O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol: Sharqiy Osiyo xalqlari.
3-savol bo`yicha dars maqsadi: Sharqiy Osiyo xalqlari haqida ma‘lumot berishdan iborat. 3 –savolning bayoni: Hududga Xitoy-1 mlrd. 218,8 mln, Yaponiya-125,2 (1995 y.) mln, KXDR-23,5 mln, Janubiy Koreya-44,9 mln va Mongoliya Xalq Respublikasi 1 2,3 mln, Tayvan-21,2 mln, Makao-(0,4 mln. kishi) kiradi. Gonkong (Syangan) 1998 yili 6,0 mln. aholisi bilan Xitoyga qaytarildi. Etnogenez va etnik tarixi. Dastlabki ishlab chiqarish xo‘jaligi makoni Sinlyangan (Sharqiy Xitoy) miloddan avvalgi V ming yillikka oiddir. Axoli unda sholi etishtirgan. G‘arbda xuddi shu davrga oid Yanshoo madaniyati (Xuanxe daryosi havzasidan) topilib, uning aholisi chumiza (sulining bir turi) etishtirgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda yanshooliklar janublik qabilalar bilan to‘qnashadilar. Ular orasida o‘zaro munosabatlar protoxitoy tilini vujudga keltiradi. Miloddan avv. II ming yil. Sya va Shan (In) qabilalari dastlabki qabila ittifoqi tarzidagi davlatlarga asos soldilar. Miloddan avv. I ming yillik boshlarida o‘rta xitoy pasttekisligida «xuayya» etnosi shakllanadi va qadimgi podsholiklar Sin va Xanga asos soladi. Deyarlik shu davrda Mo‘g‘uliston dashtlarida oltoy tillariga mansub syunnu (xunn) qabilalari shakllanadi. Xunnlar o‘rniga mo‘g‘ullar sanbiy qabilalari kelib o‘rnashadi. Koreyada Koguryo-janubda Silla va Pekche davlatlari shakllanadi, Yaponiyada-Yamato davlati vujudga keladi. Etnolingvistik klassifikatsiya. Xududda 5 ta yirik til oilalari mavjud. Oltoy, xitoy-tibet, avstroneziya, tay va avstroosiyo. Yapon, ayn va koreys tillari xech qaysi til oilasiga kirmaydi. Xitoy-tibet (tibetliklar, inzu, bay va h.k.) Tay tiliga (tay, kaday va xakazolar) Avstroneziya (Tayvanning tub axolisi gaoshanlar) Avstroosiyoga (myao-yao, mon-kxmer, kave, benlun, bukaylar) - 71 - Oltoyga (turk, mo‘g‘ul, dunsyan, tu, mongarmlar, tungus-manchjurlar, sungar, xechje, evenn, orochinlar). Xo‘jaliklari. Ovchilik, baliqchilik va termachilik bo‘lgan. Uning xususiyatlari tungus-manchjurlar va aynlarda saqlanib qolgan. Qo‘l (motiga) dehqonchiligi. Xitoyning shimoliy rayonlarida omoch dehqonchiligiga miloddan avv. I ming yillikning o‘rtalarida o‘tilgan. Omoch dexqonchiligi-temirdan foydalanish bilan boshlangan bo‘lib, miloddan avv. I ming yillikning o‘rtalarida xitoy, koreys va manchjurlarda hukmron xo‘jalik turiga aylanadi. Chorvachilik bilan mug‘ullar, turklar qisman tungus-manchjurlar shug‘ullanganlar. Bu xo‘jalik miloddan avv. I ming yillikda vujudga kelgan. Moddiy madaniyat. Uy-joylarning xilma- xilligi, xo‘jalik madaniy tiplar bilan bog‘liq. Dexqonchilik aholisida miloddan avv. IV- III ming yillikda yarim erto‘lalar, so‘ngra er ustidagi uylar vujudga keladi. Asosiy turar-joylar sinch- ustunlar yordamida quriladi. Ko‘chmanchilar uzoq o‘tmishda kapalarda yashaganlar. Xitoy manbalarida yoz ilishicha o‘tov miloddan avv. I ming yillik o‘rtalarida vujudga keladi. Kiyimlari. Shim ko‘chmanchilar kashfiyotidir. Undan tashqari chopon, kigiz yoki charm etiklar xdm ularning an‘anaviy kiyimlaridir. Dexqonchilik aholisi miloddan avv. IV-III ming yillikda ko‘chmanchilar kiyimlarini o‘zlashtira boshlaydilar. Dastlab jangchilar qulay kiyimlarni kiyganlar. An‘anaviy o‘rama kiyimlar, ayniqsa ayollarda Xitoyda, Koreya, Yaponiyada keng miqyosda saqlanib kelmoqda. Taomlardagi an‘anaviylik xam to‘laligicha saqlanib qolgan. Ma‘naviy madaniyat. Islom, Buddizm, Sintonizm, Lamaizm (mo‘g‘ul va tibetliklarda) keng tarqalgan. Sharqiy Osiyodagi xar bir xalq o‘zining o‘ta qadimiy ma‘naviy qadriyatlari, an‘analariga sadoqatlari bilan ajralib turadi. Ular qadimgi yozuvga xalq ogzaki ijodiyoti afsonalaru- ertaklarga boy mamlakatlardir. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling