O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti


Download 17.05 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi17.05 Kb.
#267443
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish musiqa tarix[1]


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

San’atshunoslik fakulteti

Musiqa ta’limi” yo’nalishi

Maxsus sirtqi 18-18 guruh talabasi

Abduhalilov Abduraufning

Musiqa tarixi ”



fanidan

mustaqil ishi.

Mavzu: Iogann Cebastyan Bax ijodi.

(1685-1750)
Reja:
1. I.S.Bax-XVIII asrning buyuk kompozitori, klavesin va organ ijrochisi.

2. I.S.Bax ijodiga xarakteristika.


Bayoni:

Iogann Sebastyan Bax–XVIII asrda yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. U vafot etganiga 250 yildan ortdi, ammo uning ijodiga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Afsuski hayoti davomida uning ijodiga e’tibor berilmadi. Saroyda va cherkovda organ ijrochisi, xor rahbari bo’lib ishlashga majbur bo’lgan kompozitordan yuqori jamiyat kishilari doim norozi bo’lgan. Ularga Bax asarlaridagi jiddiylik va chuqur ma’no yoqmasdi. Shuning uchun Baxni zerikarli kompozitor deb hisoblashgan. Cherkov hodimlariga esa Bax musiqasiga xos bo’lgan quvnoqlik va insoniylik yoqmasdi. Chunki ularning fikricha musiqa dahshatli va vahimali bo’lib kishilarga doim oxir zamonni eslatib turishi kerak edi.

Bax ijodiga bo’lgan qiziqish u vafot etganidan yuz yil o’tganidan so’ng boshlandi. Germaniyada uning mukammal asarlari to’plami nashr etildi. Butun dunyodagi sozandalar Bax asarlarini ijro eta boshladilar va bu asarlarning go’zalligiga va yetukligiga tan berdilar. Bax kompozitor bo’lishidan tashqari o’z davrining eng buyuk klavesin va organ ijrochisi ham edi. Germaniyaning bir necha shaharlarida u cherkovlarda organ ijrochisi bo’lib ishlagan. Bax doim ijod bilan shug’ullangan. Uning ijod yillarini uch davrga bo’lish mumkin. Shu davrlarda kompozitor o’zining ajoyib, yetuk va sermazmun asarlarini yaratgan.

1-davr: Veymar davri. Bu shaharda kompozitor 1708 -1717 yillarda yashagan. Saroy sozandasi va shahar organi ijrochisi bo’lib ishlagan. Bu davrda kompozitor o’zining eng mashhur organ asarlarini yozgan. Ular chuqur ma’noli, mahorat bobida yetuk asarlardir.

2-davr: Kyoten davri. 1717-1723 yillarda Bax kichik Kyoten shahrida yashagan va shahzoda saroyida klavesin ijrochisi va orkestr rahbari bo’lib ishlagan. Shahzoda saroyida organ sozi yo’q edi, shuning uchun kompozitor bu davrda klavesin va orkestr uchun asarlar yozgan. Bax klavesin asarlari – organ asarlari bilan bir qatorda kompozitor ijodining ikkinchi cho’qqisi hisoblanadi.

3-davr: Leypcig davri. Bu shaharda kompozitor 1723 yildan umrining oxirigacha yashagan. Shahardagi Muqaddas Foma ibodatxonasida xor rahbari va organ ijrochisi bo’lib ishladi. Bu davrda kompozitor o’zining yetuk vokal-simfonik asarlarini yaratdi va bu asarlar Bax ijodining uchinchi cho’qqisi hisoblanadi.

Baxning juda ko’p asarlari polifoniya uslubida yaratilgan. "Polifoniya"–grekcha so’z bo’lib, "ko’p ovozlilik" degan ma’noni bildiradi. Bu uslubda yaratilgan asarlarda har bir ovoz mustaqil bo’lib ovozlar soni uch, to’rt, beshta bo’lishi mumkin. Har bir ovoz ifodali bo’lib nihoyatda kuychandir.

Baxning ajoyib ko’p ovozli uslubi haqida rus kompozitori va tanqidchisi A.N.Serov shunday degan: "Bax ajoyib kuylar yaratish bobida eng buyuk kompozitordir. U faqat bir ovozni emas, balki bir necha ovozni birdaniga kuylatadi".

Bax ijodida ayniqsa fuga janri keng rivojlandi. "Fuga" so’zi lotin tilidan tarjima qilinganda "yugurish" degan ma’noni bildiradi. Musiqada fuga juda murakkab ko’p ovozli asardir. Fuga asosini musiqiy tema tashkil qiladi. Obrazli qilib aytganda bu tema urug’ bo’lib undan butun bir asar unib chiqadi. Fuga ovozlarning birida temaning berilishi bilan boshlanadi. Keyin tema boshqa ovozlarda o’tadi, ya’ni tema bir ovozda tugab ikkinchi ovozda boshlanadi, ovozdan-ovozga o’tib "yugurib" yuradi. Bax ijodida ikki va uch tema asosida yozilgan murakkab fugalar ham uchraydi.

Ko’p ovozli musiqa Bax yashagan davrdan ancha burun paydo bo’lgan. Italiya va Germaniyada bu uslubda musiqa asarlari yaratishning buyuk ustalari etishib chiqqan. Lekin aynan Bax ijodida ko’p ovozli uslub rivojlanish cho’qqisiga etdi. Shu bilan birga uning ijodida o’sha davr uchun yangi bo’lgan -"gomofoniya" uslubiga xos xususiyatlar seziladi. Ko’p ovozli uslub - polifoniyadan farqli ravishda gomofoniya uslubida bitta ovoz asosiy bo’lib, qolgan ovozlar unga bo’ysunadi, ya’ni jo’r bo’ladi.


Bax ijodi musiqa san’ati tarixidagi eng noyob, eng buyuk hodisalardan biridir. Uning yetuk, umrboqiy asarlari qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarga to’la. Ular abadiy, zavol bilmas umumbashariy va umuminsoniy tuyg’ularni badiiy go’zal va falsafiy teran aks ettirilganligi bilan ajralib turadi.

Klavesin cholg’u sozi Baxning eng sevimli cholg’u sozlaridan biri bo’lib, u butun hayoti davomida shu soz uchun asarlar yozgan. O’zi o’sha davrning eng mohir klavesin ijrochilaridan biri edi.

Klavesin sozi XVI-XVIII asrlarda nihoyatda keng tarqalgan bo’lib, zamonaviy fortepianoning ajdodi edi. Bu klavishli torli chertma soz bo’lib, klavish bosilganda parranda patidan yasalgan plektr kerakli torni chertar va shu orqali tovush chiqar edi. Tovush yangroq, ammo tez so’nar va unda kuychanlik etishmas edi. Klavesinda forte yoki piano chalish ham qiyin edi. Shuning uchun XVIII asr o’rtalarida fortepiano sozi kashf etilgach, klavesinga e’tibor susaydi.

Hozirgi kunda Baxning hamma klavesin asarlari fortepianoda ijro etiladi. Kompozitorning bu soz uchun yozgan asosiy asarlari ijodining ikkinchi davriga, ya’ni Kyoten davriga to’g’ri keladi. Ularda Bax klavesinning eng yaxshi xususiyatlarini namoyish qildi. Bu asarlarni ijro etish uchun katta texnika va ijrochilik mahorati kerak. Ko’pchilik asarlarni kompozitor pedagogik maqsadlarda yozgan. Uning o’g’illari va boshqa o’quvchilari shu asarlarni chalib klavesinda ijro etishni o’rganganlar. Misol tariqasida "Kichik prelyudiya va fugalar", "Ikki va uch ovozli inventsiyalar", "Ingliz syuitalari", "Frantsuz syuitalari" kabi asarlarni keltirish mumkin. Bu asarlar hozirgi kunda ham musiqa maktablari va san’at kollejlari o’quv dasturlaridan joy olgan.

Boshqa klavesin asarlari "Italyancha kontsert", "Yaxshi sozlangan klavesin", "Fuga san’ati", "Xromatik fantaziya va fuga" kabilar ancha murakkab bo’lib, ular yuksak darajadagi badiiy asarlardir. Bax klavesin asarlarining bahzilariga izoh beramiz.


Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling