O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
1-asosiy savolning bayoni:
Mustaqillik yillarida etnologiya fani. XX asr davomida etnologiya yo‘nalishida boy emprik va nazariy materiallar yigildi. XX-asrning birinchi yarmida bajarilgan akademik tadqiqotlarda ko‘proq o‘tmishga aylanayotgan an‘anaviy urf-odatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yozib olishga diqqat - e‘tibor qaratilgan bo‘lsa, XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab mavjud vaziyat o‘zgardi va etnologik materiallarning amaliy qimmati oshdi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin etnologiya fani ќam yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, etnogenez va etnik tarix muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar yaratildi. Bu so ќada akademik olim K.Shoniyozovning qator fundamental tadqiqotlari va monografiyalari alo ќida e‘tiborga molikdir. Zaќmatkash va fidoyi olim K.Shoniyozov o‘zining qariyb yarim asrlik ilmiy faoliyati mobaynida Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi o‘zbeklar va boshqa qardosh xalqlar etnogenezi va etnik tarixini izchil o‘rgangan va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar ќamda bir necha yirik monografiyalar yaratgan. Olimning «O‘zbek-qarluqlar»(1964), «O‘zbek xalqining etnik tarixiga oid»(1974), «O‘zbek xalqining moddiy madaniyatidan etnografik lav ќalar»(1981), «qang‘ davlati va qang‘lilar»(1990), «qarluq davlati va qarluqlar»(1999), «O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni»(2000) kabi fundamental monografiyalari boy tarixiy manbalar, ko‘pdan-ko‘p folklor-etnografik ekspeditsiyalarning materiallari asosida yaratilgani bilan mu ќim aќamiyat kasb etadi. K. Shoniyozov o‘zining o‘zbek xalqi etnogenezi vaetnik tarixiga oid fundamental tadqiqotlari orqali o‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda yangi ilmiy yo‘nalishga asos soldi. Tarixiy va etnografik ma‘lumotlarni arxeologiya, antropologiya, numizmatika, folklorshunoslik va tilshunoslik kabi yondosh fanlar yut uqlari bilan qiyosiy o‘rganish va muammoni yoritishda muayyan ilmiy xulosalarga kelish O‘zbekiston etnologiyasi fanida Karim Shoniyozov asos solgan yangi yo‘nalishning muќim bir xususiyatidir. Shuning uchun ќam akademik olimning tadqiqotlari nafaqat Respublikamizdagi ilmiy jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olingan, balki xorijlik mutaxassislar tomonidan ќam e‘tirof etilgan. Etnogenez va etnik tarix muammolarini tadqiq qilishda akademik A.Asqarovning xizmatlari ќam kattadir. Taniqli olim etnogenez va etnik tarix muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida birinchilar bo‘lib tarixiy va arxeologik, etnografik va antropologik manbalarga ќamda adabiyotlarga asoslanib, o‘zbeklarning shakllanish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lib tadqiq qiladi va qator nazariy-metologik ќamda ilmiy kontseptual xulosalar chiqargan. Muallif keyingi yillardagi tadqiqotlarida etnogenez va etnik tarix muammosi yuzasidan jiddiy shug‘ullanib etnos nazariyasiga oid bir qator ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etdi ќamda bu borada o‘zining qator ilmiy-nazariy ќamda metodologik qarashlarni ilgari surdi. Shuningdek, bu davrda xalqimizning moddiy va ma‘naviy madaniyatini, oilaviy va jamoaviy ќayotini, etnoslararo jarayonlarni o‘rganish borasida ancha samarali ishlar bajarildi. Xususan, o‘zbek oilasi tarixi (O.Bo‘riev), to‘y va motam marosimlari (Ќ.Ismoilov, q.Nasriddinov), an‘anaviy uy ќunarmandchiligi (X.Toshev va M.O‘roqov), o‘zbeklar orasidagi maќalla va qo‘ni-qo‘shnichilik an‘analari (Z.Orifxonova), qadimiy diniy e‘tiqodlar va ularning o‘zbek xalqi turmush tarzidagi izlari (A.Ashirov), etnoslararo jarayonlar (U.Abdullaev) mavzulari - 97 - doirasida qator ilmiy monografiya va risolalar e‘lon qilindi. Shu bilan birga O‘zbekistonning tarixiy etnografik mintaqalari - Toshkent sha ќri (Z.Orifxonova, G.Zunnunova) Buxoro voќasi (A.Jumaev, M.qurbonova), Far g‘ona vodiysi (Sh.Abdullaev, U.Abdullaev, V.Ќaqliev, A.Ashirov, B.Tur sunov), Janubiy O‘zbekiston (O.Bo‘riev, q.Nasriddinov, F.Raxmonov, G.Tosheva, S.Tursunov, A.qayumov, B. Ќamroqulova, M.Ibragimova) etnologiyasini tadqiq etish borasida samarali natijalarga erishildi. O‘zbekistonda etnografiya va etnologiya fanining tarixshunosligi (A.Doniyorov, D. Ќoshimova), mazkur fanning OO‘Yuda o‘qitish metodologiyasi (I.Jabborov, O.Bo‘riev, T.Salimov, B.Isoqov), etnologiya atamalarning qisqacha lug‘ati (O.Bo‘riev va T. Xo‘jamberdiev)ga doir tadqiqotlar ќam e‘lon qilindi. Ќozirgi kunga kelib Respublikamizning qator ilmiy maskanlarida mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, O ‘zRFA Tarix instituti Etnologiya bo‘limi, O‘zMUda «Arxeologiya va etnologiya» kafedrasi, TerDU va qarshi DU Etnologiya ilmiy marazi faoliyat olib bormoqda. Mamlakati miz bo‘yicha doimiy va mavsumiy ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilmoq da. O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb muammolariga bag‘ishlanib bir qa- tor ќalqaro (1999, 2000, 2004, 2005) va mintaqaviy anjumanlar tashkil etildi. Etnologiya fanining so‘nggi natijalariga bag‘ishlangan «Akademik K.Shoniyozov o‘qishlari» turkumida doimiy ilmiy konferentsiyasi ќar yili o‘tkazilmoqda. Mamlakatimiz etnologlari AqSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Markaziy Osiyo respublikalari etnologlari bilan ќamkorlik aloqalarini o‘rnatganlar. Rossiya FA Etnologiya va antropologiya instituti bilan ќam doimiy ќamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu bevosita yurtimizda etnologiya fani jaќon fani bilan o‘zaro uyg‘un tarzda rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda ќozirda etnologik tadqiqotlar jamiyat ќayotining turli soќalarida mu ќim ilmiy va amaliy aќamiyat kasb etib bormoqda. Etnolog olimlarning bilimi va masla ќatlaridan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ќal etishda keng miqyosda foy- dalanilmoqda. Fanning yutuqlari komunikatsiya tizimida, xalqaro savdoda, diplomatiyada va boshqa qator so ќalarda samarali qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda etnologiyaning ko‘plab boshqa yondosh fanlar bilan doimiy aloqasining samarasi sifatida Etnopsixologiya, etno- lingvistika, etnodemografiya, etnomadaniyat, etnopedogogika, etnofolkloristika, etno- madaniyat kab i yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Shu bois etnologiya, aytish mumkinki, bugungi kunga kelib yangi bir rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling