manfaatlarni ro’yobga chiqarish yo’llari to’g’risida ham puxta tasavvur hosil qilganlaridan keyingina, milliy yoki ijtimoiy g’oyani yaratish imkoni tug’iladi. Ijtimoiy guruhlar mavjud manfaatlarni to’la anglamagan va ularni ro’yobga chiqarish yo’llari to’g’risida etarli bilimga ega bo’lmagan sharoitda ijtimoiy g’oya yaratilsa, u ko’pchilikning ongiga chuqur kirib bormaydi. Manfaatlarni anglash, ularni ro’yobga chiqarish yo’llari va usullari haqida etarli bilimlar asosida vujudga kelgan ijtimoiy g’oya shu ijtimoiy guruhning har bir a’zosi ongiga qanchalik chuqur singib borsa, shunchalik mustahkam e’tiqod paydo bo’ladi. E’tiqodga tayanmagan va e’tiqodga aylanmagan g’oya quruq safsata bo’lib qoladi. E’tiqod alohida bir fikr yoki xulosaga nisbatan emas, balki odatda, fikrlar va xulosalar tizimi negizida paydo bo’lgan g’oya yoki ta’limotga nisbatan shakllanadi. Siyosiy, diniy, axloqiy e’tiqodlar xuddi shu yo’sinda maydonga keladi. E’tiqod ma’naviyat ustunlaridan biridir. E’tiqodsiz ma’naviyat yuksaklikka ko’tarila olmaydi. Uni yuksaklikka qat’iy ishonch, mustahkam e’tiqodgina eltishi mumkin. E’tiqod muayyan g’oya va mafkuraga oddiy, jo’n ishonish emas, balki u qat’iy, kuchli ishonch natijasida shakllanadi. Kuchli ishonch kuchli his-tuyg’ular ta’sirida voyaga etadi. Insondagi eng kuchli va yuksak tuyg’ulardan biri esa muhabbatdir. Elga, diyorga, xalqqa muhabbat shuning uchun ham e’tiqod tarkibidagi eng muhim qismlardan hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling