O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


– MAVZU: MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


Download 497.27 Kb.
bet27/33
Sana24.12.2022
Hajmi497.27 Kb.
#1054328
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Stat amaliy mash 2022 lot

15 – MAVZU: MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


Mavzuni o’rganganlik darajasini bilish uchun savollar.
1. Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari.
2. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi.
3. Foydali qazilma boyliklari, suv va gidroenergik resurslarni statistik o’rganish.
4. Milliy boylik elementlarini joriy va o’zgarmas baholarda hisoblash va ular dinamikasini o’rganish.


Milliy boylik statistikasini hisoblash
bo’yicha uslubiy ko’rsatma:

Mamlakat milliy boyligi - inson mehnati tufayli to’plangan nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar va tabiat in’omlarining yig’indisidan tashkil topadi.




O’zbekiston Respublikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. U yaratilish manbi bo’yicha 2 qismdan iborat:

  • milliy mulk - inson mehnati tufayli shu davrgacha to’plangan boyliklar;

  • tabiat in’omlari – tabiiy boyliklar.


Milliy boylik hajmi odatda yil boshi va oxirida quyidagicha aniqlanadi:


MB =TB + KMTYMB + MR




Bunda: MB – milliy boylik;
TR – tabiiy resurslar;
KMTYMB – inson mehnati tufayli yig’ilgan moddiy boyliklari;
MR – moliyaviy resurslar.
Uzoq muddatli aktivlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlari quyidagi koeffitsientlar orqali ifodalanadi va o’rganiladi:

  1. Uzoq muddatli aktivlarning o’sish koeffitsienti;

  2. Uzoq muddatli aktivlarning qo’shimcha o’sish koeffitsienti;

  3. Uzoq muddatli aktivlarning eskirish koeffitsienti;

  4. Uzoq muddatli aktivlarning yaroqlilik koeffitsienti;

  5. Uzoq muddatli aktivlarning safini to’ldirish koeffitsienti;

  6. Uzoq muddatli aktivlarning yangilanish koeffitsienti;

Uzoq muddatli aktivlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini Farg’ona viloyati Avtooyna korxonasining 2009 yildagi “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisoboti” ma’lumotlari asosida hisoblaymiz. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan (shartli).


Asosiy vositalarning holati va harakati to’g’risidagi
2009 yil ko’rsatkichlari

Ko’rsatkich-larning
nomi

Boshlang’ich qiymati, mlrd.so’m

Eskirishi, mlrd.so’m

Qoldiq qiymati, mlrd.so’m

Yil boshiga qoldiq

Kirim

Chiqim

Yil oxiriga qoldiq

Yil boshiga

Yil oxiriga

Yil boshiga

Yil oxiriga

1.Bino,inshoot, uzatish moslamasi

707,4

229,6

23,3

913,7

229,0

265,0

478,4

648,7

2.Mashina va jihozlar

275,0

49,8

32,3

292,5

119,8

112,0

155,2

180,5

3.Transport vositalari

74,4

51,3

2,5

123,2

27,4

29,2

47,0

94,0

4.Ishchi va mahsuldor chorva mollari

1373,7

1027,5

453,9

1947,3

-

-

1373,7

1947,3

5.Boshqa uzoq muddatli aktivlar

64,6

1,4

2,8

63,4

20,2

19,3

44,4

44,1

Jami

2495,1

1359,6

514,8

3340,1

396,4

425,5

2098,7

2914,6



Ushbu jadval ma’lumotlaridan (uzoq muddatli aktivlarning balansidan) foydalanib, uzoq muddatli aktivlarning takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini ko’rib chiqamiz. Uzoq muddatli aktivlarning mutloq o’sishi yil oxirida yil boshiga nisbatan 845 mlrd. so’mni tashkil qilgan: 3340,1 – 2495,1 = + 845 mlrd.so’m.
1.Uzoq muddatli aktivlarning o’sish koeffitsienti:

Demak, o’sish koeffitsienti 133,9% ni tashkil qilgan.
2. Uzoq muddatli aktivlarning qo’shimcha o’sish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich ikki xil usul bilan aniqlanadi:
1)
2)
Demak, uzoq muddatli aktivlar hajmi yil oxirida yil boshiga nisbatan 33,9 % ga oshgan.
3. Uzoq muddatli aktivlarning eskirish koeffitsienti:
Yil boshida:
Yil oxirida:
Birlashma bo’yicha uzoq muddatli aktivlarning eskirish darajasi 3,2 foizga kamaygan, demak fondlar ahvoli yaxshilangan, yaroqlilik darajasi oshgan.


4. Uzoq muddatli aktivlarning yaroqlilik koeffitsienti:
Yil boshida:

Yil oxirida:

Uzoq muddatli aktivlarning yaroqlilik darajasi yil oxirida yil boshiga nisbatan 3,2 foizga oshgan.


5. Uzoq muddatli aktivlar safini to’ldirish koeffitsienti:

Demak, uzoq muddatli aktivlar safi har xil yo’llar bilan 40,7 foizga kengaytirilgan.


6. Uzoq muddatli aktivlarni hisobdan chiqarish koeffitsienti:

Yil davrida har xil yo’llar bilan xo’jalik hisobidan chiqib ketgan fondlar hajmi 20,6 foizni tashkil qiladi.



Download 497.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling