O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat
-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi
Download 472.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo’rayeva G.
2013-yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartiblar o‘rnatildi:
-barcha soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha oyma-oy soliq hisobotini taqdim etish bekor qilinadi, qo‘shimcha foyda solig‘i bundan mustasno; -mikrofirmalar yillik statistik hisobot taqdim etadilar, bunda statistika organlari har chorakda tegishli faoliyat yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha tanlanma o‘rganishlar o‘tkazadi. Shuningdek, ushbu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi vazifalar belgilandi: - tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlarni olishga to‘lanadigan yig‘imlarning miqdorlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda ularning kamida ikki barobar arzonlashtirilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilish; -2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik sub’ektlarini statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga to‘la hajmda bosqichma- bosqich o‘tkazilishini, shuningdek, 2012-2016 yillar mobaynida ariza beruvchilarga arizalarning o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmog‘i orqali arizalarni berishning elektron shakllari joriy etilishini ta’minlash belgilandi; -O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda internet tarmog‘ida yagona veb-sayt yaratib, unga litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari ro‘yxatini, litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalar olgan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi doimo yangilanib turadigan ma’lumotlarni joylashtirish. Download 472.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling