O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat unversiteti


Download 314.75 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi314.75 Kb.
#1336383
1   2
Bog'liq
Materializm va idealism.

Materializm haqida ma’lumot
Materializm (lot. Materialis — moddiy) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jismoniy olamning obyektiv ravishda, yaʼni uning iroda, ruh, ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjudligini va ularga nisbatan birlamchiligini taʼkidlashga asoslangan falsafiy taʼlimot. Idealizmnit muqobili. Materializm ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlamchi boʻlgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga keladigan xossa va munosabatlari tarzida talqin qiladi. Materializmning gno-seologik (bilishdagi) ildizini amaliyot, insonning voqelikni oʻzgartirishga qaratilgan olamshumul tarixiy tajribasi tashkil etadi.
Materializmga tabiatshunoslik fanlari, texnikaga alohida eʼtibor bilan qarash xosdir. Materializm fransuz Maʼrifatchiligi davrida (J. Lametri, P. Golbax, D. Didro va b.) Ravnaq topdi, ammo, Yevropa falsafiy fikriga hal qiluvchi darajada taʼsir etish mavkeiga 19-a. Dagina (K. Marks, F. Engels, L. Feyerbax va b.) Erishdi.
Materializm idealizmning «xato» fikrlariga qarshi oqim tarzida namoyon boʻlib, oʻzining bir yoqlamaliligi tufayli barcha muhim, insoniy muammolar (ong, mavjudlik, hayotning maʼnosi hamda maqsadi, qadriyatlar va h. K.) Oldida butunlay ojizlik qilib, ularning chuqur maʼnosini taxlil etishga nochorligi sababli ularni xayoliy muammolar tarzida rad etadi.
Materializmning u yoki bu shakldagi namunalari, unsurlari, rivojlanish yoʻllari azaldan Sharkda ham, gʻarbda ham mavjud boʻlgan. Biroq, Materializm, asosan, gʻarb falsafiy fikriga koʻproq taallukli, unda yaqqol shakllangan hodisa boʻlib, uning oʻziga xos shakllardagi rivojini mazkur maʼnaviy madaniyat taraqqiyotidagi deyarli barcha bosqichlarda kuzatish mumkin.
Materializm — mohiyatan oʻz maqsadlarini oʻzining mavqei (koʻp sonliligi va oʻzini muayyan jismoniy kuch, deb his etishi) tufayli roʻyobga chiqarishga umid qiluvchi, avom maʼqul koʻradigan fikrlash tarzidir. Materializmning quyidagi koʻrinishlarini farqlash mumkin:
1. Tabiiy Materializm U materiyada, xususan, uning muayyan tarkibiy tuzilishida (mas, atomlarda) pirovard jismoniy voqelikni koʻradi (klassik mexanika); eng yangi (kvant) fizika maʼlumotlari bu Materializm tamoyillariga jiddiy putur yetkazdi.
2. Biologik yoki fiziologik Materializm U jon va ruhga nisbatan yuqoridagi qarashni tiqishtiradi hamda moddiylik va gʻayrimoddiylikning oʻzaro tub farqini inkor etadi.
3. Axloqi y M. Foydali narsalarni yoki manfaat uchun foydalanish mumkin boʻlgan qadriyatlarnigina eʼtiborga loyiq, deb hisoblaydi va mustaqil nomoddiy olamning mavjudligini inkor qiladi.
4. Dialektik Materializm — kommunistik davlatlarning rasmiy falsafasi, uning siyosati va fanining uslubiy asosi boʻlib xizmat qilgan. 19-a. Da K. Marks va F. Engels tomonidan Gegel dialektikasini yaxlit materialistok dunyoqarashga aylantirish asosida shakllangan hamda oʻz ichiga tarixiy Materializm — tarixni materialistok tushunish nazariyasini olgan.
Odatda, «Materializm» tushunchasi realizm (tafakkurga bogʻliq boʻlmagan va ongdan tashqarida mavjud boʻlgan reallik) maʼnosida ham qoʻllaniladi.
Materializm oddiy qilib aytganda, vokelikni moddiy sababga asoslanib tushuntiruvchi taʼlimotdir.


Download 314.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling