O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

3-asosiy savol: 
Xo‘jaligi va moddiy madaliyati. 
3-asosiy savol bo`yicha dars maqsadi: 
Xo‘jaligi va moddiy madaliyati tushuntirib berish. 
3-asosiy savolning bayoni: 
Neolit  va  bronza  davridan  Evropada  dexqonchilik  tarqalib  deyarlik  barcha  xalqlar 
xo‘jaligi  asosini  tashkil  qiladi.  Shimoliy  xududlarda  suli,  arpa,  Markaziy  va  Sharqiy 
Evropada bug‘doy  etishtirilgan.  Janubiy  rayonlarda ulardan  tashqari  makka  va  sholi  ham 
etishtiriladi.  Sabzavot,  meva  etishtirish  xam  deyarli  barcha  rayonlarda  mavjud  bo‘lgan. 
Uzum  va  zaytun  xam  etishtirilgan.  O‘rta  Kavkazda  dexqonchilikdan  tashqari  chorvachilik 
muxim  o‘rin  tutadi.  Shu  turdagi  xo‘jalik  tipi  Volgabo‘yi  axolisi  (boshqird,  tatar,  chuvash) 
uchun  xam  xosdir.  Dexqonchilik  ishlab  chiqarish  texnikasi  xam  umumiy  xususiyatga  ega. 
Xususan  omoch  dexqonchiligi  Evropaga  Old  Osiyodan  miloddan  avvalgi  II-I  ming  yillikda 
tarqalgan.  Rossiyada  omochning  2  turini  er  tarkibiga  qarab  eng
il  va  og‘ir  pluglardan 
foydalanganlar.  Volga  bo‘yida  yog‘ochdan  qilingan  g‘ildirakli  -saban  pluti  tarqalgan  edi. 
Boltiq bo‘yida asosan rala va omochlar ishlatilgan. 
Don  ekinlari  o‘roq  bilan  (tekis  va  silliq),  belo‘roqlar  bilan  yig‘ib,  zanjir  yoki  mol 
tuyoqlari yordamida yanchilgan. 
G‘allaning  suv  yoki  shamol  tegirmonlarida,  ba‘zida  uyda  kelilarda  yanchishgan. 
Dexqonchilik faqat baland tog‘larda Alp, Karpat shuningdek Rossiya va Skandinaviyaning 
shimolida, Arktika xududida shakllanmagan. Chorvachilik barcha xalqlarda mavjud, lekin u 
yordamchi xo‘jalik shaklida bo‘lgan. 
Baliqchilik  Evropaning  qirroq  xududlarida  aksariyat  xollarda  iqtisodning  yagona 
sohasi bo‘lgan. Islandiyaliklar, norvegiyaliklar, farerlar shuningdek Shimoliy Boltiq dengizi, 
O‘rta er dengizi  axolisi baliqchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelishadi. 
O‘rta  asrlarda  vujudga  kelgan  kichik  xunarmandchilik  kasb-korlari  XVII  asrdan 
fabrika-zavod sanoati ishlab chiqarishga aylandi. 
Uy- joylari. 
Evropaning  janubida  shaxarlarshgag  qishloqdan  ajralib  xunarmandchilik  xamda 
savdo-
sotiq  markazlariga  aylanishi,  miloddan  avvalgi  II  ming  yildayoq  Yunonistonda  ro‘y 
beradi.  Yunonlar  va  rimliklar  o‘zlarida  asos  solgan  shaharlardan  tashqari:  Barselona, 
Kadis, Kartaxena, Lirida, Leon; Frantsiyada Marsel, Nitstsa, Arl, Tuluza, Lion, Bordo, Parij, 
Reyms;  Germaniyada  Kyoln,  Augsburg,  Trir,  Regensburg;  Angliyada,  Chester,  London, 
York shaxarlarida) ham antik davr me‘morchiligi namunalari saqlanib qolgan. 
Evropada kichik shaharlar, aholi qo‘rg‘onlari qishloqlar (ko‘p ko‘chali,  doirasimon bir 
ko‘chali va hokazo.) xam keng tarqalgan. 
Uy-joylari. Qurilish ashyolari, rejasi, tomining shakliga qarab farqlanadi. Ularning turli 
xil  bo‘lishi  esa  tabiiy  iqlim  sharoiti  va  axolining  xo‘jaligiga,  qurilish  ashyolarining  mavjud 
ekanlig
iga bog‘liq bo‘lgan. 
Jumladan Boltiq bo‘yida uydagi rigalar yog‘ochdan qilinib tomlari somondan yopilgan, 
togli  Kavkazda  -Svanetiyada  2-3  qavatli  toshdan  qilingan  minora  shaklidagi  mudofaa 
uchun qulay uylar qurilgan. 
Uy-joylarning  viloyat  doirasidagi  xususiyatlari  minglab  yillardan  buyon  saqlanib 
kelmoqda: 
O‘rta er dengizi tipi: asosan 2-3 qavatli uylar tog‘ yon bag‘rida qurilib, uylarni oldi etnik 
xususiyatlarini saqlab qolgan. 
Alp uylari-2 qavatli yirik uylar birinchi qavati toshdan, 2 chisi   aksariyati   yotochdan   
qilingan.   Tomlari   ikki   qirrali, 
xo‘jaligi binolari birinchi qavatda. 


- 93 - 
 
Frankon  yoki  yuqori   nemis  uylari-
asosan  janubiy  va o‘rta Germaniyada ko‘proq 
tarqalgan.  Turar  joy,   xo‘jalik  binolari kompleksidan iborat. 
Eski      sakson    tipi.      Shimoliy      va      Shimoli-
G‘arbiy      Germaniya,  Janubiy  Daniya, 
Sharqiy Gollandiya tarqalgan. 
5.G‘arbiy  Polsha  tipi-oddiy  yog‘ochlardan  yo‘nib  qilingan  uylar,  Yashash  xonalari 
yoniga xo‘jalik binolari qo‘shib qurilgan. 
Kiyimlari. 
Evropa  axolisi  kiyimlari 
o‘z  taraqqiyotida  eng  sodda  ko‘rinishidan  tortab  bugungi 
kundagi zamonaviy turlarigacha bo‘lgan davrlarni boshdan kechirgan. 
Eng  qadimgi  belbog‘chadan  keyinchalik  shimlar,  yubkalar  uchun  elka  beldan 
yuqoriga  kiyadigan  kiyim  turlari  shakllangan.  Ko‘ylakning  o‘tmishdoshi  to‘g‘ri  burchakli 
gazmol  dastlab  boshdan  (kalla  kirish  uchun)  o‘rtasidan  kesib  teshik  qilingan  va  ikki  yoni 
tikilgan.  Rim tunikasi,  yunonlar xitoni  xam shu tarzda tikilgan.  Uning ustidan antik davrda 
tikilmagan  o‘rama  kiyim  yoki  plash  kiyilgan.  (Rim  togasi,  yunon  ximatoni)  O‘rama  kiyim 
elkada bog‘lanib qo‘yilgan yoki qistirilgan. Tikilgan kiyimdar ko‘p xollarda shimol yoki cho‘l 
xududlari aholisiga xos bo‘lgan. 
Antik  davr  yodgorliklarida:  skiflar,  daklar,  slavyanlar,  germanlar  va  keltlar  shim  yoki 
yopiq  elkaga  kiyiluvchi  kiyimlarda  tasvirlangan.  Rimliklar  shim  kiyishni  varvarlarga  xos 
belgi xisoblaganlar. Buyuk xalqlar ko‘chishi german slavyanlarning ilgarigi Rim imperiyasi 
xududlarida  tarqalishi  shimning  xam  keng  miqyosda  istemolga  kirishini 
ta‘minlagan. 
Dastlab shim deyarlik barcha xududlarda tor kiyilgan. Keng shalvar tipining yoyilishi turklar 
istilosi  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  extimol.  Kalta  shim  kelt  va  german  davlatlarida  zadagonlar 
(pantalonlar) kiyimi sifatida tarqalgan. 
Ayollarning  belga
cha  kiyimlari  fartuk  tipida  bo‘lib,  (ko‘pincha  2ta)  yubkalar  bir 
nechtadan  kiyilgan  (ayniqsa  bayramlarda).  XIX    asrda  moda  bo‘lgan  «tyurngor»  lar  xam 
shu bilan bog‘iq bo‘lgan. 
Beldan tepaga (elkagacha) kiyadigan kiyimning turlari gazmoli va sifati xam xilma 

xil  bo‘lgan.  Boshlik  (kopyushon)  «bluza»—  uzun  ko‘ylak  frantsuzlarda,  beshmet  (kaftan) 
kavkazda keng tarqalgan. 
Bugungi kunda evropaliklar an‘anaviy kiyimlari qisman qishloq axolisi tomonidan yoki 
bayramlarda kiyiladi. 
 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling