O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
2-asosiy savol: Afrika aholisining antropologik tarkibi.
2-asosiy savol bo`yicha dars maqsadi Afrika aholisining antropologik tarkibi haqida tushuncha berish 2-asosiy savolning bayoni: Qit‘a inson vatanidir. Arxeologlar Lyuis va Richard Likilar topgan arxantroplar 3-3,6 mln. yil bilan belgilangan. Irqlar doirasida axoli evropeoid, negroid, kichik pigmey, boskon (koysan), habashoid va mongoloid (Madagaskar malgashlari)dan tashkil topgan. Qitaning shimoli, Saxroi Kabirning janubida evropeoidlar: arablar, tuareglar, barbarlar yashab ular irqning O‘rta er dengizi tipiga oiddir. Saxrodan janubdagi ko‘pchilik axoli negroidlardir. Ular ham 2 ta lokal gurux nilotlar va past bo‘yli pigmeylardan iborat. Negroid va evropeoidlar oralig‘ida xabash irqiy tipi shakllangan. Afrikaning janubiy rayonlarida koysan, bushmen va gottentotlar yashab ular keng burni, jingalak sochlari bilan pegrlarga yaqin bo‘lsa; yapaloq yuzlari, sariq-sarg‘ish badan ranglari, epikantuslari (ko‘zlarining qisiqligi) nisbatan yupqa va ingichka lablari bilan mongoloidlik xususiyatlarini kuzatish mumkin. Asosiy xususiyatlari: steatopigiya- dumbalarida yog‘ to‘planishi bo‘lib, u qurg‘oqchilikda suv-tuz almashinuvini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bu axolining yana bir xususiyati ularning yuzlari va badanlarida ajinning erta tushishidir. Madagaskar mal‘gashlari movgoloid va avstroloidlar oralig‘ida shakllangan bo‘lib ular bu ikki irq xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Bu irqiy guruxlar Afrikaning o‘zida shakllangan bo‘lib, yuqori paleolit va mezolitda nisbatan o‘z xususiyatlarini egallaganlar. Lingvistik klassifikatsiya. Afrika aholisining til klassifikatsiyasi xam rang-barangdir. Misol uchun Germaniyalik olim Meynxof 20- 30 yillarda faqat bantularda 184 til va lahjalarni o‘rgangan. Belgiyalik Van Byulk esa 50 yillar Zairda 518 mustaqil tilbo‘lganini ta‘kidlaydi. Bugungi etnografiyaga oid darsliklarda lingvistika Grinberg klassifikatsiyasi bo‘yicha beriladi. Afrosiyo til oilasi: semit, kushit va barbar, shuningdek chad tillari guruxlariga bo‘linadi. Semit tillarida gaplashuvchi axoli qitaning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida yashaydi. Efiopiyaning asosiy aholisi tigre, tigrai, amxara, galla-gurage, xararilar xam semit tillar oilasiga mansubdir. Kushit til guruxiga oid axoli Efiopiyadan, Sudan, Somali, Djibuti shimoliy-sharqiy Keniyaga qadar joylashgan. Bedja, ababde, galla, oromo, sidamo, somali va boshqalar. - 78 - Barbarlar-Mavritaniya, Mali, Nigerda yashaydilar. Eng ko‘p sonlilari tuareg va imoshag (tamoshen tili)lardir. Semit tili barcha arab xalqlari gaplashadigan tildir. Chad guruxi Shimoliy Nigeriya, Niger- xausa eng yirigi, ko‘p sonli bo‘lmagan kotoko, muzku, karekarlar va boshqalar. Xausalar tili Afrikada xalqaro savdo tili bo‘lgan. II. Niger-korAofan til oilasi . U 2 ta gurux va ko‘plab mayda guruxchalarga bo‘linadi. Niger- kongo guruxi: g‘arbiy atlantik, kva, benue-kongo, mande va adamaua. Senegal, Gambiya, Gvineya Bissau, Serre-Leone, Liberiya, Gana, Togo, Benin, Mali xalqlar ushbu til oilasiga mansubdir. Eng yiriklari senufo, ibo, ashanti, yoruba va boshqalar. Benue-kongo guruxy axolisi Kamerun, Kongo, Zair, Namibiya, Botsvana, Tanzaniya, Zambiya va Zimbabvelarda yashaydi. Umumiy bantu tillari nomiga xam ega. Kordofan tillari Sudan aholisida tarqalib u xam 5 ta guruhga bo‘linadi. III. Nil- saxro til oilasi ham turli xil bo‘lib, songai, saxro, maba, fur, shari-nil, koma guruxlariga bo‘linadi. IV.Koysai tillari.Markaziy, Janubiy va Sharqiy Afrika erlaridan goggentot va bushmenlar tilidir. Ular Botsvana, Namibiya, Angola va JAR da tarqoq yashaydilar. «Koykain» («odamlar sarasi» gottentotlarning o‘zlik atamasi bo‘lsa, «saan» deb ularni bushmenlar atashadi. Namibiyadagi damaralar xam shu guruxga kiradi. Avstroneziya til oilasiga Madagaskar oroli malgashlari kiradi. Ularning tillari malayo- polineziya guruxiga yaqindir. Bugungi kunda Afrikada 2001250 ta etnoslar mavjud. Ulardan faqat ikkitasi bitga davlatda yashaydi. Amxara Efiopiya va yoruba Nigeriyada. 83 ta xalq soni 1 mln.dan ortiqroqdir. Xausa 25 mln, yana 10 mln. kishi bu tilni biladi. Amxara 13 mln, ibo va fulbe 15 mln.dan, yoruba 20 mln. va boshqalar. Afrikani o‘rganilishi tarixiga nazar solsak, Karfagen miloddan avv. 146 yilda rimliklar tomonidan tor- mor etilishi bilan uning o‘rnida imperiyaning Afrika viloyatlari vujudga keladi. Nubiya, Dangola va Xabashiston xaqida IX asrda al Farg‘oniy ma‘lumotlar yozib qoldirgan. Muxammad Xorazmiyning «Surat ul arzivda o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan barcha mamlakatlar va joy koordinatalari berilgan. Beruniyning yozishicha qit‘ada aholining mashg‘ulotlari, savdo-sotiq darajasi yuksak bo‘lgan. Afrika xaqida Nosir Xisrav (IX asr) xam ma‘lumotlar yozib qoldirgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling