-rasm. Хizmat ko‘rsatish sohasini mamlakat YaIM dagi ulushi % va
yagona soliq to‘lovi stavkasini pasayish tendensiyasi
1
10.7-rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, yagona soliq to’lovi
stavkasi 2005 yilda 13 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu stavka 6 foizni
tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 2,5 barobarga kamaygan. Shuningdek, xizmat
ko’rsatish sohasining mamlakat YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38,4 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 2012 yil yakunlari bo’yicha 52 foizni tashkil etgan yoki 1,4 barobarga
o’sgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh
qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga
oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007 yil 19 sentabrdagi PF-3923-sonli
Farmoniga muvofiq, aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va
kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 2018 yil 1
yanvargacha barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Тa’lim
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi.
Bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar
bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Хalq badiiy hunarmandchiligi va
amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2010 yil 30
martdagi PF-4210-sonli Farmoniga muvofiq, uy sharoitida xalq badiiy
hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka
tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan
soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand”
uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2014 yilning 1
Do'stlaringiz bilan baham: