O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti fizika yo’nalishi 2-bosqich 21. 11-guruh talabasi tursunboyeva farmudaxonning fizika o’qitish metodiksi fanidan


Download 131.29 Kb.
bet3/14
Sana25.01.2023
Hajmi131.29 Kb.
#1120347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
FARMUDAXON tayyor 11

Kurs ishining ob’ekti: Maktablarda fizika darsliklarida o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Fizikani o’qitish metodlari va hususiyatlari.
Kurs ishining vazifalari:
- Fizika ta’limi jarayonida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning samaradorlik darajasini aniqlash;
- Namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish.
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirish borasida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarish ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.


I BOB. TOK KUCHI VA TOK ZICHLIGI. ELEKTR TOKINING TA’SIRLARI MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:

Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.
Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:

  • issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;

  • kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);

  • magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);

  • kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);

  • yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.

Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.



Download 131.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling