Natijalarni ishlash
Q.q. shkalasi kalitga mos tushganda har bir javob 1 ball bilan baholanadi
“Ha” javoblar uchun - 3,4,6, 8-11, 13, 16-19, 21, 23-25, 27-29 va “yo’q” javoblar 1, 2, 5, 7, 12, 14, 15, 20, 22, 26. So’ngra jami ballar qo’shiladi.
R.q. shkalasi har bir “ha” javob uchun 1 ball qo’yiladi – 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 25, 27, 28, 30.
“Yo’q” javoblar uchun - 5, 6, 7, 11, 13, 16, 20, 21, 24, 26, 29.
Jami ballar yig’indisi aniqlanadi.
Xulosalar.
Agar q.q.shkalasi bo’yicha to’plangan ballar yig’indisi p.e.shkalasi bo’yicha to’plangan ballar yig’indisidan yuqori bo’lsa sinaluvchida affiliatsiyaga intilishi ifodalangan hisoblanadi, agar yig’indi kam bo’lsa unda sinaluvchida “rad” etilish motevi ifodalangan bo’ladi. Yig’indilar teng bo’lsa ikkala shkala bo’yicha unda bu qanday darajada (yuqori yoki quyi) namoyon bo’lishini hisobga olish kerak. Agar qabul qilinishga va rad etilishga bo’lgan intilish darajalari yuqori bo’lsa bu sinaluvchida ichki diskomfort, zo’riqish borligidan dalolat beradi, chunki rad etilishdan bo’lgan qo’rquv odamlar orasida bo’lishga ehtiyojni qondirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Topshiriq № 01f.
Maqsad: “Yolg’izlikka moyillik” metodikasi.
Zarur jihozlar: Qog’oz, ruchka.
Ushbu metodika A.E.Mako tomonidan yaratilgan bo’lib, “O’smirlarda xarakter aktsentuatsiyasini aniqlash” (PDO) metodining bir lavhasi hisoblanadi.
Yo’riqnoma
Tasdiqdagi fikrga qo’shilsangiz “+”(ha), qo’shilmasangiz “-” (yo’q) belgisini qo’ying.
So’rovnoma
Mening fikrimcha, har qanday inson jamoadan ajralmasligi kerak.
Yolg’iz qolganimda o’zimni xotirjam his qilaman.
Men yolg’izlikka chidayolmayman va doimo odamlar orasida bo’lishga intilaman.
Bir odamlar orasida bo’lishni, bir yolg’iz qolishni afzal ko’raman.
Yolg’iz qolsam odamlarni sog’inaman. Odamlar orasida esa tez charchab qolib yolg’iz qolishni istayman.
Aksariyat payt men odamlar orasida bo’lishni xohlayman, lekin ba’zida yolg’iz qolgim keladi.
Men yolg’izlikdan qo’rqmayman.
Men yolg’izlikdan qo’rqaman, lekin shunga qaramay ko’pincha yolg’iz qolaman.
Men yolg’izlikni yaxshi ko’raman.
Men yolg’izlikni oson o’tkazaman, agar biron-bir noxushlik bilan bog’liq bo’lmasa.
Natijalarni ishlash.
2,7,9 savollarga ijobiy javob bo’lsa va 1,3,8 savollarga salbiy javob berilsa har bir javob uchun 3 ball; 4,5,6,10 ijobiy javob va 2,7,9 savollarga salbiy javob berilsa 3 balldan olib tashlanadi. Ballar yig’indisi “+” va “-” belgisini hisobga olib aniqlanadi.
Xulosa
Ballar yig’indisining musbati qancha ko’p bo’lsa shuncha sinaluvchini yolg’izlikka moyilligi yuqori ifodalangan bo’ladi. Yig’indi manfiy bo’lsa yolg’izlikka intilish mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |