- 105 -
turkumga bo`linishi tasnifi beriladi. Tillarning boshqa tasniflari keltiriladi. Avstraliya va
Tasmaniyaliklarning irqlari haqida fikr yuritiladi (3, 49-52 b.; 4; 5)
3-savolni ko`rib chiqqanda asosiy e'tibor Avstraliya va Tasmaniya aholisining etnik
tarixiga qaratiladi. Avstraliyaliklarning kelib chiqishi to`g`risidagi I.Simonov, E.Eyr,
J.Prichard, Mikluxo-Maklay qarashlari tahlil qilinadi. Tasmaniyaliklarning kelib chiqishi
haqida ma'lumot keltiriladi (3, 49-52 b., 60-b.; 4; 5)
4-savolni ochib berishda Avstraliya va Tasmaniya xalqlarining an'anaviy xo`jaliklari
asosan «o`zlashtirish» xarakteriga ega bo`lganligi, tayyor mahsulotlarni terish va ovlash
bilan kun kechirganlari haqidja ma'lumotlar keltiriladi. Ov qurollari, ovlanadigan qush va
hayvon turlari, teradigan mevalar va o`simlik turlari haqida tushuncha beriladi. (3, 52-54 b.)
5-savolga javob berishda asosiy e'tibor Avstraliya va Tasmaniyaliklarning oilaviy va
nikoh munosabatlari hamda ma'naviy madaniyatiga qaratiladi. Ijtimoiy tuzumi ibtidoiy
darajada bo`lgani, nikohda ekzogamiya hukm surgani, urug`-qabila munosabatlari haqida
ma'lumot beriladi. Fratriya, kroki, kumeta, nikoh-oila munosabatlari haqida tushuncha
beriladi (3, 54-56 b.)
Adabiyoti:
1. Salimov T.U. Avstraliya va Okeaniya xalqlari.- T.,2003. 112 b.
2. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi.
– T.:Yangi
asr avlodi, 2005
3. Jabborov I. Jahon xalqlari etnografiyasi. -
T.:O‘qituvchi, 1985
4. Narodo‘ Avstralii i Okeanii. - -M., 1956
5. www.krugosvet.ru
Do'stlaringiz bilan baham: