O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Seminar yuzasidan metodik tavsiyalar
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
Seminar yuzasidan metodik tavsiyalar
1-savolni yoritishda Etnologiya fani dastlab mustaqil fan sifatida shakllangan Frantsiya, Germaniya va Angliyadagi ilmiy doiralar haqida ma'lumot keltiriladi, bu maktablarda ilgari surilgan ilmiy etnologik g`oyalarning asosiy xususiyatlari ochib beriladi. Xususan Freyzer, Taylor ilmiy izlanishlariga to`xtaladi. (1, 10-12 b.) 2-savolni ochib berishda avval AQShda etnologiya taraqqiyoti xususida fikr yuritiladi. Etnologiya shakllanishida muhim o`rin tutgan antropologiya va uning asoschilaridan biri Genri Lyuis Morgan tadqiqotlari qao`ida ma'lumot keltiriladi. AQShda etnologiya taraqqiyotida Frans Baos izlanishlarining aqamiyati ochib beriladi. So`ngra Rossiya etnologiya maktabining shakllanishi haqida fikr yuritiladi. Bunda Rus geografiya jamiyatining o`rni ko`rsatiladi. Sayyoh va tadqiqotchi Mikluxo Maklay etnologik tadqiqotlari haqida ma'lumot keltiriladi. (1, 12-14 b.). 3-savolni yoritishda Etnologiyaning asosiy yo`nalishlari va maktablari tasnifi keltiriladi. Etnologiya tarixidagi mashhur maktab va oqimlardan bo`lgan Evolyutsionizm va diffuzionizm haqida tushuncha beriladi. Evolyutsion maktabning yirik namoyondalari Edvard Bennet Taylor, Genri Lyuis Morgan, Jeym Frezer, Jon Mak-Lennon, Adolf Bastian va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, Taylor, Spenser, Morganlarning o`z asarlarida ilgari surgan g`oyalar, evolyutsionizmning asosiy tamoyillari tushuntiriladi. So`ng «diffuziya» va diffuzionizm haqida tushuncha berilib, diffuzionizmning mashhur vakillari Fridrix Rattsel, Leo Frobenius, Robert Grebne rva boshqalarning etnologiya faniga kiritgan hissalari baholanadi (1, 46-58 b.) 4-savolga javob berishda Etnologiya fanida sotsiologiya maktabi haqida tushuncha berilib, uning mashhur vakillari bo`lgan E.Dyurkgeym, L.Levi-Bryul g`oyalarining mohiyati ochib beriladi. Funktsionalizm XX asrning boshlarida Angliyada vujudga kelib, etakchi oqimlardan biriga aylangani asoslab beriladi va uning mashhur namoyondalari R.Turnvald, B.Malinovskiy, A.Radkliff Braun tadqiqotlarining etnologiya taraqqiyotidagi ahamiyati ochib beriladi (1, 58-62 b.). 5-savolni yoritganda Etnologiyada etnopsixologiya maktabining shakllanishi xususida fikr yuritiladi va bu maktab namoyandalarining ilgari surgan g`oyalari tahlil qilinadi. Xususan, Abram Kardiner tomonidan ilgari surilgan etnopsixologik kontseptsiya haqida - 103 - tushuncha beriladi. Etnopsixologiya maktabining rivojlanishida xizmat ko`rsatgan olimlarning olib borgan tadqiqot natijalari haqida ma'lumot keltiriladi (1, 63-67 b.) 6-savolni ochib berganda asosiy e'tibor Etnologiyada so`nggi yillarda o`vujudga kelgan yangi yo`nalishlar va ilgari surilgan yangi kontseptsiyalarga qaratiladi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng Evropa va AQShda etnologiyada shakllangan madaniy relyativizm, neoevolyutsionizm, germenevtika kontseptsiyalari haqida tushuncha beriladi. Bugungi kunda iqtisodiy etnologiya, sotsial etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya yo`nalishlari mustaqil tarzda rivojlanib borayotgani haqida ma'lumot beriladi va etnologiyadagi kelgusi tadqiqot ob'ektlari haqida tushuncha beriladi (1, 67-73 b.). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling