O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi fargona davlat universiteti


Download 1.04 Mb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1036019
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Статистика силлабус 2022 ФАРДУ





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI
TASDIQLANDI”
Farg‘ona davlat universiteti
O’quv ishlari bo’yicha prorektor

______________R.Shukurov


2022 yil “ ” avgust
STATISTIKA”
fanidan
SILLABUS


(Sillabus Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetning 2022 yil “___” avgustdagi
1-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)


Farg‘ona 2022 yil

Fanning nomi

Statistika

Statistika

Yo`nalish

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Fan turi

Majburiy

Majburiy

O`qish davri

2-kurs
3-semestr

2-kurs
4-semestr

Fan kodi


STA2209



STA2209


Fan hajmi

4 kredit

5 kredit

Fanning umumiy soati

270 soat

270 soat

Auditoriya soatlari

36 soat

36 soat

Jumladan:







Ma’ruza

18 soat

18 soat

Amaliy mashg‘ulot

18 soat

18 soat

Mustaqil ta’lim

234 soat

234 soat

Nazorat shakli

ON, YaN

ON, YaN

O ‘qitish shakli

Uzb

Uzb













Dastur mualliflari:

Baltabayeva Malohat Ortiqaliyevna – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

E-mail:

Baltabayeva_67@inbox.ru

Telefon raqami:

+998974152208

Tashkilot:

Farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi.
Manzil: Quvasoy sh., Sufon MFY




Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)

QM1

Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish, moliyaviy korxona, xalqaro iqtisodiy aloqalarda eksport va import qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida davlat statistika va hisobot tizimini umumuslubiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish borasida mamlakatimiz hukumati tomonidan bir qancha qarorlar va qonunlar qabul qilindi. Ularni oliy ta’limning iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar ongiga singdirish hozirgi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada “Statistika” fanining o‘rni va ahamiyati ham alohida e’tiborga loyiqdir.
YUqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu avvalombor oliy ta’limning yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlaridan ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturini xalqaro andozalarga moslashtirib, yanada takomillashtirishni hozirgi kunning dolzarb vazifasi etib qo‘ymoqda.



Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar

1.

“Statistika” fanining predmeti, metodi, maqsadi va vazifalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uyg‘unlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini statistika uslubiyati yordamida o‘rganish masalalari batafsil yoritiladi.
Statistika fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat iqtisodiyot yo‘nalishining 2-kursida o‘qitiladi.
Fanning asosiy vazifalari:
- statistikaning predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bo‘lish;
- statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har tomonlama o‘rganish;
- O‘zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning “Davlat statistikasi haqidagi” Qonundan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish;
- statistik kuzatishning mohiyati, turlari, dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarini o‘rganish;
- statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalashva guruhlash hamda uning natijalarini statistik jadvallarda ifodalay olish;
- taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash;
- statistik ko‘rsatkichlar, ularning tarlari va shakllari, taqqoslash yo‘llari, makro va mikro iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lish;
- tanlanma kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlanmaning reprezentativligini baholash yo‘llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish va yechimlarni olish usullarini egallash;
- bozor hodisalari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun korrelyasion-regression tahlilni qo‘llay olish;
- dinamik qatorlarni tuzish va tahlil qilish uslubiyatini bilish; statistika amaliyotida qo‘llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni ta’minlash hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling