O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
I-asosiy savol: Evropa qit‘asi, uning hududi, tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi. I-asosiy savol bo`yicha dars maqsadi: Evropa qit‘asi, uning hududi, tabiati, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ma‘lumot berish. 1-asosiy savolning bayoni: Evropa xududi bo‘yicha er yuzining eng kichik qismi (10,0 mln km kv) geografik jixatdan Evroosiyo qitasining g‘arbiy qismini tashkil etadi. Etimologik tomonidan yunoncha «Europe» (ossuriycha Ereb) G‘arbdagi «mamlakat» demakdir. Keyingi 400-500 yil - 91 - davomida Evropa xalqlari vujudga kelgan tarixiy sharoit (imkoniyat) natijasida jaxon madaniyati taraqqiyotiga katta xissa qo‘shgan. Evorpaning mo‘‘tadil iqlimi rang-barangdir. O‘simlik va xayvonot dunyosi inson faoliyati natijasida, tabiiy katga o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Qit‘aning taraqqiyoti ishlab chiqarish xo‘jaligini shakllanishi bilan bog‘liqdir. Etnik tarixi. Evropa qadim zamonlardan inson yashagan makonlardan bo‘lib, G‘arbiy Germaniyada topilgan geydelberg odami suyaklari buni tasdiqlaydi. Mezolit va neolitda odamlar asta-sekin shimoliy xududlarga siljiy boshlaydilar. Kampini madaniyati ovchilik, terimchilik va baliqchilikdan- dexqonchilik xamda chorvachilikka o‘tishi davrini izoxlaydi. Olimlar farazicha bu paytda qitada axoli xind - evropa tillarida so‘zlashmagan, o‘sha davrdan qolgan iber, va skan (Pireneya yarim oroli) ligur, etrusk, sikullar (Appenin yarim orolidan) Britaiiya yarim orolidagi piktlar bu fikrni tasdiqlaydi. Qit‘aning shimoli-sharqiy rayonlarida hozirgi fin-ugor xalqlari, qisman, hind-evropalik letto-litovlarning ajdodlari yashaga nlar.Miloddan avvalgi II ming yillikda O‘rta er dengizi tevaragida qadimgi yuksak sivilizatsiyalar taraqqiy etgan. Egey (Krit- Miken) so‘ngra ellin, rim madaniyatlari yangi evropa madaniyatini shakllanishiga asos bo‘lgan. Evropaning keyingi taraqqiyotiga «buyuk xalqlar ko‘chishi» german va slavyan qabilalari, arablar istilolarining ta‘siri xam bo‘lgan albatta. IX asrda O‘rta Dunay xavzasida jangari venger (ugor, madyar) qabilalari bosqinlari boshlanib, maqalliy slavyan va boshqa axolini o‘zlariga bo‘ysundirib, ularning madaniyatini qabul qilishgan.Lekin vengrlar o‘zlarining,ugor tillarini bo‘ysundirilgan xalqlarga o‘tkazganlar. Kichik Osiyodan Bolqonga o‘tgan (XIV asr) turklar, XV asrda ushbu xududdagi axolining xo‘jaligi va madaniy xayotiga, ularning etn ik tarixiga katta ta‘siri kuzatiladi. XV- XVI asrdan shaxarlar, hunarmandchilik va savdoning o‘sishi Evropada: Ispaniya.Portugaliya, Angliya, Frantsiya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya kabi davlatlarda markazlashgan qirolliklari tashkil etadi. Natijada turli etnik guruhlar: turli tillar, shevalarda so‘zlashuvchi axolining etnik birlashuvi boshlandi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling