O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix fakulteti


-mavzu. XIX asrning 70-90-yillarida Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari


Download 217.01 Kb.
bet23/23
Sana15.03.2023
Hajmi217.01 Kb.
#1269094
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-Maruza matni

4-mavzu. XIX asrning 70-90-yillarida Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari
Reja
4.1. XIX asrning 70-90 yillarida Turkistonda milliy ozodlik
harakatlarining kuchayishi va ularning harakatlantiruvchi kuchlari
4.2. 1892 yil Toshkent qo‘zg‘oloni, uning sabablari va oqibatlari
4.3. 1898 yil Andijon qo‘zg‘oloni
Tayanch so‘zlar
Ma’muriyat, mustamlaka, imperiya, soliq, norozilik, oqsoqol, eski shahar, yangi shahar, shahar boshlig‘i, o‘lka, tergov, uezd, mirshab, xukmdor, harakat, mag‘lubiyat, podsho, hukumat, gornizon, harbiy, milliy ozodlik harakati, xalq harakati, isyon, anhor, sabab, oqibat, jazo, surgun, katorga, lager, eshon. xalfa, prokuror, aybnoma.
4.1 .IX asrning 70-90 yillarida Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi va uning harakatlantiruvchi kuchlari
Rossiya imperiyasi Turkistonning shahar, qishloq va ovullarni vayron etib uni bosib olgandan keyin milliy davlat va qo‘shinni yo‘q qildi. Mahalliy boshqaruv tizimi qo‘porib tashladi. U o‘lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro va Xiva xonliklaridan iborat uch qismga parchalab boshqardi.O‘lkaning eng unumdor va obod yerlari Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
XIX asrning 70-90-yillari o‘lkada ijtimoiy – iqtisodiy ahvolning og‘irlashib, paxta yakka xokimligi kuchayishi, ko‘p sonli rus aholisining o‘lkaga ko‘chirib keltirilishi kabi sabablar tabiiyki, oldini olish qiyin bo‘lgan ommaviy xalq harakatlarini keltirib chiqarishi tayin edi. Mustamlaka hokimiyat esa mahalliy aholining, ayniqsa, dehqonlarning g‘alayonlarini, isyonlarini bartarf qilish bilan birga, ularning sabablarini emas, balki tashabbuskorlarini yo‘q qilish, qatnashchilarini jazolash osonroq chora deb qaradi. Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 1876 yil Farg‘onadagi qo‘zg‘olonlar bostirilgach, qo‘zg‘olonchi guruhlar “Oloy malikasi” nomini olgan Qurbonjon dodxox (Qurbonjon Mamat qizi, 1811-1907 y.y.) boshchiligida kurashni davom ettirdi. Bu qo‘zg‘olonda Qurbonjon dodxohning farzandlaridan – Abdullabek, Maxmudbek, Hasanbek, Botirbek va Qamchibeklar ham qatnashdi. Oloyning mustaqilligini saqlab qolishga intilgan bu qo‘zg‘olonchilar imkoniyat bo‘lib qolsa, Qo‘qon xonligini tiklamoqchi bo‘ldilar.
Dardonak qishlog‘iga kelib, aholini qo‘zg‘olon ko‘tarishga da’vat etadilar. Darvishxon katta guruh odamlari bilan Bo‘ritov degan joyga kelib, ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqiruvchi xatni Suzakka yubordi. Ammo, bu yerdagilar Andijon uezd boshlig‘iga kapitan Bryanov harbiy qism bilan kelayotganligi tufayli qo‘zg‘olonga qo‘shila olmasliklarini bildiradilar.
Darvishxon Yangi bog‘ga kelib, Bola ponsod odamlari bilan birlashadi. Bu yerda ular maslahatlashib, Qo‘qon qishloqqa hujum qilishga ahd qilishadi. Biroq, kapitan Bryanovning harbiy qismi kirib kelganligi tufayli reja amalga oshmaydi. Darvishxon Namangan tog‘lariga o‘rnashib, atrofiga qo‘zg‘olonchilardan 800 kishini to‘playdi. Ammo ular oziq-ovqat yetishmasligi tufayli tarqalib ketadilar. Bularning bir qismi Ichkilin volosti atroflarida harbiy qism bilan kichik to‘qnashuvdan keyin chekinishga majbur bo‘lganlar. 1885 yil 7-9 sentabrda Norin volostida Mulla sherxo‘ja Nazarov va Mo‘minboy
Jabborqulboev boshchiligida yangi qo‘zg‘olonchilar guruhlari paydo bo‘ldi. Biroq, Darvishxon va boshqa mustaqillikni tiklashga jonini tikkan sardorlarning Farg‘ona vodiysida ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarishga qaratilgan kurashlari kutilgan natijani bermadi. Bunga chor ma’muriyatining o‘z vaqtida ko‘rgan choralari, 1876 yilda Qo‘qon xonligini tor-mor etishi jarayonidagi kirg‘inbarotlar, vayronagarchiliklar xalqning tinkasini quritgan va xoldan toyitgani sabab bo‘lgandi. Ammo, ozodlik g‘oyalari mazlum xalqni kurashga otlantirdi. Ular birinchi navbatda, hukumatga xizmat qilayotgan mahalliy ma’muriyat vakillarini aybladilar.
1885 yil dekabr oyida hukumat vakillari “tartibsizliklar” sodir etgan 30 nafar yetakchi va faollarning qidiruvini e’lon qiladi. Ro‘yxatda birichilardan bo‘lib, Darveshxon to‘ra (45 yoshda, bo‘yi baland), Ahrorxon to‘ra (35 yoshda, o‘rta bo‘yli), Mo‘min Pansot va hatto 96 yoshli Xoliqul Parvonachilar nomi bor edi. Darveshxon to‘raning qo‘lga olinganligi haqida ma’lumotlar bo‘lmasada, 1888 yil 1 noyabrda “Darveshxon to‘ra boshchiligidagi to‘dalar Farg‘ona viloyatida qilgan tartibsizliklar yuzasidan qo‘shimcha tergov o‘tkazishni Asaka uchastkasi pristaviga topshirish zarurligi” haqida buyruq keladi. Darveshxon to‘ra boshchiligidagi harakatlar qurolli kuch bilan bostirilib, qo‘zg‘olon rahbari va uning ukalari ushlanib, qattiq jazolanadi. Biroq, manbalarda ular qay tarzda jazolangan va bu fojea qachon bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchramaydi.
Bu qo‘zg‘olonlardan keyin gubernatorlikning oliy va o‘rta bo‘g‘in lavozimlariga rus generallari va ofitserlari tayinlandi, quyi mansablarga mahalliy aholi vakillari qo‘yildi. Buxoro va Xiva xonliklari sirtdangina mustaqil ko‘rinar, amalda esa ular ham imperiya tasarrufi ostida qolgandi.
Download 217.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling