O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti


Download 17.05 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi17.05 Kb.
#267443
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish musiqa tarix[1]

Frantsuz syuitalari.
Bax oltita "frantsuz" va oltita "ingliz" syuitalari yozgan. Syuita bir necha kontrast (bir-biridan farqli) qismlardan tashkil topgan turkum cholg’u asaridir. Frantsuz tilidan tarjima qilinganda "Syuita" so’zi "qator" "ketma-ketlik" degan ma’noni bildiradi.

Bax yashagan davrda syuita bir nechta mustaqil pg’esalar-raqslardan iborat bo’lgan musiqiy asar edi. Syuita asosini to’rtta raqs tashkil qilgan: allemanda, kuranta, sarabanda va jiga. Shuningdek qo’shimcha manuet, gavot va burre kabi qo’shimcha raqslar ham yozilgan. Bax yaratgan har bir syuita qismlarining(raqslarining) mustaqil ekanligiga qaramay yaxlit asar hisoblanadi. Har bir raqs bitta umumiy tonallikda yozilgan va bu narsa syuitani birlashtirib turuvchi omildir. Syuitada kompozitor raqslarni qanday joylashtirganligi ham ahamiyatga ega. O’rtacha va sekin surhatda chalinadigan raqsdan so’ng albatta tez sur’atda ijro etiladigan raqs keladi. Bu qonuniyat ham bir-biridan farqli raqslarni yagona bir asar sifatida birlashtiradi.




Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling