O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg
- BO`LIM. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi
6- BO`LIM. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI.
Kurs ishini to`g`ri rasmiylashtirish uning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Kurs ishi kompg’yuter va printer yordamida 80g/m ² qalinlikdagi A4
(210x297 mm) formatli standart oq qog`ozning bir tomonida chop etiladi. Ishning ilova qismidagi jadvallar, illyustratsiyalar A3 (297x420 mm) formatli qog`ozda bo`lishi mumkin. Kurs ishida qoida tarikasida, standart varakda 1,5 kator oralig`ida yozilishi lozim, xar bir bet xoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o`ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo`lishi lozim. Kurs ishi matnini kompg’yuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o`lchamli shriftida yoki shunga o`xshash shriftni ko`llagan xolda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga xavolalar keltirish xar bir saxifaning oxirida ko`rsatilishi tavsiya etiladi. Matnda keltirilgan ba’zi bir fikr yoki ma’lumotlarni kompg’yuter imkoniyatlaridan foydalangan xolda ajratib kursatish mumkin (kursiv, qoraytirish yoki tagiga chizish). Betlarni sahifalash arab sonlari bilan amalga oshiriladi. Kurs ishining barcha betlari muqovadan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Kurs ishining birinchi beti titul varoq hisoblanib unga sahifa raqami qo`yilmaydi lekin kurs ishining umumiy xajmiga kiritiladi. Shuningdek, kurs ishi topshirig`i
20 hamda mundarija saxifalanmaydi. Tartib raqami betning yuqori o`ng tomoniga qo`yiladi. Xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bulishi lozim (15-17 mm). Oxirgi qatorni xat boshidan boshlashga yo`l qo`yilmaydi. Ishdagi tarkibiy qismining oxirgi beti 10 qatordan kam bo`lmasligi kerak. Kurs ishi pereplyot qilingan yoki maxsus papkaga solingan bo`lishi kerak. Kurs ishi kompg’yuter yordamida rasmiylashtiriladi, kafedra bilan kelishilgan holatda muallif tomonidan qo`lyozma shaklida yozilishi mumkin. Kurs ishi matnini terishda yo`l qo`yilgan xatolar oq rangli bo`yoq bilan bilan bo`yash va shu yerning o`zida xato to`g`rilanishi mumkin. Kurs ishining matni ilmiy-publitsistik uslubda yoziladi. Birinchi shaxs tomonidan kurs ishi matnini yozish mumkin emas. Masalan: “...men tahlil qildim...” Ishning matnida quyidagilarga yo`l qo`yilmaydi: so`zlashuv tiliga xos bo`lgan gaplarni qo`llash; qisqartmalarni qo`llash, umumtartibda qabul qilingan qisqartirish qoidalaridan tashqari. Kurs ishini bajarishda oldindan tasdiqlangan kurs ishi topshirg`i va kurs ishini bajarish grafigi bo`lishi kerak ( 2 - ilova). Ilovalar kurs ishi xajmi 1/3 dan oshib ketmasligi kerak. kurs ishining asosiy qismi xajmi 35 betdan oshmasligi lozim.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling