O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi


Download 472.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana02.01.2022
Hajmi472.05 Kb.
#190846
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Jo’rayeva G.

2013-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi: 

-barcha  soliq  turlari  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  oyma-oy  soliq 

hisobotini taqdim etish bekor qilinadi, qo‘shimcha foyda solig‘i bundan mustasno; 

-mikrofirmalar  yillik  statistik  hisobot  taqdim  etadilar,  bunda  statistika 

organlari har chorakda tegishli faoliyat yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha tanlanma 

o‘rganishlar o‘tkazadi. 

Shuningdek,  ushbu  farmon  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasiga quyidagi vazifalar belgilandi: 

 - tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 

uchun  litsenziyalar  va  ruxsatnoma  xarakteridagi  hujjatlarni  olishga  to‘lanadigan 

yig‘imlarning  miqdorlarini  tanqidiy  qayta  ko‘rib  chiqish  hamda  ularning  kamida 

ikki barobar arzonlashtirilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilish; 

-2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik sub’ektlarini statistik, soliq va 

moliyaviy  hisobotlarni  topshirishning  elektron  tizimiga  to‘la  hajmda  bosqichma-




bosqich o‘tkazilishini, shuningdek, 2012-2016 yillar mobaynida ariza beruvchilarga 

arizalarning  o‘tish  jarayonini  interaktiv  kuzatish  imkoniyatini  yaratgan  holda 

litsenziya  va  ruxsatnomalarni  olish  uchun  internet  tarmog‘i  orqali  arizalarni 

berishning elektron shakllari joriy etilishini ta’minlash belgilandi; 

-O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  O‘zbekiston  aloqa  va 

axborotlashtirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy 

muddatda  internet  tarmog‘ida  yagona  veb-sayt  yaratib,  unga  litsenziyalanadigan 

faoliyat  turlari  va  ruxsat  berish  tartib-taomillari  ro‘yxatini,  litsenziya  va 

ruxsatnomalar  olish  uchun  talab  qilinadigan  hujjatlar  to‘g‘risidagi  axborotni, 

shuningdek,  tegishli  faoliyat  turlarini  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  va 

ruxsatnomalar  olgan  tadbirkorlik  sub’ektlari  to‘g‘risidagi  doimo  yangilanib 

turadigan ma’lumotlarni joylashtirish. 




Download 472.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling