4. Funktsional iqtisodiy tizimlar va davlat boshqaruvi.
XX asrning ohiri va o`tgan asrning boshlarida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari asosan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida yetarlicha kegaytirildi, Davlat xarajatlari 40- 50% ga yetdi, YaIM ga nisbatan esa bundanda ko`proq. Gap shundaki, nafaqat miqdor krsatkichlarini, balki sifat o`zgarishlariga ham erishildi. Aholini muhtoj qismiga davlat xarajatlari darajasi oshdi (davlatning ijtimoiy-madaniy xarajatlarini oshishi, tadbirkorlik sektoriga e`tiborning oshishi va b.). Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida keyns va monetarizm kabi neoklassik kontseptsiyalaridan zururlari tanlanib foydalanmoqda. Ularning asosida funktsional iqtisodiy tizimlar(FIT) ko`rinishida o`z-o`zini boshqarish mexanizmining keng tizimi shakllantirilmoqda. FIT – bu iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizmida keynschilik, monetarizm va neoklassik kontseptsiyalarning o`ziga xos aralashmasidan iborat. Bunga raqobatmuhitini shakllantirish tizimi, milliy valyutani barqarorligini ta`minlash, ichki narx darajasini qo`llab-quvvatlash, ichki talabni ra`gbatlantirish, tashqi ta`sirlardan himoyalashlar misol bo`la oladi. AQSh misolida, inflyatsiya ta`siri kuchaygan biror-bir bozorda erkin bozorlar bo`yicha federal komissiya vaziyatni taxlil etadi va federal fond stavkalarini va qayta moliyalashtirish stavkalarini o`zgartirish bo`yicha federal zaxira tizimiga tavsiyalar beradi. FIT xo`jalik tarkibiy qismlarini samarali faoliyat yuritishi uchun tanlab olingan bozorinfratuzilmasi elemantlarini birlashtiradi. Jadallik bilan rivojlanayotgan a`loqa vositalari, kommunikatsiya va elektron xisoblash texnikalarini bo`gliqligida FIT larni shakllantirish imkoniyatlarini tu`gildi. FIT larda davlatning roli mutloq o`zgaradi. U xo`jalik tizimining markazida bosh muvofiqlashtiruvchi vazifasini bartaraf etadi. Davlat FIT lar orqali bozor faoliyatiga barqarorlikni quvvatlash va makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlash maqsadidagina aralashadi. Shu bilan birga raqobat mexanizmini ishlashini ta`minlaydi yoki nazorat qilish uchun FIT lardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |