Тurli soliq solish ob’ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari
belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini
to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda
soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona
soliq to‘lovini to‘lashlari kerak. Bunda boshqa daromadlarga asosiy (soha) faoliyat
turi uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.
Lotereya o‘yinlarini tashkil qilish faoliyati bilan birga boshqa faoliyat turlarini
amalga oshiradigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha quyidagilarni
to‘laydi:
-agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirsa - yagona soliq
to‘lovini yoki umumbelgilangan soliqlarni;
-agar ular mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmasa, -
umumbelgilangan soliqlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: