O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-asosiy savol: Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari.
3-asosiy savol bo`yicha dars maqsadi: Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari haqida tushuncha berish 3-asosiy savol bayoni: - 87 - Asosiy tiplari: Yuto atsteklar-1,442, atsteklar-1,020 ming kishi, shoshonlar-70 ming kishi; Otomi-mishtek-sapotek.Otomi-259ming kishi,sapoteklar 310 ming kishi, boshqa mayda xalqlar bilan birga 1,178 ming kishi. 3.Taraski.-60 ming kishi, ularning tillari hech qaysi til oilasiga kirmaydi. Maye-soke (penuti)-2,668 ming. Mayyalar 395 ming, kiche-250 ming, soke-50 ming kishi va xokazo. Miskito- atapasklar.40 ming va 1 mln kishidan iborat bo‘lib, asosan Nikaraguada yashaydi. Chibcha.-255 ming kishi. Nikaragua, Kosta-Rika va Ekvadorda yashaydi. Aravak. (Arauklar) 375 ming kishi. Amazonkaning yuqori oqimida, Venesuelada, Kolumbiya, Peru va Braziliyada yashaydilar. Karaib (kariblar)-160 ming kishi. Ko‘proq qismi Braziliyada va qisman qo‘shni mamlakatlarda yashaydi. Tupi-guarani.-130mingkishi. Braziliya, rgentina, Paragvay. Boliviya va Ekvadorda yashaydi.Guarani tili qabilalararo til xisoblanadi. 10. Jes (je). Ko‘pchiligi mustamlakachilar tomonidan qirib yuborilgan, qolganlari Amazonkaning irmoqlarida yashaydi. P.Kechua. Eng ko‘p sonli til oilasi 12,2 mln kishidan iborat. Peru, Ekvador va Boliviyada yashaydi. Aymara 2,070 ming kishi. Araukanlar. (o‘z atamalari «mapuche» - «er odamlari») 775 ming kishi. Pueblo-Mark. Argentinada yashagan butunlay qirib yuborilgan. Chon.(ona, selkup) 1 ming kishi. Olovli Er orolida yashaydilar. Yamana va alakaluf.(370 kishi). Xo‘jalik madaniy tiplar: 1. Sug‘orish dexqonchiligiga asoslangan xo‘jalik turi bilan shug‘ullanishgan. Meksika va Markaziy Amerikadagi Yukatan yarim orolida 1 asrlarda mayyalarning dastlabki shaxar- davlatlari vujudga keladi. Birinchi tosh lavxa 328 yil bilan boshlanadi. VI asr boshlarida Chichen-Itsaga asos solingan. XII-XV asrlarda Mayyami shaxri xukumronligi o‘rnatiladi. Unga qarshi qo‘zrolon (1441 yil) boshlanib unda Ushpalning g‘alabasi tarqoqlikka va ispanlar istilosiga sabab bo‘ladi. Mayyalar motiga dexqonchiligi bilan shug‘ullanganlar. Asosiy ekinlar: dukkakli makka, tomat, qovoq va paxta bo‘lgan. Uch yil hosil olgandan so‘ng erga 6-10 yil dam berilgan. Mayyalar kakao daraxti etishtirib undan ichimlik va eyish uchun plitkalar tayyorlashgan. Mayyalarda uy xayvonlari bo‘lmagan. Taomlarida oz miqdorda parranda go‘shti, ov maxsulotlari ishlatilgan. Metallni bilmaganlar, oltin va mis qo‘shni xalqlardan almashib olingan. To‘quv dastgoxi mavjud bo‘lib, paxta, agavadan gazlama to‘qilgan. Hunarmandchilikning tosh o‘ymakorligi, zargarlik soxalari va charxsiz kulolchiliklar bo‘lgan. Dinlari: Xudolar Panteoni tepasida Itsamna turgan. Yozuvning ixtirosini undan deb bilishgan. Ilm- fan.Mayyalarda 20 xisobli sanoq bo‘lgan. Astronomiyada bir muncha yutuqlarga erishilgan. Quyosh yili bir minut aniqlikda hisoblangan. T aqvim 365 kunga bo‘linb, 20 kunlik oy va 13 kunlik xafta bo‘lgan. Mexiko voxasida V-X asrlar davomida tolteklar madaniyati gullab yashnagan, uning markazi Tenochtitlan bo‘lgan. Ular turli ibodatxonalar qurganlar, Ibodatxonalar ichida eng yirigi «Quyosh exromi» bo‘lib, balandligi 60 metr bo‘lgan. Tolteklar taqvimi 260 kunlik, oy 20 kundan iborat bo‘lib, yilnomalar 52 yillik siklga bo‘lingan. Tolteklar madaniyati sapoteklar madaniyati rivojlanishiga ijobiy ta‘sir etgan. II asrdan mishteklar madaniyati markazi Teskoko xam yuksaladi. - 88 - Atsteklar. XIII asr o‘rtalarida Mexiko vodiysida paydo bo‘ldi. O‘zlarining afsonaviy vatanlari Astlan nomidan ular asteka deb atala boshlaydilar. 1325 yili atsteklar poytaxti Tenochtitlanga asos soladilar. Ular sug‘orishga asoslangan dexqonchilikda «suzuvchi bog‘lar», ya‘ni sun‘iy orolchalarga asos solganlar. Makka dukakli ekinlar, qovoq, pomidor, batat, agava, kakao, paxta va tamaki etishtirganlar. Yagona uy xayvoni it bo‘lgan. Metallardan oltin va misni bilishgan. XVI asr boshida j ezdan foydalanish keng yoyiladi. To‘qimachilik yuksak rivojlanadi. Piramidalar qurilgan. Poytaxtda 80 ming oila yashagan. Piktogarfik yozuv mavjud bo‘lib, mayyalardan taqvim va solnomanio‘zlashtirganlar.Chibcha-uiskalar.Bagota Kolumbiya)tevaragida yashab yuksak madaniyat yaratgan xalqlardan biridir. Inklar davlati. And tog‘lari vohalarida yashagan kechualar ham yuksak xo‘jalik va madaniyat yaratganlar. 1438 yili davlat tuzgan kechualar oltin, kumush va misga sovuq ishlov berib, yuksak san‘at asarlarini yaratganlar. Jez tarqalgan, to‘qimachilik xam rivojlangan. Asosiy emishlari makka va kartoshka bo‘lib, ularni etishtirishda sun‘iy sug‘orishdan keng foydalanilgan. Kechua va aymaralar alpaka va lamalarni qo‘lga o‘rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Davlat xu dudlarida ko‘plab yo‘llar qurilgan. Inklar davlati Tuantinsuvyu (4 qo‘shni viloyat birligi) deb atalgan. Inklar o‘zlari ishlamasdan bo‘ysundirilgan xalq va qabilalar mexnati maxsuli evaziga yashaganlar. Jamiyat asosi qishloq jamoalari-aylyular edi. Boshqaruv quldorlik despotiyasi bo‘lsada urug‘chilik -jamoasi sarqitlari saqlanib qolgan. Oliy inka xokimiyati mutlaq, diniy marosimlarida odamlarni qurbonlik qilish xam mavjud edi. Inklarning piktu yozuvi - tutunchali xatlar, iplar rangi narsalar belgisi xisoblangan. 1523 yil Kuskoni bosib olgan F. Pisarro Oliy Inkani xoinona o‘ldiradi. Aymaralar.And tog‘larining sharqiy xududlarida yashab kartofel, kinoa va arpa ekkanlar. Aymaralar eng baland joylarda yashovchi xalqlardan biridir. Ular shuningdek sopolchilik, ku mush bezaklar yasash, xamda ornamentli gazlamalar to‘qishda xam moxir xisoblanganlar. Araukanlar. Chilining janubiy qismida yashab, dexqonchilik bilan shug‘ullanganlar va lama boqqanlar. Ular lama va yovvoyi guanakolarning junidan gazlama to‘qiganlar.Janubdagi qabilalar ov va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Amazonka va Orinakoning tropik o‘rmonlari indeetslari.Tupi-guarani va karaiblar motiga dexqonchiligi bilan shutullanganlar. Ularda toshdan bolta, yog‘och tayoqlar asosiy ish qurollari bo‘lgan. To‘qishda maxoratga erishgan bu qabilalar osma karavat-gamakni ixtiro qilganlar. Ularda urug‘chilik jamoasi xukumron bo‘lgan. Uylari doirasimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli qilib qurilgan. Ba‘zi qabilalarda kuvada «tuxum bosish» udumlari mavjud bo‘lgan. Sharqiy va Janubiy Braziliya indeetslari. Jes, botokuda, kanel, kayyapo, shavante va boshqalar. Asosiy qurollari o‘q-yoy bo‘lib, ayollar terib-termachilik bilan shug‘ullanganlar. Pampa indeetslar. Patagoniyaliklar. Ular mustamlakachilik arafasida ovchilik bilan sh ugullanganlar. XVIII asr o‘rtalarida ular otda ov qila boshlaganlar. Bola quroli 3-4 ta bog‘langan toshlar xam o‘sha paytda ixtiro qilingan. Uylari panalar bo‘lib terilar bilan yopilgan. Olovli Erliklar. Er yuzidagi eng qoloq axolilardan biridir. XIX asr o‘rtalariga qadar ular ibtidoiy jamoa tuzumida yashaganlar. Uchta gurux indeetslari ona, alakaluf va yamana deb nomlangan. - 89 - Lotin Amerikaliklarga 20 ta Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari kiradi. Kreollar- ispanlar va portugallarning avlodlaridir. Metislar-evropaliklar va indeetslar avlodlari; Mulatlar-evropaliklar vanegrlar avlodlari;Sambo-negr va indeetslar avlodlaridir. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling