O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
-mavzu: Etnologiya fani tadqiqot uslublari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
4-mavzu: Etnologiya fani tadqiqot uslublari
Ko’riladigan savollar: 1. Etnologiya fanining tadqiqot uslublari 2. Yozma manbalarni o‘rganish uslubi 3. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganish usuli 4. Arxeologik materiallardan foydalanish yo‘llari - 104 - 5. Taqqoslovchi tilshunoslik metodi6. 6. Dala tadqiqotlarini o‘tkazish Dars maqsadi: Etnologiya fanining tadqiqot uslublari haqida tushuncha berish, bu uslublar mohiyatini ochib berish Seminar yuzasidan metodik tavsiyalar 1-savolni yoritishda Etnologiya fanining tadqiqot uslublari tasnifi keltiriladi. Zamonaviy etnologiyada ilmiy tahlil uchun tur-tuman materiallardan foydalanilishi va uning ahamiyati asoslab beriladi (1, 28-b.). 2-savolni ochib berishda etnologiyaning eng muhim metodlaridan bo`lgan Yozma manbalarni o`rganish uslubi haqida fikr yuritiladi. Yozma manbalar turlari haqida tushuncha beriladi, ularning etnologiyani o`rganishdagi o`rni ochib beriladi (1, 29-30 b.). 3-savolga javob berganda, xalq og`zaki ijodini o`rganish usuli muhim manba ekanligi asoslab beriladi. «Go`ro`g`li», «Alpomish» va boshqa dostonlar, ertak va rivoyatlarning milliy-etnik qadriyatlar, urf-odat, udum va marosimlarni tadqiq etishdagi o`rni ko`rsatiladi (1,30-31 b.). 4-savol yuzasidan etnologiyani o`rganishda arxeologik materiallardan foydalanish yo`llari ochib beriladi. Bunda arxeologik moddiy (ashyoviy) manbalar haqida tushuncha beriladi. Etnoarxeologiya yo`nalishi haqida ham fikr yuritiladi (1, 31-b.). 5-savolni yoritish mobaynida taqqoslovchi tilshunoslik metodining mohiyati tahlil qilinadi. Qarindosh tillar haqida tushuncha beriladi.(1, 31-b.) 6-savolni yoritishda etnologiyani o`rganishda dala tadqiqotlarini o`tkazishning aqamiyati ochib beriladi. Etnolog-tadqiqotchilarning ish olib borish usullari biri bo`lgan statsionar tarzdagi dala tadqiqotlari ahamiyati va xususiyatlari ko`rsatiladi. (1, 32-33 b.) Adabiyoti: 1. Ashirov A.A., Atajanov Sh. Etnologiyaga kirish. – T.,2006.28-33 b. 2. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi. – T.:Yangi asr avlodi, 2005 3. Jabborov I. Jahon xalqlari etnografiyasi. - T.:O‘qituvchi, 1985 4. www.krugosvet.ru Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling