O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti fizika yo’nalishi 2-bosqich 21. 11-guruh talabasi tursunboyeva farmudaxonning fizika o’qitish metodiksi fanidan
Download 131.29 Kb.
|
FARMUDAXON tayyor 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamchiliklari
Afzalliklari
Ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali. O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi. Vaqtdan unumli foydalanish. Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. Kamchiliklari O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar. O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi. Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmagaligi sababli, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin. Mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi. Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlarining O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi. O’qitish jarayonidagi mavjud an`anaviy ta`lim bilan qurollangan ta`lim muassasalari endilikda o’z oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda. Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko’ra, o’quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy sxemasi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo’lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol ikrlashni hamda bilishni e`tiqodga, e`tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta`minlay olmaydi. Bunday hollarda o’zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo’lmaydi. Haqiqatan ham, an`anaviy ta`lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan`anaviy ta`lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o’rtasidagi farq aniq ko’zga tashlanadi. An`anaviy ta`lim texnologiyalariga asoslangan ma`ruza, seminar, sinov darslarining ta`lim jarayonida tutgan o’rni va qimmatini kamaytirmagan holda, ularni hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llari ustida qayg’urish zarur. Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e`tibor qaratilishi ko’zda tutiladi: Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va va demokratlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. 1. Ta`lim jarayonini demokratlashtirish. O’quvchilarga tanlash huquqini berish. 2. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish. 3. O’quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish. 4. Ma`ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy ta`lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish. Bugungi ta`lim jarayoni pedagogning shaxsga bo’lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg’urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o’zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishi, ta`lim oluvchilarni to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag’batlantirishning usutnligi tufayli ko’zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo’lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo’llashda namoyon bo’lsa, ta`lim jarayonini demokratlashtirish esa o’qituvchi va o’quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o’z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni taqozo etadi. XULOSA Pedagogik fikrlash madaniyatiga pedagogik tahlil va sintez qobiliyatining rivojlanishi, fikrlashdagi tanqidiy kurash, mustakillik, kenglik, epchillik, faollik, tezlik, kuzatuvchanlikning rivojlanishi, pedagogik xotira va boshqalar kiradi. Pedagogik tafakkurning ikkinchi bosqichi - taktikaviy dunyoqarash bo’lib, u o’qituvchiga pedagogik fikrlash, pedagogik jarayonning moddiylashuviga imkon yaratadi. Uchinchi bosqichi umumiy pedagogik konuniyatlarni, real pedagogik faoliyatning unikal hodisasi bo’lib hisoblangan bo’lim-bo’limlarga tadbiq qilishda namoyon bo’ladi. Bu tezkor fikrlashdir. Pedagogik madaniyat tuzilmasida uning odob-ahlok bo’limi muhim o’rin egallaydi. Bu pedagogik ishonch jarayonining shakllanishi, natijasi va o’qituvchining o’z qiziqishlarini ko’proq aniqlash jarayonidir. O’qituvchi, kasbiy muhitdan reloksin jarayonga, o’zining tutgan o’rnini yangilashga faol kirib borishi zarur. Pedagogik madaniyatning kasbiy faoliyatiga bog’liq tashkil etuvchisi pedagog tomonidan o’zining pedagogik qobiliyatlarining barcha spektrini bilib olganligini xarakterlaydi, bu esa pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining nishonasi, pedagogic xatolarning oldini olish va nihoyat, pedagogik qobiliyat usullarini egallanganligidan iborat. Ma’naviy madaniyat yetuk bilimlarning nazariy darajasi holatida shakllanuvchi axloqiy bilimni o’z ichiga oladi. Bu kasbiy pedagogik etikadan iborat. Download 131.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling