2. 25 000 000 *5% =1250,0 ming. so‘m yagona soliq to‘lovi summasi
2-masala. «Nur» nomli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kichik
korxona tomonidan 2013 yilda mahsulot sotishdan tushgan tushum miqdori (yalpi
tushum) 32000,0 ming.so‘mni tashkil etgan. Shundan 8000,0 ming.so‘mlik
mahsulotlar eksport qilingan. Berilgan ma’lumotlarga asosan korxonaga yagona
soliq to‘lovini hisoblang.
Yechilishi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-
sonli Qaroriga ko‘ra sanoat sohasidagi korxonalarga yagona soliq to‘lovi stavkasi 5
foiz qilib belgilangan. Shuningdek, mahsulot (tovar) exporti umumiy realizatsiya
hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi,
agar 30 foiz va undan yuqori bo‘lganda belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi
2. Bizning misolda eksportning umumiy realizatsiya hajmidagi ulushi 25 foizni
tashkil etadi va soliq stavkasi 30 foizga kamaytirilgan holda, ya’ni 3,5 foiz
qo‘llaniladi.
8000,0 / 32000,0 *100 =25 % Eksport ulushi.
32000000 *4,5% =1440,0 ming.so‘m yagona soliq to‘lovi summasi
3-masala. Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kichik korxona
tomonidan 2013 yil 1-chorak davomida mahsulot(tovar) realizatsiyasidan kelgan
tushum miqdori (yalpi tushum) 72800,0 ming. so‘mni tashkil etgan. Berilgan
ma’lumotlarga asosan korxonaga yagona soliq to‘lovini hisoblang.
Yechilishi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-
sonli Qaroriga ko‘ra iqtisodiyotning barcha tarmoq korxonalariga yagona soliq
to‘lovi stavkasi 6 foiz qilib belgilangan.
2.
72800,0 *6% =4368,0 ming. so‘m yagona soliq to‘lovi summasi