O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat
Download 472.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo’rayeva G.
- Bu sahifa navigatsiya:
- PQ-1957-sonli
muddatga ozod etildi.
- 2012 yilning II choragidan boshlab, agar imtiyozlar berilgan xizmat turlarini ko‘rsatishdan tushgan tushum umumiy tushum hajmida 80 va undan yuqori foizni tashkil etsa, foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar mikrofirma va kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi. Хizmat ko’rsatish sohasini YaIMdagi ulushini 2016 yilda 55 foizga yetkazish maqsadida 2013 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013- 2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-1957-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro’yxati (2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarorning 5-ilovasi)ga qo’shimchalar kiritildi. Shu tariqa, 2017 yil 1 yanvargacha quyidagi xizmatlarni ko’rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to’lovidan ozod etildi: • qishloq joylarda ko’rsatiladigan sartaroshlik va go’zallik saloni xizmatlari; • qishloq joylarda ko’rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar; • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kir yuvish bo’yicha korxonalar xizmatlari; • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kiyimni kimyoviy usul bilan tozalash (ximchistka) korxonalari xizmatlari; • qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo’yicha qurilish xizmatlari; • qishloq joylarda yo’l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari; • qishloq joylarda ko’rsatiladigan kompyuter dasturlash bo’yicha (shu jumladan, maslahatga oid) xizmatlar. Mikrofirma va kichik korxonalarga soliq yukini yengillashtirish va ularning mamlakat YaIMdagi ulushini yanada oshirish maqsadida, yagona soliq to’lovi stavkasining pasayishi natijasida xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga ortib borishini ta’minladi.
Download 472.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling