O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Download 472.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana02.01.2022
Hajmi472.05 Kb.
#190846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jo’rayeva G.

 

 

 


 Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning  

hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi 

 

Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan 



kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 

Yagona  soliq  to‘lovi  quyidagi  formulaga  muvofiq  yalpi  tushumdan 

hisoblanadi: 

 

YaSТS = (YaТ - ChS) x S 

bunda:    YaSТS - yagona soliq to‘lovi summasi;  

       YaТ - yalpi tushum; 

        ChS - yalpi tushumdan chegiriladigan summalar; 

        S - soliq stavkasi. 

Qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  to‘lovchilar  uchun  yagona  soliq  to‘lovi  summasi 

byudjetga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  summasiga,  lekin 

yagona  soliq  to‘lovi  summasining  50  foizidan  ko‘p  bo‘lmagan  miqdorga 

kamaytiriladi. 

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan 

e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat 

solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi. 

Yagona  soliq  to’lovining  hisob-kitobi  soliq  bo’yicha  hisobga  olish  joyidagi 

davlat soliq xizmati  organlariga  ortib boruvchi  yakun bilan  yilning har choragida, 

hisobot  davridan  keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari  bo’yicha 

esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.  

Amaldagi  qonunchilikka  ko‘ra  soliq  solishning  sodalashtirilgan  tartibini 

qo‘llovchi  mikrofirma  va  kichik  korxonalar  tomonidan  Davlat  soliq  xizmati 

organlari  va  statistika  qo‘mitasiga  har  chorakda  buxgalteriya  balansi,    moliyaviy 

natijalar  to‘g‘risidagi  hisobot  va  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlar  haqida 

ma’lumotnomani taqdim etadilar. 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, 

moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-

taomillarini  tubdan  qisqartirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-4453-sonli 

Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi: 

-  2012  yil  III-chorakdan  boshlab,  kichik  korxona  va  mikrofirmalar 

tomonidan  “Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlar  haqida  ma’lumotnoma  (2a-sonli 

shakl)ni”  taqdim  etish  tartibi  bekor  qilindi.  Ushbu  ma’lumotlar  statistikaga 

organlariga  taqdim  etiladigan  Buxgalteriya  balansiga  ilova  qilinadigan  muddati 

o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotda ko‘rish mumkin. 

 -  2013  yil  1  yanvardan  boshlab,  yagona  soliq  to‘lovini  to‘lovchi  barcha 

korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini har chorakda taqdim 

etish tartibi belgilandi.   

Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi: 

mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  tomonidan  -  hisob-kitobni  taqdim  etish 

muddatidan kechiktirmay;  

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar 

tomonidan  -  har  oyda,  keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari 

bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. 

Yuridik  shaxslar  -  O‘zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  tomonidan  O‘zbekiston 

Respublikasidan  tashqarida  olingan  tushum  soliq  to‘lovchining  yalpi  tushumiga 

to‘liq miqdorda qo‘shiladi. 

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi 

O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga  muvofiq  yuridik  shaxslar 

tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasida  yagona  soliq  to‘lovini  to‘lash  chog‘ida 

hisobga olinadi. 

Тo‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet 

elda soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda 

solig‘ining summasini hisobga olish uchun asos bo‘ladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son 

"O‘zbekiston  Respublikasining  2013  yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlari 




prognozi  va  Davlat  byudjeti  parametrlari  to‘g‘risida"gi  qaroriga  va  O‘zbekiston 

Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan  

Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorikiritilishi munosabati bilan yagona soliq 

to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2013 

yildan boshlab yagona soliq to’lovi to’lovchi barcha shaxslar uchun (chakana savdo 

korxonalaridan  tashqari)  yagona  soliq  to’lovining  (keyingi  o‘rinlarda  YaSТ  deb 

yuritiladi) eng kam miqdorini hisoblash uchun yagona baza – ular egallab turgan yer 

uchastkasi maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining 3 karra 

miqdoridagi summasi belgilangan. 

Unga muvofiq, 2011  yilning 1 iyulidan boshlab YAST to’lovchilari YaSTni 

O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksida  belgilangan  tartibda,  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  qarori  bilan  tegishli  yil  uchun  tasdiqlangan  stavkalar 

bo’yicha, lekin eng kam miqdordan - egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib, 

ushbu Nizomning 1-ilovasida ko’rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga 

olgan  holda  hisoblab  chiqarilgan  yer  solig’ining  uch  baravaridan  kam  bo’lmagan 

miqdorda to’laydilar. 

 Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:  

a)  YaSTni  Yagona  soliq  to’lovining  eng  kam  miqdori  kiritilishi  munosabati 

bilan  chakana  savdo  korxonalari  tomonidan  yagona  soliq  to’lovini  hisoblab 

chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 2449, 2013 yil 4 

aprel) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 

tomonidan  to’lanadigan  qat’iy  belgilangan  soliq  miqdoridan  kam  bo’lmagan 

miqdorda to’laydigan chakana savdo korxonalariga;  

b) quyidagi yuridik shaxslarga: 

YAST to’lovchisi bo’lmaganlarga; 

YAST to’lashdan to’liq ozod etilish ko’rinishida imtiyozga ega bo’lganlarga;  

ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilinganlarga nisbatan;  

v) oilaviy korxonalar.  




YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaxslar tomonidan 

mulk  huquqi,  egalik  qilish  huquqi,  foydalanish  huquqi  yoki  ijara  huquqi  asosida 

foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinadi, bundan quyidagilar mustasno: 

O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  280-moddasining  ikkinchi  qismiga 

muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari; 

O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  282-moddasining  ikkinchi  qismiga 

muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari; 

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida 

diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari. 

Yer  uchastkasidan  bir  nechta  yuridik  shaxs  birgalikda  foydalanganda 

YaSTning  eng  kam  miqdori  soliq  to’lovchi  tomonidan  foydalanilayotgan  yer 

uchastkasi maydoniga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan 

yer solig’i summasidan hisoblanadi.  

Agar alohida bino bir nechta yuridik shaxs balansida turgan bo’lsa, YaSTning 

eng  kam  miqdori  soliq  to’lovchi  balansida  turgan  xonalar  maydoniga  mutanosib 

ravishda hisoblab chiqarilgan yer solig’i summasidan kelib chiqib hisoblanadi.  

Agar yuridik shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun binoni yoki 

binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori mazkur yuridik shaxs 

tomonidan  ijaraga  olingan  xonalar  maydonidan  kelib  chiqib  hisoblanadi.  Agar 

yuridik  shaxs  ko’p  qavatli  binoning  bir  qismini  ijaraga  olsa,  YaSTning  eng  kam 

miqdori bino  egallagan umumiy  yer maydoni va mazkur  yuridik shaxs tomonidan 

ijaraga olingan xonalarga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda 

mazkur  yuridik  shaxsga  mazkur  bandning  soliq  solinadigan  bazadan  O’zbekiston 

Respublikasi  Soliq  kodeksi  282-moddasining  ikkinchi  qismiga  muvofiq  soliq 

solinmaydigan  yer  uchastkalarini  chiqarib  tashlash  qismida  amal  qilishi  tatbiq 

etilmaydi. 

YaSTning  eng  kam  miqdori  kiritilishini  hisobga  olgan  holda  YaSTning 

to’lanishi  lozim  bo’lgan  summasini  aniqlash  uchun  to’lovchilar  quyidagilarni 

hisoblab chiqaradilar:  

YaSTning eng kam miqdorini; 




YaSTning hisob-kitob summasini; 

YaSTning qo’shimcha hisoblangan summasini. 

YaSTning eng kam miqdori har chorakda hisoblab chiqariladi va 

quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

 


Download 472.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling