O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Download 472.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana02.01.2022
Hajmi472.05 Kb.
#190846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Jo’rayeva G.

muddatga ozod etildi. 

- 2012 yilning II choragidan boshlab, agar imtiyozlar berilgan xizmat turlarini 

ko‘rsatishdan tushgan tushum umumiy  tushum hajmida 80 va undan yuqori foizni 

tashkil etsa, foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar mikrofirma va 

kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi.  

Хizmat ko’rsatish sohasini YaIMdagi ulushini 2016 yilda 55 foizga yetkazish 

maqsadida  2013  yil  17  aprelda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2013-

2016  yillarda  qishloq  joylarda  xizmat  ko’rsatish  va  servis  sohasini  jadal 

rivojlantirish  yuzasidan  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g‘risida”gi  PQ-1957-sonli 



qarori qabul qilindi.  

Mazkur  qaror  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  17 

apreldagi  PQ-325-sonli  qarori  bilan  belgilangan  soliq  imtiyozlari  tatbiq  etiladigan 

xizmatlar  ro’yxati  (2012  yil  10  maydagi  PQ-1754-sonli  qarorning  5-ilovasi)ga 




qo’shimchalar  kiritildi.  Shu  tariqa,  2017  yil  1  yanvargacha  quyidagi  xizmatlarni 

ko’rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to’lovidan ozod etildi: 

• qishloq joylarda ko’rsatiladigan sartaroshlik va go’zallik saloni xizmatlari;  

• qishloq joylarda ko’rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo’yicha 

xizmatlar;  

•  yakka  tartibdagi  uy-joy  qurilishi  uchun  solinayotgan  qishloq  mavzelarida 

tashkil etilayotgan kir yuvish bo’yicha korxonalar xizmatlari; 

•  yakka  tartibdagi  uy-joy  qurilishi  uchun  solinayotgan  qishloq  mavzelarida 

tashkil  etilayotgan  kiyimni  kimyoviy  usul  bilan  tozalash  (ximchistka)  korxonalari 

xizmatlari; 

• qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo’yicha qurilish xizmatlari;  

• qishloq joylarda yo’l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari; 

•  qishloq  joylarda  ko’rsatiladigan  kompyuter  dasturlash  bo’yicha  (shu 

jumladan, maslahatga oid) xizmatlar. 

Mikrofirma va kichik korxonalarga soliq  yukini  yengillashtirish va ularning 

mamlakat  YaIMdagi  ulushini  yanada  oshirish  maqsadida,  yagona  soliq  to’lovi 

stavkasining pasayishi natijasida xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat yalpi ichki 

mahsulotdagi ulushi yildan yilga ortib borishini ta’minladi.  

 

 

 



 


Download 472.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling